16.07.2018 yildagi PQ-3857-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 12.02.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy bitimlar, qayta kreditlash toʻgʻrisidagi bitimlar, loyiha bitimlari, subsidiar bitimlar, huquq va talablarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar, xat-bitimlar va boshqa bitimlarni (keyingi oʻrinlarda loyihalar boʻyicha bitimlar deb yuritiladi) imzolagan vazirliklar va idoralar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan ushbu qarorda belgilangan tartibda loyiha boʻyicha bitimlarga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar va tuzatishlarni imzolash vakolatiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuchga kirishi uchun yuridik xulosalar berilishi shart boʻlgan loyihalar yuzasidan imzolangan bitimlar, shuningdek, davlat kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga bitimlar va kafolatlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda XMI/XHMT deb yuritiladi) uchun maqbul shaklda Adliya vazirligi tomonidan beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida yer uchastkalari olib qoʻyilganda, uylar, boshqa imoratlar, inshootlar buzilganda yoki daraxtlar kesilganda tovon toʻlash, agar bu loyihalar boʻyicha bitimlarda nazarda tutilgan boʻlsa, XMI/XHMT talablariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalari bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga yigʻimlar toʻlashdan, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan 2021-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatga ozod etiladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PF-5717-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI tomonidan pulli konsultativ xizmatlar koʻrsatilgan xollarda, ushbu moliya institutlari mazkur xizmatlarni yagona yetkazib beruvchilar hisoblanadi va ular bilan maxsus axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga kirish vizalarini rasmiylashtirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijlik mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddatini uzaytirish loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklar talabnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan davlat boji undirilmagan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarini bekor qilish boʻyicha ishchi komissiya (B. Mavlonov) quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish davrida va kafolat muddatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XMI/XHMT mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalarini bojxona toʻlovlari (bojxona yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalariga yigʻimlar toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan imtiyozlarni XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari, loyihalar tashabbuskorlari yoki ijro etuvchi agentliklarning oʻz mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar va transport vositalariga tatbiq etishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozlar berish natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishga qoʻshgan hissasi ekanligi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3857-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.07.2018-y., 07/18/3857/1514-son; 15.05.2019-y., 06/19/5717/3132-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son; 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 13.01.2024-y., 07/24/15/0027-son; 12.02.2025-y., 07/25/51/0129-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)