Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 12-iyul,
PF-5477-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan
oʻzgartishlar va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-sonli Farmoni 4-ilovasidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari sohasida davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilishga oid takliflar tayyorlash boʻyicha 7 — Ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 8-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. S.U. Umurzokov — “Oʻzcharmsanoat” Uyushmasi raisi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiyalarning yangilangan tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-sonli Farmoni 4-ilovasining qirq yettinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“S.U. Umurzokov — “Oʻzcharmsanoat” Uyushmasi raisi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2016 — 2020-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida” 2016-yil 15-sentabrdagi PP-2592-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmatsevtika sanoatida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-yanvardagi PQ-2718-sonli qarori 1-bandining oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-sonli qarori 2-ilovasining 16-bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. S.U. Umurzokov — “Oʻzcharmsanoat” Uyushmasi raisi”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3058-sonli qarorida:
a) nomlanishidagi “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) qarorning barcha matnidagi “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 2-bandi quyidagicha mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzcharmsanoat” Uyushmasi binosiga olib boruvchi yoʻllarni yaratishni belgilangan tartibda taʼminlasin”.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 27-noyabrdagi PQ-3403-sonli qarori 6-ilovasining “Mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar” boʻlimi quyidagicha mazmundagi 28-band bilan toʻldirilsin:
“28. “Oʻzcharmsanoat” Uyushmasi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-martdagi PQ-3603-sonli qarori 10-bandining “v” kichik bandi va 17-bandidagi “Oʻzbekcharmpoyabzali” soʻzi “Oʻzcharmsanoat” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotining charm-poyabzal sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2000-yil 23-fevraldagi PF-2552-sonli Farmonining 3-bandi.
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli Farmoni 1-ilovasining 1-bandi.
3. “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-yanvardagi PF-4911-sonli Farmoni 1-ilovasining 1-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)