29.01.1992 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.04.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASHGORPLODOOVOSHCHPROM” BIRLASHMASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar aholisini kartoshka, sabzavot-poliz va boshqa dehqonchilik mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash, Toshkent viloyati meva-sabzavot xoʻjaliklarini boshqarishdagi parallellikni va takrorlanishni bartaraf qilish va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Tashgoragroprom” birlashmasi faoliyati masalalari boʻyicha 1989-yil 12-iyuldagi 224-son va 1990-yil 15-yanvardagi 34-son qarorlarini qisman oʻzgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari Toshkent viloyati va Toshkent shahar Kengashlarining, Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konsernining “Tashgoragroprom” birlashmasini qayta tashkil etish va uning negizida “Oʻzplodoovoshchvinprom” konserniga va Toshkent shahar hokimligiga boʻysunuvchi “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasining raisi bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni raisining oʻrinbosari va Toshkent shahar hokimligining savdo va xizmat koʻrsatish sohalari kompleksi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyat meva-sabzavot va vinochilik sanoati birlashmasi tasarrufiga ixtisoslashtirilgan meva-sabzavotchilik kolxoz va sovxozlarini, agrokombinatlarni oʻtkazgan holda “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasi tarkibida ilovaga muvofiq korxonalar, tashkilotlar va muassasalar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahrini yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlash uchun masʼuliyat Toshkent shahar meva-sabzavot va vinochilik sanoati birlashmasiga yuklatilsin, shu maqsadda unga quyidagi funksiyalar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent va boshqa viloyatlar xoʻjaliklarida, kolxozlar, sovxozlar, ijarachi jamoalar bilan erkin shartnomaviy narxlarda shartnomalar asosida kartoshka, sabzavot, poliz, meva va uzum tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz transportida Toshkent shahriga mahsulot yetkazib berish. Buning uchun “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasi tarkibida ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi saqlab qolinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paydo boʻlayotgan erkin narxlarda keng assortimentda yil davomida kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni tashkil etish;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashma tizimida xoʻjalik hisobidagi kooperativlar, kichik korxonalar, meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish boʻyicha ijarachi jamoalarni, ishlab chiqarish boʻlinmalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni orqali import qilish yoʻli bilan xoʻraki kartoshka, yangi mevalar, subtropik va sitrus oʻsimliklari mevalarini olib kelish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni (oʻrtoq Toshkenboyev) Toshkent shahar hokimligi va Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddat ichida xoʻjaliklarni Toshkent viloyat meva-sabzavot va vinochilik sanoati birlashmasi tasarrufiga oʻtkazishni amalga oshirsin, Toshkent shahar meva-sabzavot birlashmasi tuzilishi va apparat xodimlari sonini qayta koʻrib chiqsin, uni kadrlar bilan mustahkamlash masalasini hal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 12-iyuldagi 224-son va 1990-yil 15-yanvardagi 34-son qarorlariga muvofiq “Tashgorplodoovoshchvinprom” birlashmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlar davom ettirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserniga va “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasiga zarur hollarda respublika viloyatlarida Toshkent shahriga meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha xoʻjalik hisobidagi tayyorlov boʻlinmalarini tuzishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston meva-sabzavot va vinochilik sanoati konserni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida yetkazib beruvchilari aniq koʻrsatilgan holda quyidagi assortimentda 1992-yilda Toshkent shahriga kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, meva va uzum yetkazib berish hajmini belgilasin, bunda mahsulotlarning asosiy qismini Toshkent viloyati xoʻjaliklarida, yetishmagan qismini esa respublikaning boshqa mintaqalarida tayyorlash nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent shahar hokimligi (oʻrtoq Fozilbekov) Toshkent shahar korxonalari va tashkilotlarining moddiy va moliyaviy resurslarini yoʻnaltirish hisobiga “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasining meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va qayta ishlash negizini mustahkamlash masalalarini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasining oʻrnashgan joyi — sobiq “Tashgoragroprom”ning oʻrni — Abay koʻchasidagi 6-uy.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 29-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 29-yanvardagi 37-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASHGORPLODOOVOSHCHVINPROM” BIRLASHMASI TARKIBIGA QIRUVCHI TUZILMA BOʻLINMALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilot va korxonalarning nomi

Oʻrnashgan joyi

Nohiya UCHMSI (ORPK) uning barcha savdo korxonalari, omborxonalari va kartoshka saqlanadigan omborlari bilan:
Akmal Ikromov UCHMSI si Tursunqulov koʻchasi, 2
Kirov UCHMSI si Mavlonov koʻchasi, 52, 13
Kuybishev (assotsiatsiyasi) Lunacharskoye shox koʻchasi, 317
Lenin UCHMSI si Mirsolihov koʻchasi, 9a
Oktabr UCHMSI si Xalqlar doʻstligi koʻchasi, 8a
Sobir Rahimov UCHMSI si Sobir Rahimov koʻchasi, 22
Sergeli UCHMSI si “Yoʻldosh” massivi, 7-kv-l 14-uy
Frunze UCHMSI si Osipenko koʻchasi, 1a
Hamza UCHMSI si M. Hasanova koʻchasi, 10
Chilonzor UCHMSI si Chilonzor koʻchasi, 85
Bektemir SXGMa Lixachev koʻchasi, 27a
Meva-sabzavot kombinatlari:
1-MSK Uygʻur koʻchasi, 487
2-MSK Vengerskaya koʻchasi, 2-tor kucha, 59
3-MSK Stroitelnaya koʻchasi, 1
4-MSK Nazarbek posyolkasi
5-MSK Yalangʻoch posyolkasi, Guliston koʻchasi
1-Toshkent issiqxona kombinati
“Barno” savdo-tijorat firmasi Kosmonavtlar prospekti, 6
“Navroʻz” xoʻjalik hisobidagi ijarachi savdo-tayyorlov korxonasi Oloy bozori
“Osiyo” savdo-xarid qilish firmasi Shedov koʻchasi, 26
Ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi Shamsuddinov koʻchasi, 7
Tara bazasi Choshtepe koʻchasi
Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi kompleksini moddiy-texnikaviy taʼminlash va texnikasini tuzatish boshqarmasi Abay koʻchasi, 6
2-ixtisoslashtirilgan montaj-sozlash boshqarmasi Yunusobod massivi
Xoʻjalik hisobidagi savdo-xarid qilish korxonasi boʻlgan sovet-yunon qoʻshma tueatish-qurilish boshqarmasi Beruniy koʻchasi, 14