1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
570-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi 570-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiyalash va eksport qilinadigan tovarlarni kengaytirish asosida ularning jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, sohada xalqaro sifat menejmenti va standartlarini joriy qilish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini joriy qilish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari “Oʻzcharmsanoat” uyushmasining (keyingi oʻrinlarda Uyushma deb ataladi) tegishli tijorat bankida milliy va xorijiy valyutada ochiladigan maxsus bank hisob raqamlarida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN boʻyicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yigʻimdan tushadigan barcha mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma aʼzolari — tashkilotlarning, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari va kreditlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarmaning mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yarim tayyor charmdan — tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan toʻliq ishlab chiqarish sikliga ixtisoslashadigan tashkilotlarni keyinchalik qaytarish sharti bilan mablagʻ ajratish orqali moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining charm-poyabzal, charm-attorlik, moʻyna, qorakoʻl mahsulotlari va jundan ishlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlari boʻyicha kafilliklar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarda ISO:9001 sifat menejmenti tizimini va boshqa xalqaro standartlarni joriy etish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish, jumladan, yosh mutaxassislarning xorijda oʻqishi va stajirovka oʻtashi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushma aʼzolari — tashkilotlarning xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishdagi xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uyushmaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Uyushma ijro etuvchi apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, Uyushmaning xorijiy vakolatxonalarini saqlash va xorijiy maslahatchilar xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarmadan mazkur Nizomning 6-bandida belgilangan yoʻnalishlarda mablagʻlar ajratish va xarajatlarni amalga oshirish Jamgʻarmaning tasdiqlangan xarajatlar smetasida belgilangan maqsadli yoʻnalishlar boʻyicha nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmadan Uyushma aʼzolari hisoblangan tashkilotlarning (keyingi oʻrinlarda soha tashkilotlari deb ataladi) buyurtmalari boʻyicha mablagʻlar ajratish, shu jumladan xorijiy valyutadagi mablagʻlari hisobidan mablagʻlar ajratish Uyushma va soha tashkiloti oʻrtasida tuziladigan qarz shartnomasi yoki boshqa turdagi shartnomaga (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) muvofiq foizsiz shartlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shartnomada mablagʻlardan foydalanish tartibi, mablagʻlarning maqsadli yoʻnalishlari, foydalanish shartlari, keyinchalik qaytarish sharti bilan ajratilgan mablagʻlarni qaytarish muddati va boshqa zarur shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmadan keyinchalik qaytarish sharti bilan ajratilgan mablagʻlar shartnomada belgilangan muddatlarda soha tashkilotlari tomonidan Jamgʻarmaga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamgʻarmadan soha tashkilotlariga ajratilgan mablagʻlar mazkur tashkilotlar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan maqsad va yoʻnalishlarda foydalanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Uyushma tomonidan joyiga chiqib oʻrganish va monitoring natijasida Jamgʻarmadan soha tashkilotlariga ajratilgan mablagʻlar maqsadsiz yoki samarasiz ishlatilganligi aniqlangan hollarda Uyushmaning birinchi talabiga muvofiq mablagʻlar ushbu tashkilotlar tomonidan Jamgʻarmaga toʻliq qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soha tashkilotlari tomonidan ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda tijorat banklaridan jalb qilingan kreditlar boʻyicha Jamgʻarma tomonidan berilgan kafilliklar asosida toʻlangan mablagʻlar sud tartibida tegishli tashkilotdan Jamgʻarmaga undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va unga oʻzgartirishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Istiqboldagi vazifalarni sifatli amalga oshirish va Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning maqsadliligi hamda manzilliligini taʼminlash maqsadida har bir moliya yili uchun Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi (keyingi oʻrinlarda smeta deb ataladi) tuziladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Smeta loyihasi yil boshidagi Jamgʻarma mablagʻlarining qoldigʻi, kelgusi yil mobaynida Jamgʻarmaga kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar va istiqboldagi vazifalardan kelib chiqqan holda,Uyushma tomonidan tuziladi. Smetaning daromadlar va xarajatlar qismi balanslashtirilgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Smetaning daromadlar qismi moliya yili boshiga Jamgʻarma mablagʻlari qoldigʻi hamda kelgusi yilda kelib tushishi kutilayotgan mablagʻlar prognozi koʻrsatkichlaridan tarkib topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Smetaning xarajatlar qismi mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan yoʻnalishlar boʻyicha tegishli hisob-kitoblar, shuningdek charm, charmni qayta ishlash, charm mahsulotlari ishlab chiqarish, yirik va mayda shoxli mollarni soʻyish va terisini tayyorlash, moʻyna xomashyosi va jun tayyorlovchi hamda Uyushma nizomiga zid boʻlmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi soha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblar bilan taqdim qilinadigan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmalari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kelgusi yilga Jamgʻarmadan zarur mablagʻlarni olish uchun soha tashkilotlari tomonidan buyurtmalar Uyushmaga joriy yilning 1-oktabriga qadar rasmiy pochta yoki elektron pochta aloqasi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarmadan mablagʻlarni olish uchun buyurtmada quyidagilar koʻrsatilishi lozim tashkilotning toʻliq nomi va rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning aniq maqsadlari va kutiladigan natija, mavjud muammolar va ularni hal etish yoʻllari boʻyicha takliflarni oʻz ichiga olgan asoslantirish (tushuntirish) xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan mablagʻlar miqdori (hisob-kitobi) va mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj asoslab berilgan hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Smeta loyihasini tuzish Uyushma tomonidan amalga oshiriladi va joriy moliya yilining 1-dekabridan kechikmasdan Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish va kelishish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Smeta loyihasi Uyushma tomonidan kiritilganidan soʻng oʻn ish kuni muddatida Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Smeta loyihasi boʻyicha Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan taklif va eʼtirozlar bildirilgan taqdirda smeta loyihasi taklif va eʼtirozlar inobatga olingan holda Uyushma tomonidan qayta ishlab chiqiladi va tasdiqlash uchun Uyushma boshqaruvi raisiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Smeta moliya yilining 25-dekabriga qadar Uyushma boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Moliya yili mobaynida Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi bilan kelishilgan holda smetaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Moliya yili davomida foydalanilmagan (oʻzlashtirilmagan) jamgʻarma mablagʻlari kelgusi moliya yiliga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarishda Uyushmaning va soha tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Uyushma quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun milliy va xorijiy valyutada mablagʻlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha tashkilotlaridan Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish uchun zarur boʻlgan axborotni va boshqa maʼlumotlarni soʻrash hamda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli yoʻnaltirilishi boʻyicha monitoringni amalga oshirish uchun mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlar maqsadsiz yoki samarasiz foydalanilganligi aniqlangan hollarda soha tashkilotlaridan mablagʻlarni toʻliq qaytarishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining soha tashkilotlariga ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda berilgan kreditlari boʻyicha Jamgʻarma tomonidan berilgan kafilliklar asosida toʻlangan mablagʻlarni sud tartibida tegishli tashkilotdan Jamgʻarmaga undirib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uyushma quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini soha tashkilotlari tomonidan maqsadli ishlatilishini va oʻz vaqtida qaytarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soha tashkilotlarining asosli hisob-kitoblar bilan taqdim qilinadigan Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun buyurtmalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni yuritish mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda tegishli organlarga taqdim etishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Uyushma Jamgʻarma mablagʻlarining qonuniy va maqsadli yoʻnaltirilishi, soha tashkilotlarining buyurtmalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi, oʻz vaqtida mablagʻlar ajratilishi, shuningdek, Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisobotlari tashkil etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Soha tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomda belgilangan tartibda Jamgʻarmadan mablagʻlar olish uchun buyurtmalar taqdim etish va mablagʻlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklaridan ushbu Nizomning 6-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda kreditlar olishda Jamgʻarmadan kafilliklar olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Soha tashkilotlari quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan, shuningdek Jamgʻarmadan kafilliklar olingan kreditlardan qonuniy va maqsadli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan ajratilgan mablagʻlardan, shuningdek Jamgʻarmadan kafilliklar olingan kreditlardan qonuniy va maqsadli foydalanilishi yuzasidan har chorakda Uyushmaga hisobot berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Soha tashkilotlari mazkur Nizom bilan belgilangan oʻzlariga yuklangan majburiyatlari boʻyicha javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan foydalanilishi hisobi Uyushma tomonidan alohida yuritiladi va yarim yillik hisobotlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan, yarim tayyor charmni eksport qilishda undiriladigan yigʻim mablagʻlaridan foydalanish qismi ustidan nazorat esa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Uyushmaning ijro etuvchi apparati hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishi toʻgʻrisida hisobotni Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishiga, yarim tayyor charmni eksport qilishda undiriladigan yigʻim mablagʻlaridan foydalanish qismi boʻyicha hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini shakllantirish va mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish
muddatlari
1-bosqich
Soha tashkilotlari
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uchun Uyushmaga buyurtma beradi.
Ehtiyojga qarab kelgusi yil uchun joriy yilning 1-oktabrigacha
2-bosqich
Uyushma
Mazkur Nizomda nazarda tutilgan manbalar va tegishli yoʻnalishlar, shuningdek soha tashkilotlarining buyurtmalariga asosan smeta loyihasini tuzadi va Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish va kelishish uchun kiritadi.
Joriy moliya yilining 1-dekabridan kechikmasdan
3-bosqich
Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi
Smeta loyihasini koʻrib chiqadi.
Smeta loyihasi kiritilganidan soʻng oʻn ish kuni muddatida
4-bosqich
Uyushma boshqaruvi raisi
Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishidan taklif va eʼtirozlar boʻlmaganida smetani tasdiqlaydi.
Moliya yilining 25-dekabriga qadar
5-bosqich
Uyushma va soha tashkilotlari
Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish boʻyicha oʻzaro shartnoma tuzadi.
Ehtiyojga qarab moliya yili mobaynida
6-bosqich
Uyushma
1. Mazkur Nizomda belgilangan yoʻnalishlarda xarajatlarni amalga oshiradi.
2. Soha tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq jamgʻarmadan mablagʻlar ajratadi.
1. Ehtiyojga qarab.
2. Shartnoma shartlariga muvofiq
7-bosqich
Soha tashkilotlari
1. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanadi.
2. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida Uyushmaga hisobot taqdim etadi.
1. Shartnoma shartlariga muvofiq.
2. Har chorakda
8-bosqich
Uyushma
1. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishi toʻgʻrisida hisobotni Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishiga taqdim etadi.
2. Yarim tayyor charmni eksport qilishda undiriladigan yigʻim mablagʻlaridan foydalanish qismi boʻyicha hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Har yarim yilda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 09/18/570/1566-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)