OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
“TASHGORPLODOOVOSHCHPROM” BIRLASHMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Toshkent shahar aholisini kartoshka, sabzavot-poliz va boshqa dehqonchilik mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash, Toshkent viloyati meva-sabzavot xoʻjaliklarini boshqarishdagi parallellikni va takrorlanishni bartaraf qilish va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Tashgoragroprom” birlashmasi faoliyati masalalari boʻyicha 1989-yil 12-iyuldagi 224-son va 1990-yil 15-yanvardagi 34-son qarorlarini qisman oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Toshkent viloyati va Toshkent shahar Kengashlarining, Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konsernining “Tashgoragroprom” birlashmasini qayta tashkil etish va uning negizida “Oʻzplodoovoshchvinprom” konserniga va Toshkent shahar hokimligiga boʻysunuvchi “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasining raisi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni raisining oʻrinbosari va Toshkent shahar hokimligining savdo va xizmat koʻrsatish sohalari kompleksi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.
2. Toshkent viloyat meva-sabzavot va vinochilik sanoati birlashmasi tasarrufiga ixtisoslashtirilgan meva-sabzavotchilik kolxoz va sovxozlarini, agrokombinatlarni oʻtkazgan holda “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasi tarkibida ilovaga muvofiq korxonalar, tashkilotlar va muassasalar saqlab qolinsin.
3. Toshkent shahrini yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash uchun masʼuliyat Toshkent shahar meva-sabzavot va vinochilik sanoati birlashmasiga yuklatilsin, shu maqsadda unga quyidagi funksiyalar berilsin:
Toshkent va boshqa viloyatlar xoʻjaliklarida, kolxozlar, sovxozlar, ijarachi jamoalar bilan erkin shartnomaviy narxlarda shartnomalar asosida kartoshka, sabzavot, poliz, meva va uzum tayyorlash;
oʻz transportida Toshkent shahriga mahsulot yetkazib berish. Buning uchun “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasi tarkibida ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi saqlab qolinsin;
savdo shoxobchalarini xususiylashtirish va ijaraga berishni amalga oshirgan holda paydo boʻlayotgan erkin narxlarda keng assortimentda yil davomida kartoshka za meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
birlashma tizimida xoʻjalik hisobidagi kooperativlar, kichik korxonalar, meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha ijarachi jamoalarni, ishlab chiqarish boʻlinmalarini tuzish;
Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni orqali import qilish yoʻli bilan xoʻraki kartoshka, yangi mevalar, subtropik va sitrus oʻsimliklari mevalarini olib kelish.
4. Oʻzbekiston Meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni (oʻrtoq Toshkenboyev) Toshkent shahar hokimligi va Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida xoʻjaliklarni Toshkent viloyat meva-sabzavot va vinochilik sanoati birlashmasi tasarrufiga oʻtkazishni amalga oshirsin, Toshkent shahar meva-sabzavot birlashmasi tuzilishi va apparat xodimlari sonini qayta koʻrib chiqsin, uni kadrlar bilan mustahkamlash masalasini hal qilsin.
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 12-iyuldagi 224-son va 1990-yil 15-yanvardagi 34-son qarorlariga muvofiq “Tashgorplodoovoshchvinprom” birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlar davom ettirilsin.
Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserniga va “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasiga zarur hollarda respublika viloyatlarida Toshkent shahriga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi tayyorlov boʻlinmalarini tuzishga ruxsat etilsin.
5. Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida yetkazib beruvchilari aniq koʻrsatilgan holda quyidagi assortimentda 1992-yilda Toshkent shahriga kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva va uzum yetkazib berish hajmini belgilasin, bunda mahsulotlarning asosiy qismini Toshkent viloyati xoʻjaliklarida, yetishmagan qismini esa respublikaning boshqa mintaqalarida tayyorlash nazarda tutilsin.
6. Toshkent shahar hokimligi (oʻrtoq Fozilbekov) Toshkent shahar korxonalari va tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslarini yoʻnaltirish hisobiga “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasining meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash negizini mustahkamlash masalalarini ishlab chiqsin.
7. “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasining oʻrnashgan joyi — sobiq “Tashgoragroprom”ning oʻrni — Abay koʻchasidagi 6-uy.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 29-yanvar,
37-son
“TASHGORPLODOOVOSHCHVINPROM” BIRLASHMASI TARKIBIGA QIRUVCHI TUZILMA BOʻLINMALARI
ROʻYXATI
|
Tashkilot va korxonalarning nomi |
Oʻrnashgan joyi |
| Nohiya UCHMSI (ORPK) uning barcha savdo korxonalari, omborxonalari va kartoshka saqlanadigan omborlari bilan: | |
| Akmal Ikromov UCHMSI si | Tursunqulov koʻchasi, 2 |
| Kirov UCHMSI si | Mavlonov koʻchasi, 52, 13 |
| Kuybishev (assotsiatsiyasi) | Lunacharskoye shox koʻchasi, 317 |
| Lenin UCHMSI si | Mirsolihov koʻchasi, 9a |
| Oktabr UCHMSI si | Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 8a |
| Sobir Rahimov UCHMSI si | Sobir Rahimov koʻchasi, 22 |
| Sergeli UCHMSI si | “Yoʻldosh” massivi, 7-kv-l 14-uy |
| Frunze UCHMSI si | Osipenko koʻchasi, 1a |
| Hamza UCHMSI si | M. Hasanova koʻchasi, 10 |
| Chilonzor UCHMSI si | Chilonzor koʻchasi, 85 |
| Bektemir SXGMa | Lixachev koʻchasi, 27a |
| Meva-sabzavot kombinatlari: | |
| 1-MSK | Uygʻur koʻchasi, 487 |
| 2-MSK | Vengerskaya koʻchasi, 2-tor kucha, 59 |
| 3-MSK | Stroitelnaya koʻchasi, 1 |
| 4-MSK | Nazarbek posyolkasi |
| 5-MSK | Yalangʻoch posyolkasi, Guliston koʻchasi |
| 1-Toshkent issiqxona kombinati | |
| “Barno” savdo-tijorat firmasi | Kosmonavtlar prospekti, 6 |
| “Navroʻz” xoʻjalik hisobidagi ijarachi savdo-tayyorlov korxonasi | Oloy bozori |
| “Osiyo” savdo-xarid qilish firmasi | Shedov koʻchasi, 26 |
| Ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi | Shamsuddinov koʻchasi, 7 |
| Tara bazasi | Choshtepe koʻchasi |
| Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikasini tuzatish boshqarmasi | Abay koʻchasi, 6 |
| 2-ixtisoslashtirilgan montaj-sozlash boshqarmasi | Yunusobod massivi |
| Xoʻjalik hisobidagi savdo-xarid qilish korxonasi boʻlgan sovet-yunon qoʻshma tueatish-qurilish boshqarmasi | Beruniy koʻchasi, 14 |