Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.05.2024 23.10.2000 yildagi 410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.05.2024
Hujjat 23.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

XORIJIY TIJORAT TASHKILOTLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAGI VAKOLATXONALARINI AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI VA ULARNING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2024-yil 9-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy firmalar, kompaniyalar, jamiyatlar, korporatsiyalar va boshqa tijorat tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibini va ularning faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlarning vakolatxonalarini ochish va ularning faoliyati toʻgʻrisida” 1989-yil 28-dekabrdagi 442-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 23-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-son

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini (keyingi oʻrinlarda “Vakolatxonalar” deb ataladi) akkreditatsiya qilish tartibini va ularning faoliyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom maqsadlari uchun xorijiy tijorat tashkilotlari deyilganda firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar, jamiyatlar, sheriklar va xorijiy davlat qonun hujjatlariga muvofiq chet elda vakolatxona ochish huquqiga ega boʻlgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllari (keyingi oʻrinlarda “Xorijiy firmalar” deb ataladi) tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom, shuningdek xorijiy davlatning tegishli vakolatli organi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda, xorijiy davlatlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining (vazirliklari, federal okruglari va shu kabilarning) savdo (tijorat) vakolatxonalariga ham tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy banklar vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xorijiy firmalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vakolatxonalarini Oʻzbekiston hududida oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida ochadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatxonalarni ochish ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (keyingi oʻrinlarda “Akkreditatsiya qiluvchi organ” deb ataladi) akkreditatsiya qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatxonalar yuridik shaxslar hisoblanmaydi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vakolatxona soliq toʻlovchi hisoblanmaydi. Xorijiy firmaga, vakolatxonalarning xorijiy va mahalliy xodimlariga soliq solish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilingan vakolatxonalar toʻgʻrisida axborotni, unda ularning manzilini va vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida sertifikatning muddatini koʻrsatgan holda, har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz vakolatxonasini ochishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga yozma ariza beradi, arizada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xorijiy firma faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlari bilan amaliy va boshqa turdagi aloqalar, bajarilishiga vakolatxona koʻmaklashadigan tuzilgan shartnomalar va bitimlar toʻgʻrisida mufassal maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vakolatxonani ochishga ruxsatnoma soʻraladigan muddat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat tashkilotlari vakolatxonalari boʻyicha — xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy firmaning taʼsis hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakolatxonalari boʻyicha — vakolatxona ochishni moʻljallayotgan organning maqomini va vakolatini belgilovchi meʼyoriy yoki boshqa hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy firma joylashgan mamlakatda uning rasmiy ravishda roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi, tegishli davlat organi tomonidan berilgan hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki savdo reyestridan koʻchirma);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vakolatxona boshligʻiga xorijiy firma tomonidan berilgan, pasporti maʼlumotlari va unga berilayotgan vakolatlar toʻliq koʻrsatilgan holdagi ishonchnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy firma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va firma muhri bilan muhrlangan vakolatxona toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasida, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa, xorijiy firma roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning Tashqi ishlar vazirligida, mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasida yoki diplomatik vakolatxonasida belgilangan tartibda qonunlashtirilishi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmasida tasdiqlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar notarial tasdiqlangan davlat yoki rus tilidagi tarjimasi bilan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning bir qismi xorijiy firma mamlakatining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa, xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga Tashqi ishlar vazirligining yoxud xorijiy firma taʼsis etilgan mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonasining tasdiqnomasini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) turarjoy boʻlmagan bino egasi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsining mazkur binoni vakolatxonaga ijaraga berishga yoki sotishga tayyorligini tasdiqlovchi (ijaraga berish yoki sotish shartlari va muddati koʻrsatilgan) kafolat xati. Agar koʻrsatilgan shaxslar berilayotgan binoning yollovchilari hisoblansa, u holda kafolat xati ushbu binoning egasi bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdagidan ortiqcha qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qiluvchi organning vakolatxonani akkreditatsiya qilish tartibi buzilishida aybdor boʻlgan xodimlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish uchun erkin almashtiriladigan valyutada toʻlov undiriladi, u xorijiy firma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan miqdorda akkreditatsiya qiluvchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish yuzasidan arizani va ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda akkreditatsiya qilishga ruxsat berish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish ariza berilgandan keyingi kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qiluvchi organ akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida bu haqda arizachiga yozma ravishda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar vakolatxonani akkreditatsiya qilishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qasddan qalbaki hujjatlar taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxona toʻgʻrisidagi nizomning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zidligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga nomuvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish arizachiga aniq fikr-mulohazalar roʻyxatini bayon qilgan holda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan ilgari arizachiga yozma ravishda bayon qilinmagan yangi fikr-mulohazalarning bildirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi akkreditatsiya qilishning rad etilishiga rozi boʻlmasa sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatxona uni ochishga ruxsatnoma (akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat) berilgan kundan boshlab akkreditatsiya qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat akkreditatsiya qilish uchun toʻlov akkreditatsiya qiluvchi organ hisob raqamiga tushgandan keyin besh kun mobaynida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan oʻzi belgilagan shaklda beriladigan akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikatda vakolatxona akkreditatsiya qilingan davr koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatxona akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi sertifikat olingandan keyin oʻn kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkreditatsiya qiluvchi organga oʻzining pochta manzili toʻgʻrisida yozma bildirishnoma taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatxonani joylashgan joydagi soliq organlarida hisobda turishga va uning hisobga qoʻyilgani toʻgʻrisida akkreditatsiya qilgan organga maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatxonani ochish yuzasidan ruxsatnoma akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan bir yildan uch yilgacha muddatga, xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga oʻz vaqtida murojaat qilgan taqdirda uni uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz funksiyalarini uzoq vaqt davomida amalga oshiradigan vakolatxonalar akkreditatsiya qiluvchi organga har uch yilda bir marta ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni yangilagan holda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vakolatxonaga ega boʻlgan xorijiy firma qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda vakolatxona akkreditatsiya qiluvchi organni bu haqda ikki hafta muddatda xabardor qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatxonani akkreditatsiya qilish muddati uzaytirilgan taqdirda xorijiy firma akkreditatsiya qiluvchi organga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) akkreditatsiya qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilingan yozma ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xorijiy firma tomonidan vakolatxona boshligʻiga pasportining maʼlumotlari va unga berilayotgan vakolatlar toʻliq koʻrsatilgan holda berilgan ishonchnoma (akkreditatsiya qiluvchi organga ilgari berilgan ishonchnomaning muddati oʻtgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻz pochta manzilini yozma ravishda tasdiqlovchi hujjat, ijara shartnomasining yoki egallab turilgan binoga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini ilova qilgan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. VAKOLATXONA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatxona uni tashkil etgan xorijiy firma tomonidan mol-mulk bilan taʼminlanadi va firma tasdiqlagan vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vakolatxonaga xorijiy firma ishonchnomasi va oʻz vakolati bayon etilgan vakolatxona toʻgʻrisidagi Nizom asosida ish koʻruvchi vakolatxona boshligʻi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vakolatxona boshligʻi akkreditatsiya qiluvchi organga belgilangan shaklda vakolatxona faoliyati toʻgʻrisida har yili bir marta axborot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vakolatxona xodimlari ham xorijiy fuqarolardan, ham Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat boʻlishi mumkin. Vakolatxonaga ishga qabul qilingan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xorijiy xodimlarni akkreditatsiya qilish boʻyicha ishlarni yuritish vakolatxona boshligʻi yoki berilgan ishonchnoma asosida u vakil qilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Xorijiy xodimni akkreditatsiya qilish uchun vakolatxona akkreditatsiya qiluvchi organga vakil qilingan shaxs (vakolatxona boshligʻi yoki xorijiy firma rahbari) tomonidan imzolangan yozma ariza beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Akkreditatsiya qilish uchun arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan ikki nusxadagi shaxsiy varaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikkita fotosurat (3x4 oʻlchamda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Nizomning 11-g bandi ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qonunlashtirilgan holda vakolatli shaxs tomonidan imzolangan vakolatxonaga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi xat;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) OIV (odamning immunitet tanqisligi virusi) kasalligi yoʻqligi toʻgʻrisidagi sertifikat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) milliy pasportning nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan shaxsiy akkreditatsiya kartochkasini berish ariza berilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xorijiy xodimning akkreditatsiya kartochkasi shaxsiy akkreditatsiyani tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Akkreditatsiya qilingan xorijiy xodimlar faqat akkreditatsiya qilingan vakolatxonada Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining ruxsatnomasini olmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xorijiy xodimni akkreditatsiya qilish vakolatxona akkreditatsiya qilingan muddatga amalga oshiriladi, biroq u uning amalda boʻlish muddatini keyinchalik uzaytirish mumkinligi sharti bilan oʻn ikki oydan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy xodimlarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga beriladi, biroq u akkreditatsiya kartochkasiga asosan oʻn ikki oydan oshib ketmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini vakolatxonada ishga qabul qilishni rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Vakolatxona oʻz ehtiyojlari uchun qilingan xarajatlarni qoplash bilan bogʻliq hisob-kitoblarni amalga oshirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— vakolatni amalga oshirish xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— vakolatxona ehtiyojlari uchun tovar-moddiy boyliklar xarid qilish boʻyicha sarf-xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— vakolatxona xodimlarining ish haqi boʻyicha hisob-kitoblar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xizmat safari xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijara, kommunal toʻlovlar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Vakolatxonalar hisob-kitoblarni xorijiy firma tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Quyidagilar vakolatxonaning soʻmlardagi mablagʻlari manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin almashtirilgan valyuta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy firmaning oʻz qaroriga koʻra vakolatxona ixtiyorida qoladigan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. VAKOLATXONA FAOLIYATINI TOʻXTATISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Vakolatxona faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— akkreditatsiya muddati tugashi bilan, agar xorijiy firma uni uzaytirish toʻgʻrisida iltimos qilmagan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy firma tugatilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xorijiy firma qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— sud qaroriga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— akkreditatsiya qilgan organning qaroriga koʻra, vakolatxonani ochish shartlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qoidalari vakolatxona tomonidan buzilgan hollarda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akkreditatsiya qilgan organning vakolatxona faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi boʻlinmagan taqdirda xorijiy firma sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Akkreditatsiya muddati tugashi bilan, shuningdek, akkreditatsiya qilgan organning qaroriga koʻra vakolatxona faoliyati toʻxtatilgan hollarda akkreditatsiya qilgan organ vakolatxonani va xorijiy firmani qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Akkreditatsiya qiluvchi organ vakolatxona faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasiga belgilangan tartibda maʼlum qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga kiritilayotgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-noyabrdagi 538-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 1992-y., 11-son, 35-modda; 1998-y., 7-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 11-bandi oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni va koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalarning xorijiy xodimlarini shaxsan akkreditatsiya qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, shuningdek, bunday vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan oʻzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni koʻrib chiqadi.”
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda; 1999-y., 3-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandi yigirma beshinchi xatboshidan “xorijiy firmalar, kompaniyalar va tashkilotlarni akkreditatsiya qilish tartibini belgilaydi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-oktabrdagi 408-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 17-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilingan xorijiy tijorat tashkilotlari xodimlariga”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshi tegishli ravishda oʻninchi va oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 6-bandining “a” kichik bandidagi “xorijiy fuqaroni vakolatxona shtatiga kiritilganligini” soʻzlari “vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 20-son, 159-modda; 2011-y., 43-44-son, 466-modda, 47-son, 489-modda, 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2019-y., 09/19/244/2819-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 04.09.2020-y., 09/20/539/1257-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2022-y., 09/22/149/0263-son, 02.11.2022-y., 09/22/631/0982-son)