Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 17-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2871-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining 2025-yil 22-oktabrdagi 12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2871-2, 28.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 6-martdagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 211-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 17-bandidagi “2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 69-bandiga” degan soʻzlar “2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 75-bandiga”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq D. ISAKULOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-iyul,
8-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
2018-yil 9-iyul
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
2018-yil 3-iyul
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 27-iyun
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruvi raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 19-iyun
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi A. FARMANOV
2018-yil 12-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 10/18/2871-1/1512-son)