Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 25-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2913-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 26-iyuldagi 101 va 113-son qarori (roʻyxat raqami 2913, 2017-yil 17-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 33-son, 868-modda) bilan tasdiqlangan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga har yili sanatoriylarda sogʻlomlashtirish kursini olish oʻrniga yoʻllanmaning oʻrtacha qiymatiga teng kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandidagi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar “Davlat xavfsizlik xizmati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
38-son
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
111-son
Kelishilgan:
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2018-yil 11-iyul
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2018-yil 11-iyul
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2018-yil 11-iyul
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
2018-yil 11-iyul
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
2018-yil 11-iyul
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2018-yil 11-iyul
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2018-y., 10/18/2913-1/1571-son)