14.07.2018 yildagi PQ-3855-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni taʼminlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda mavjud moliyaviy va moddiy resurslardan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, 2014 — 2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni moliyalashtirish uchun qariyb 800 milliard soʻm ajratilib, ularning natijalariga koʻra ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan 700 dan ortiq ixtiro patentlashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mamlakat ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda mavjud salohiyatdan yanada toʻliq foydalanish zaruratini taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan amalda foydalanishning tahlili ularni yaratish, huquqiy muhofaza qilish va joriy etish jarayonida tizimli muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, oxirgi 5 yil ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan va patentlangan ixtirolar sonining yiliga 0,5 foizini tashkil etuvchi tijoratlashtirish darajasi yetarli emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, chop etilgan ilmiy maqolalar va yaratilgan intellektual mulk obyektlari soni ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari boʻlib qolmoqda, bunda ularni joriy etish natijalari hisobga olinmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ularning tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyati natijalari uchun, shuningdek, ilmiy-texnikaviy dasturlarga davlat mablagʻlari sarflanishining samaradorligi uchun lozim darajada masʼuliyatni namoyon etmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning, shu jumladan, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalar roʻyobga chiqarilishida iqtisodiyotning real sektori korxonalari ishtirokini ragʻbatlantirishning samarali vositalari joriy etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, amaldagi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimi ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqarishga tezkorlik bilan joriy etishni taʼminlamayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar hamda ishlanmalarni jadal joriy etishni taʼminlash, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini kuchaytirishda ilm-fan hissasini oshirish, shuningdek, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning istiqbolli mahalliy yutuqlarini ilgari surishning samarali mexanizmlarini yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda muassasalar deb yuritiladi) ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish sohasidagi asosiy vazifalari etib hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini jadal va keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlararo aloqalarni, shu jumladan, xalqaro fanlararo aloqalarni shakllantirish jarayonlarini ragʻbatlantirish, qoʻshma dasturlar ishlab chiqish va jamoalarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq vazifalarini hal etishga, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan amaliy natijalarni olishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni yaratishga xizmat qiladigan yuqori texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida innovatsion tadqiqotlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarni mamlakatni izchil rivojlantirish boʻyicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori boʻlgan mahsulotlar va texnologiyalarni jadal ishlab chiqishga yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishning asosiy usullari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan holda yaratilgan tovarlarni (bajarilgan ishlarni, koʻrsatilgan xizmatlarni) realizatsiya qilish yoki ushbu natijalardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat tashkilotlarini tashkil etish, bunda ularning taʼsischilaridan biri ustav fondiga hissa sifatida intellektual mulk obyekti yoki tayyor texnologiyani kiritgan muassasa (yoki ixtisoslashtirilgan affillangan tashkilot) hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulk huquqlarini uchinchi shaxslarga oʻtkazish va mazkur obyektlardan foydalanish huquqini litsenziya shartnomalarini tuzish orqali, shu jumladan, ularni keyinchalik ushbu huquqlar oluvchisi tomonidan tijoratlashtirish sharti bilan berish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik va idoralar tomonidan shartnoma asosida xarid qilish orqali tijoratlashtiriladigan ishlanmalar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ilovada koʻrsatilgan ishlanmalarni oʻz vaqtida tijoratlashtirmaganligi va sifatsiz tijoratlashtirganligi uchun ularni joriy etishga javob beradigan shaxslarga nisbatan ularning oʻrtacha oylik ish haqining oʻttiz foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima shaklida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan parametrlarini shakllantirishda “Ilm-fan” moddasi boʻyicha ajratilayotgan mablagʻlar doirasida quyidagilarni amalga oshirish uchun mablagʻlarning kamida 20 foizi yoʻnaltirilishini nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, davlat-xususiy ilmiy klasterlarini yaratishga, ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari ehtiyojlariga moslashtirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishga, shu jumladan, budjet mablagʻlari oluvchilar faoliyatini tegishli maslahatchilar tomonidan ekspertizadan oʻtkazish, qoʻllab-quvvatlash, xalqaro standartlarga muvofiq biznes-rejalarni tayyorlashga grantlar ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasining 2018-yil 1-oktabrdan boshlab quyidagilarga qoʻshimcha bir martalik mukofotlar joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
patentlangan intellektual mulk obyektlari mualliflariga muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan eng kam ish haqining oʻn baravari miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga ularni tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushayotgan mablagʻlarning tegishli ravishda 40 va 30 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar boʻyicha davlat ilmiy-texnik dasturlarini bajarish doirasida muassasalar tomonidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalari, davlat ilmiy-texnik loyihalar yakunlanganidan va (yoki) ular belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin tijoratlashtirilishi lozim, fundamental tadqiqotlar natijalari, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy fanlar sohasidagi loyihalar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalarning ilmiy kengashlari ishlab chiqarish siri (nou-xau) yoki tijorat siri rejimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining intellektual (nomoddiy) natijasini qoʻriqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga ilmiy va ilmiy texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish uchun muntazam ravishda investitsiyalarni jalb qilishni taʼminlash masʼuliyati yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalariga samarasiz va maʼnaviy eskirgan infratuzilmani almashtirish, shuningdek, atrof-muhitni ifloslantirish darajasini pasaytirish imkonini beradigan yangi texnika va ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish bilan bogʻliq tadbirlarni faol moliyalashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajriba va milliy amaliyotni oʻrganish natijalari asosida quyidagilar tasdiqlanishini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat siri rejimida qoʻriqlanadigan intellektual mulk obyektlariga, shu jumladan, patentlash imkoniyatiga ega boʻlgan texnik yechimlar va ishlab chiqarish sirlariga (nou-xaularga) boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va berish toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflar hamda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish va tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining ilmiy jamoalariga qoʻshimcha bir martalik mukofotlarni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari sonini asosiy mezonlardan biri sifatida nazarda tutgan holda muassasalarning samaradorligini baholash mezonlarini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ishlab chiqarishda joriy etishga tayyor ilmiy va ilmiy-texnikaviy natijalarni tijoratlashtirish uchun texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda muassasalarga koʻmaklashsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari boʻyicha axborotning “Innovatsiyalarning virtual yarmarkasi” interaktiv internet-portalini yangilash uchun doimiy asosda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining buyurtmalariga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari huzuridagi standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar tomonidan ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarga doir davlat standartlari istiqbolda anʼanaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan ilgarilab ketadigan boshlangʻich talablardan iborat boʻlishi va xalqaro standartlarga yoki rivojlangan xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga mos kelishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba va seriyali ishlab chiqarishni tashkil qilish maqsadida yangi innovatsion mahsulotlarga davlat standartlarini roʻyxatdan oʻtkazish va sertifikatlar olishga qilingan xarajatlar Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi muassasalar tomonidan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini xorijda tijoratlashtirishga, shuningdek, ularni xalqaro bozorlarda ilgari surishga diplomatik vositalar orqali koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, shahar (tuman)lar hokimliklari har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan birgalikda respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari portfelini shakllantirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3855-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijoratlashtiriladigan ishlanmalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ishlanmalar nomlanishi

Patent (tartib raqami) mavjudligi

Ishlanmalar maqsadi

Joriy etish uchun masʼullar

Oʻsimlik moddalar kimyosi instituti

1.

Ferulen dori vositasi (kapsula)

IAP 04871

Adenoma va prostata bezi saratonini davolash uchun tavsiya etilgan.

Shu bilan birga, immunitetni kuchaytirish hamda yalligʻlanishga qarshi taʼsir qilish xususiyatiga ega.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev)

2.

Flanorin dori vositasi (tabletkalar)

IAP 04077

Jigar va oʻt pufagi kasalliklarini davolashga moʻljallangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev)

3.

Allalgin dori vositasi (tabletkalar va inyeksiyalar uchun eritma)

Ushbu dori vositasi allapinin substansiyasidan ishlab chiqariladi

(lappakonitina-gidrobromid)

Ogʻriqsizlantiruvchi dori vositasi, alkogol va morfin simptomlarini bekor qilishda yengillashtirish va mahalliy anesteziya, shuningdek intensivligi oʻrtacha va kuchli boʻlgan ogʻriqlarda (miokardit, yurak ishemiyasi, nevralgiya, mialgiya hamda tish, boʻgʻim va operatsiyalardan keyingi ogʻriqlar)da qoʻllaniladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev)

4.

Gepalipin dori vositasi

IAP 20150356 patentga buyurtma

Letsitin va likopindan ishlab chiqilgan va jigar kasalliklarini davolashga moʻljallangan yangi dori vositasi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev)

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti

5.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻrugʻlarini ekishdan oldin tayyorlash uchun ekologik xavfsiz biologik faol agropolimerlarni ishlab chiqarish maqsadida pilla kukolkasini qayta ishlash boʻyicha kompleks texnologiyasini oʻzlashtirish.

IAP 03956, IAP 05304

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va urugʻlarni ekishdan oldingi ishlovini sifatli amalga oshirish uchun ishlov berish Bombyxmori xitozani asosida yuqori biologik faolligi bilan ajralib turgan va pillani kompleks qayta ishlash asosida hosil boʻladigan ekologik xavfsiz agropolimerlar bilan amalga oshiriladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B.Yusupov)

6.

Shoʻrtan GKK suyultirilgan chiqindilarni kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish.

IAP 2017 0501 patentga buyurtma 23.11.2017-y.

Suyultirilgan chiqindilar asosida pasmalekulali polietilen, lok-buyoq mahsulotlar uchun eritkich, charm bitum buyumlarni ishlab chiqarish uchun kub qoldigʻi olinadi.

“Oʻzbekneftgaz”

(A. Sultonov),

Shoʻrtan GKK

(Sh. Aslonov)

7.

“Poliardez” dezinfeksiya qiluvchi nano-tuzilmaviy eritmaning texnologiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqarilishini oʻzlashtirish.

IAP 20170411 patentga buyurtma 21.09.2017-y.

Poliardez jamoat va temir yoʻl transportining texnologik jihozlari, ishlab chiqarish maydonlari va binolarni dezinfeksiya qilish uchun moʻljallangan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(A. Kamalov),

Xalq taʼlimi vazirligi

(Sh. Shermatov)

8.

Kumush nano parchalari asosidagi bakteritsid buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish.

IAR 05250

Paypoq koʻrinishida bakteritsid buyumlar terlash darajasini kamaytirish, oyoqlarning yoqimsiz hidi va zamburugʻli kasalliklarini oldini olishga qaratilgan.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

(I. Xaydarov)

Bioorganik kimyosi instituti

9.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida paxtani yetishtirish va oʻsishi uchun zarur boʻlgan qizilmiya ildizidan tayyorlangan glitsirrizin kislotasi asosida kelib chiqishi tabiiy boʻlgan dori vositalarini joriy etish

IAP 04619, IAP 05005, IAP 05090

Shoʻrlangan yerlarning bardoshliligini oshirish, zamburugʻli kasalliklardan himoyalanish, shuningdek paxtaning xoʻjalik-qimmatlik xususiyatlarini yaxshilash va hosildorligini oshirish maqsadida paxtachilik sohasida ekishdan oldin ishlov berishda urugʻlarni joriy etish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

10.

Shoʻrlangan yerlar melioratsiyasining samaradorligi uchun “Biosolvent” dori vositasi

IAP 20150262
patentga buyurtma 29.06.2015-y.dan

Biosolvent tuproq tuzlarining eruvchanligini yoyish mexanizmi yoʻli bilan yaxshilaydi, sugʻorish suvlarining ishqorli samaradorligini oshiradi.

Tuzlar agroirrigatsion ufqlardan olib chiqiladi, tuproqlarning suv-fizik xususiyatlari yaxshilanadi va ushbu orqali urugʻlarni yetishtirishga koʻmaklashiladi, koʻchatlarga stress taʼsirini kamaytiradi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

11.

Gemostatik gubka “gemogubka”

IAP 04587, IAP 04588, IAP 04665, IAP 04589, IAP 04736

Inson organizmi iplari bilan birlashtirilgan, kelib chiqishi natural boʻlgan fibrillyar kollagendan hosil boʻlgan gemostatik gubkagemogubka”.

Biodegradatsiya qilinayotgan gemostatik gubka kapillyar va parenximatoz qon ketishlar (jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilganida) davomida mahalliy gemostatik (qon toʻxtatuvchi) vositasi sifatida, kapillyar va parenximatoz qon ketishlar (jarrohlik amaliyotlari oʻtkazilganida) davomida hamda yaraga ishlov berishda foydalaniladi, biodegradatsiya materiali jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganidan keyin materialni olmay turib, qoldirish imkonini beradi.

Sogʻliqnisaqlashvazirligi

(B. Yusupaliyev)

12.

DAG-1 va DAG-2yangi avlod dori vositalari

IAP 05090

Paxtaning tuproqlar shoʻrlanishi va fitopatagenga bardoshligini kuchaytiruvchi moslamalar (stimulyator).

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

13.

“Rutan” dori vositasi

IAR 04523, IAR 04524

Grippga qarshi taʼsir qilish xususiyatiga ega noyob dori vositasi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev)

Umumiy va neorganik kimyosi instituti

14.

Markaziy Qizilqumlar fosforitlari asosida oddiy superfosfatning modernizatsiya qilingan texnologiyasini ishlab chiqish va tatbiq etish

Oddiy superfosfatni yetishtirish usuli
2018-yil 4 choragida patentlashtiriladi.

Qishloq xoʻjaligida fosfor oʻgitlarning kamyobligini kamaytirish.

“Navoiyazot” AJ

(B. Sharipov)

15.

Neft-gaz sohasida tatbiq etish uchun texnik sulfonolni ishlab chiqarish texnologiyasini oʻzlashtirish.

IAP 20170360

14.11.2017-y.dagi patentga buyurtma berildi

Texnik sulfonal avto shampun va yuvish mashinalarini ishlab chiqarish, neft-gaz quduqlarini qazishda parmalovchi eritmani yengillashtirish uchun foydalaniladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov)

Oʻsimliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti

16.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligi va tuproqlarning unumdorligini oshirish maqsadida “Bioazot-N” azot yozuvli rizobakteriyalari asosida biovositani tatbiq etish.

IAP 04887

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini shoʻrlangan tuproqlardan tuzlar biosorbatsiyasi va biologik azot bilan taʼminlash maqsadida. Mazkur tadqiqoning joriy etilishi tuzli stess holatida miner azot harajatini 75 — 80 % ga qadar kamaytirish va ekinlar hosildorligini 100 % koʻpaytirish hamda degradatsiya boʻlgan toʻproqlarning biologik xususiyatini tiklashga imkon beradi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

17.

“Genetik-1” va “Sochilmas” soya navlari urugʻchiligini tashkil qilish.

“Genetik-1” NAP00091

“Sochilmas” NAP20150003

Oqsil va moy, farmatsevtika kompaniyalari, chorvachilik, parrandachilik hamda tuproqlarning unumdorligini oshirish uchun. Umuman importni kamaytirish va eksportni koʻpaytirish uchun.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

Ilgʻor texnologiyalar markazi

18.

Energetika obyektlari va neft-gaz sanoati ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish uchun dasturiy-texnik komplekslari.

DGU 01005, DGU 01005

Tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan yakunlayotgan va real vaqt rejimida xom ashyolar olishning moddiy oqimlari va barcha texnologik amaliyotlarini boshqarish va nazorat qilishning imkonini beruvchi ishlab chiqarishning tezkor-dispetcherlik avtomatlashtirilgan boshqaruvini yaratish (ITDAT).

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultonov),

Energetika sohasi korxonalari

(R. Muborakshin)

19.

Elektr utkazuvchi nano-qoplamalari asosida isitishning yangi tizimi

AQSH US 7468332

Mazkur materiallar poldagi isituvchilar sifatida ishlatilishi mumkin, avtomobil oʻrindiqlari, biotibbiy koʻrpalar va kompozitlar.

“Oʻzavtosanoat” AJ

(Sh. Umurzakov),
“Oʻzqurilishmateriallari” AJ

(B. Zaripov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(B. Yusupaliyev)

20.

Yarim oʻtkazuvchan polimer qoplama asosida sensor-faol iplarni ishlab chiqarish.

AQSH US 6060116

Barcha tekstil va charmda yarimoʻtkazuvchan polimer qoplama asosida sensor-faol iplarni ishlab chiqarish, metall, uglerod yoki boshqa oʻtkazuvchi materiallardan foydalanmay, bundateriva iplarning xususiyati (tashqi koʻrinishi, yumshoqligi) oʻzgarmaydi.

“Oʻztekstilsanoat” assotsiatsiyasi

(I. Xaydarov)

21.

Faollashtirilgan koʻmirni hosil qilish texnologiyasi

IAP 03831

Tilla qazib oluvchi korxonalar tomonidan foydalanish uchun mahalliy xom ashyodan faollashtirilgan koʻmirni hosil qilish texnologiyasi.

Olmaliq KMK

(A. Farmonov),

Navoiy KMK

(K. Sanakulov)

Mikrobiologiya instituti

22.

FOSSTIM, RIZOKOM seriyali biooʻgʻit ishlab chiqarish.

№ IAP 20160333,

№ IAP 20160334,

№ IAP 20160335,

№ IAP 20160336 patentga buyurtmalar

Shoʻrlangan tuproqlarda paxtani yetishtirishda texnik oʻsimliklarning urugʻlariga (paxta, shakarli lavlagi), poliz-mevali ekinlar va kartoshkani ekishdan oldin ishlov berish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

23.

“Mikrooʻstirgich” biooʻgʻitlar ishlab chiqish.

IAP 04900, IAP 04211, IAP 05002

Texnik ekinlar, bogʻ, poliz va meva fitopatogenlardan himoyalash, hosildorlikni oshirish, oʻsimliklarni rivojlantirish va oʻsishni rivojlantiruvchi stimulyator sifatida tavsiya etiladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

24.

Trixostim silos achitqisini ishlab chiqarish

IAP 04901

Oʻsimlik chiqindilari silos achitkisi va yem qoʻshimchasi sifatida tavsiya etiladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

Yadro fizikasi instituti

25.

Nanokompozitli kationitdan foydalangan kimyo suv tayyorgarlik tizimi

IAP 04436

Import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqibgan SST tizimlari respublika boʻyicha suvni yumshatish uchun foydalanish mumkin:

Maishiy suv taʼminotida;

Lokal qozonxonalarda;

Boshlangʻich yumshoq suv kelishini talab qilgan jihozlash uchun (termoplast avtomatlar, ekstruderlar, parogeneratorlar, gradirni, teskari osmatik tizimlar va h.k.).

“Toshissiqquvvati” DUK

(B. Qurbonbekov)

Fizika-texnika instituti

26.

Tuproq, suv va havoda radonning koʻlamli faolligini oʻlchash uchun zaryadlangan parchalari yarim oʻtkazuvchan detektor asosida rodonometrni ishlab chiqish va tayyorlash

IAP 04882

Havoda radonning koʻlamli faolligini oʻlchash uchun qurilma.

Ishlab chiqilgan detektor va asboblar geologiya, qishloq xoʻjaligi, metallurgiya, tibbiyot, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va boshqa sohalarda ishlatilishi mumkin.

Olmaliq MKK

(A. Farmonov),

Navoiy MKK

(K. Sanakulov),

Davlat geologiya qoʻmitasi

(B. Islamov),

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha Davlat qoʻmitasi

(B. Qoʻchqorov),
Seysmologiya instituti

(S. Xusomiddinov)

27.

Pishirish sexlari uchun SCADA i NMI tizimlari asosida avtomatlashtirilgan boshqaruv pulti.

DGU 03037 dasturiy mahsulot guvohnomasi

Boshqaruv va ishlab chiqarish siklni avtomatlashtirish.

Olmaliq KMK

(A. Farmonov),

Navoiy KMK

(K. Sanakulov)

Materialshunoslik instituti

28.

Oltingugurtli aralashma hamda gazni seolit asosida quritishdan tozalash turli usul oʻlchovdagi import oʻrnini bosuvchi inertli termochidamli keramik sharlarni tayyorlash va ishlab chiqish.

PP 2988

Tashkil qilish standarti
(texnik shartlari)

Ts-03520, 84-08:2017.

Termochidamli keramik buyumlarni ishlab chiqarish.

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(A. Sultanov)

29.

Tijoriy foydalanish uchun katta quyosh pechida elektrtexnik va yuqori oʻtkazuvchan materiallar ishlab chiqarilishini tashkil qilish.

Mualliflik guvohnomasi

275678 SSSR. MKI4S04V.35/10
№ 3163217/33 — yuqori oʻtkazuvchan materiallar hosil qilish usuli.

№ IAP20140178, 2014-y.

Keyinchalik sotuvga moʻljallangan, belgilangan xususiyatga ega materiallarni katta quyosh pechida ishlab chiqarish.

“Oʻzbekenergo” AJ

(R. Muborakshin),
Qurilish vazirligi

(A. Toʻxtayev)

30.

Oqova suvlar, ikkilamchi neft mahsulotlarini filtrlash, chang aniqlovchilar, fermer xoʻjaliklarida, turmushda foydalanishda, tomchilab sugʻorishda foydalanish uchun filtrlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

№ 24534-U,
2015 Mualliflik guvohnomasi

Oqova suvlarni tozalash, ikkilamchi neft mahsulotlarini filtrlash, chang aniqlovchilar, fermer xoʻjaliklarida, tomchilab sugʻorish va turmushda foydalanish uchun filtrlar ishlab chiqarish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

Olmaliq KMK

(A. Farmonov),

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

(T. Jalilov)

31.

Keramik kesuvchi anjomlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

№ 4321-B, 2003 Mualliflik guvohnomasi

Plastmassa, daraxt, rangli metallarga ishlov berish uchun keramik kesuvchi anjomlarni ishlab chiqarish.

Olmaliq KMK

(A. Farmonov),

Navoiy KMK

(K. Sanakulov).

Ion-plazma texnologiyalari instituti

32.

Yuqori samarali quyosh foto oʻzgartirgichlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun monosildan ishlab chiqaruvchi tajriba-yarim sanoat qurilmani yaratish.

IAP 05023, IAP 05179,

AQSH US9278864(B2), US9156861(B2),

Yaponiya JP6014771(B2), JP5836489(B2),

Koreya KR101532142(B1) KR101422080(B1)

XXR CN 104797527, CN 103797018,

Yevropatent EP 275 664(B1), EP2905258(A1),

Tayvan TWI535657B, TWI549910B, WO2013035956 WO2014054843, WO2014054889

Yangi texnologiyalar va materiallarni joriy etish hisobidan quyosh oʻzgartirgichlar samaradorligini oshirish va quyosh energiyasini rivojlantirish uchun moddiy asos yaratish maqsadida.

OʻzbekenergoAJ

(R. Muborakshin),

OʻzkimyosanoatAJ

(D. Pak)

33.

Chekish qorishmasi va boshqa kriminalistik materiallarda sintetik kannabinoidlarni yuqori sezuvchan ekspress aniqlash uchun termodesorbsion sirtli ionizatsialashgan texnologiya ishlab chiqarish va asbob yaratish.

IAP 03188

Mazkur ishlanma qimmat narxdagi import qurilmalar oʻrnini bosish, konfiskatsiya qilingan chekish qorishmasi va boshqa kriminalistik materiallarda sintetitik kannabinoidlarning izlar hajmi tahlil qilish va aniqlash uchun moʻljallangan.

Ichki ishlar vazirligi

(R. Ergashev)

Inshootlar mexanikasi va seysmik bardoshlilik instituti

34.

Navoiy MKKning KFKsida yumshoq turdagi inersion chang aniqlovchi ishlab chiqarish va tatbiq etish.

IAP 05231

Mazkur ishlanma Navoiy MKK DKda otilib chiqishini sezilarli kamaytirish uchun moʻljallangan.

Navoiy KMK

(A. Sanakulov)

35.

Sink qorishmasini ishlab chiqarish uchun separatsion chiziqni tatbiq etish.

IAP 05231

Ishlanma sink qorishmasining yirikligiga qarab, separatsiya qilishga moʻljallangan.

Sink qorishmalarining yirikligiga qarab, sanoatning turli sohalarida ishlatiladi.

Olmaliq KMK

(A. Farmonov)

36.

Paxtani qayta tozalash mashinalari uchun arralararo prokladka.

FAP 01182, FAP 20180066
17.05.2018-y. patentga buyurtma

Arralararo prokladka paxtani qayta tozalash mashinalari arrali silindrdagi arralararo masofani taʼminlashga moʻljallangan.

Ishlanma elektr energiya sarflanishini kamaytirishva arralararo prokladkaning yaroqlik muddatini uzaytirishga imkon beradi.

“Oʻzpaxtasanoat” AJ

(A. Maksudov)

Seysmologiya instituti

37.

“Oʻzbekiston hududini umumiy seysmik tumanlashtirish xaritasi USR-2017”

USR-2017 xaritasini yaratish turli bosqichlarida foydalanilgan dasturiy mahsulotlarga qator patentlar mavjud.

Umumiy seysmik tumanlashtirish xaritasi shaharlarning bosh rejalarini loyihalashtirish, mehnat va industrial resurslarini rejalashtirish, seysmikfaol tumanlarda seysmik bardosh qurilish va loyihalashtirish uchun moʻljallangan.

Umumiy seysmik tumanlashtirish xaritalari asosida shahar, aholi punktlari va qurilish maydonchalarining seysmik mikrotumanlashtirish olib boriladi.

USR-2017 xaritasini joriy etish respublika hududining seysmik xavfsizligini taʼminlaydi.

Qurilish vazirligi

(A. Toʻxtayev)

38.

Yaqin yillarda kutilayotgan seysmik faol hududlar xaritasi

USR-2017 xaritasini tuzish turli bosqichlarida foydalanilgan dasturiy mahsulotlarga qator patentlar mavjud.

Kutilayotgan seysmik faol hududlar xaritasi respublikaning seysmik xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan (uy-joy fondini mustahkamlash, kuchli zilzila yuz berganida FVV tuzilmalari tomonidan taʼsirchan choralar koʻrish, oʻrta va qisqa muddatli ogohlantirish omillarini aniqlash boʻyicha kuzatuv tizim yaratish) Oʻzbekiston Respublikasi FVV tomonidan oʻtkazilayotgan preventiv tadbirlar oʻtkazish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Quldoshev)

Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tekshirish instituti

39.

Qoraqalpoqstonning mahalliy agrorudasi asosida oʻgʻitlarning yangi shakllari texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

IAP 20110342

Fosforitlarni kimyoviy faollashtirish orqali mineral tuzlar yordamida kislotasiz usuli yordamida arzon azot-fosfor oʻgʻitlari hosil boʻldi.

Glaukonitli mineral oʻgʻitlar hosil boʻlishining yangi texnologiyasi ishlab chiqildi.

Mahalliy xom ashyodan foydalanish bazasidan olingan oʻgʻitlarning yangi shakllari tuproqlar holatini yaxshilashga va qishloq xoʻjaligi ekinlarini hosildorligini oshirishning imkonini beradi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

40.

Tabiiy joylashuvi sharoitida qumli tublarning filtrlashuvi koeffitsentini aniqlash usuli

IAP 20160174

Qumli tublar filtrlashuvi koeffitsentini ekspress aniqlash uchun asbob ishlab chiqilgan boʻlib, uning yordamida qumli tublarning qalinlik qoʻshuvi va tabiiy sharoitda 3-4 metr chuqurlikda loyli tublar konsistensiyasini aniqlash mumkin.

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(D. Pak),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

41.

Polietilen chiqindilarni utilizatsiya qilish usuli.

IAP 20160175

Bitum va asfaltobeton tarkibida polietilen axlatdan foydalanish metodikasi ishlab chiqildi.

Alohida qayd etish joizki, polietilen axlatni shunday usul yordamida utilizatsiya qilishda, polietilen axlatni tozalash va guruhlarga ajratishda zarurat qolmaydi.

Qurilish vazirligi

(A. Toʻxtayev)

Maʼmun Xorazm akademiyasi

42.

“Niyat” ― paxtaning yangi, istiqbolli navi.

NAP 20170013

“Niyat” paxtaning yangi navi tolaning IV turi bilan, Xorazm viloyatining turli ekstremal holatlariga moslashtirilgan.

Tez yetilishi va sifati boʻyicha “Xorazm ― 127” nazorat navidan ustunlik qiladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

43.

“Xurma” ― paxtaning yangi, istiqbolli navi.

NAP 20160015

“Xurma” paxtaning yangi navi tolaning IV turi bilan, Xorazm viloyatining turli ekstremal holatlariga moslashtirilgan.

Tez yetilishi, unumdorligi va Xorazm viloyatining yetishtirish sharoitlariga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(B. Yusupov)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 07/18/3855/1513-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)