Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi Nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Psixiatriya yordami koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3606-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 532-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. 42, 43-bandlardagi, 44-bandning sakkizinchi xatboshidagi, 46-bandning birinchi xatboshidagi va 48-banddagi “psixonevrologiya” soʻzidan keyin “, narkologiya” soʻzi qoʻshilsin.
2. 47-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “psixonevrologiya” soʻzidan keyin “, narkologiya” soʻzi qoʻshilsin;
b) uchinchi xatboshidagi “shifokor-psixiatr” soʻzlaridan keyin “(shifokor-narkolog)” soʻzlari qoʻshilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/532/1507-son)