Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2318-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 20-dekabrdagi 38/5-son “Kredit byurolarining texnik va dasturiy vositalariga axborot xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash boʻyicha qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2318, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 35-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan etiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-aprel,
16/25-son
Kelishilgan:
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A. AXMEDXADJAYEV
2018-yil 28-aprel
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/2318-1/1570-son)