Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2026 09.07.2018 yildagi PQ-3841-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2026
Hujjat 11.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF-99-sonli “Suv xoʻjaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, daryolar, soylar, jilgʻalar va koʻllar muhofaza hududlarini va oʻzanlarini (keyingi oʻrinlarda daryo oʻzani deb yuritiladi) tozalash boʻyicha ishlarni samarali tashkillashtirishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan noruda foydali qazilmalar mavjud joylarda yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlmagan subyektlar tomonidan oʻzanlarni tozalash ishlari jarayonida noqonuniy tarzda qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu oʻrinda, tadbirkorlik subyektlariga bunday ishlarni amalga oshirish imkoniyatini bekor qilinganligi ularning mavjud texnika va jihozlarining ishlamay turib qolishiga va ichki bozorda qum-shagʻal materiallarining narxi keskin oshib ketishini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi xavfi boʻlgan hududlarda qirgʻoqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlariga daryolar va soylar oʻzanlarini tozalash ishlarining yuklatilishi toʻplanib qolgan ushbu muammolarni hal qilish uchun yetarli boʻlmayapti.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, bu sohada davlat-xususiy hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, ichki bozorni qum-shagʻal materiallari bilan barqaror taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3286-son qarori asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi xavfi boʻlgan hududlarda qirgʻoqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ishlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-sonli qarori bilan tashkil etilgan toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, kor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) qarori asosida boshqa tashkilotlar ham jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazirlik huzurida daryolar oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish boʻyicha buyurtmachi sifatida “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — “Xavfsiz daryo” DUK) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xavfsiz daryo” DUKning asosiy vazifalari etib kuyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal qazib olish ishlarini olib borish uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ular boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi xodimlari bilan birgalikda doimiy ravishda joylarga chiqqan xolda daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari olib borilayotgan uchastkalardagi holatni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash ishlari natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hajmining hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallari toʻplanib qolgan va tozalanishi lozim boʻlgan uchastkalar roʻyxatini tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalanishi lozim boʻlgan daryo oʻzanlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalari xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijalari boʻyicha shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatdagi maydonlarda daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish “Xavfsiz daryo” DUK tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali oʻtkaziladigan tanlov yoʻli bilan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo oʻzanlarini tozalashda faqat, qirgʻoqlar yuvilishiga hamda yaqin hududlarni suv bosishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan va suv oqimlariga toʻsqinlik qilayotgan oʻzanda yigʻilib qolgan qum-shagʻal materiallari hajmini qazib olinishiga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish ishlari mavsumiy tarzda, yer uchastkalarini ajratmagan xolda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qum-shagʻal materiallarini realizatsiya qilishda tadbirkorlik subyektlari soliqqa tortishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda qazilma boyliklardan foydalanganliklari uchun oʻrnatilgan tartibda soliq toʻlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo oʻzanlarini sifatli va oʻz vaqtida tozalanishiga “Xavfsiz daryo” DUK masʼuldir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Xavfsiz daryo” DUKning muassisi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUK direktori va uning oʻrinbosari Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi, harbiy xizmatchi hisoblanadi xamda maqomi boʻyicha tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatining boshqarma boshligʻi va uning oʻrinbosari lavozimiga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Xavfsiz daryo” DUK harbiy xizmatchilari qonunchilikda belgilangan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, turar joy taʼminoti bilan davlat budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi, shuningdek, pensiya, tibbiy taʼminot va boshqa ijtimoiy kafolatlar xamda imtiyozlardan foydalanishi belgilab qoʻyilsin. Buning uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ofitser tarkibiga kiruvchi ikkita qoʻshimcha harbiy xizmatchilar shtat birligi ajratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Xavfsiz daryo” DUK direktoriga kuyidagi huquqlar berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetarli darajadagi bilim va ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassislarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan xolda tashkiliy-shtat tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish va ish hajmidan kelib chiqqan holda yuridik shaxs maqomisiz, 4 nafardan ortiq boʻlmagan shtat birligi bilan hududiy boʻlinmalarni tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Xavfsiz daryo” DUK faoliyatini moliyalash manbalari etib kuyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUK bilan tuzilgan shartnomalarga asosan tadbirkorlik subyektlari tomonidan daryo oʻzanlarini tozalash natijasida olingan qum-shagʻal materiallarining (ishlov berilmagan) har bir 1 kub.m. uchun shartnoma tuzilgan kunda amalda boʻlgan eng kam oylik ish haqining ikki foizi miqdoridagi toʻlovlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilab qoʻyilsinki, “Xavfsiz daryo” DUKning pul mablagʻlari faqat quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUKni saqlab turish xarajatlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarini daryo oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish bilan bogʻlik xarajatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUK xamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, suv toshqini va koʻchki xavfli hududlarda qirgʻoq mustahkamlash, himoyalash va tiklash ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida moddiy-texnik taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUK Ustavini, tashkiliy-shtat tuzilmasini, shtat jadvalini, xarajatlar smetasini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUKni xizmat xonalari, mebel, kompyuterlar, aloqa, shuningdek, zaruriyatga koʻra transport vositalari bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz daryo” DUK faoliyatini samarali tashkil etishni yuqori xamda professional darajada taʼminlay oladigan malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya toʻplanib qolgan qum-shagʻal materiallaridan tozalanishi zarur boʻlgan daryolar va soylar uchastkalari roʻyxatini tasdiqlagach, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitalari daryolar oʻzanlarining tozalanishi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mazkur ishlar natijasida olingan qum-shagʻal materiallari hisobga olinishi ustidan qatʼiy nazoratni oʻrnatsin, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun qum va shagʻalning oʻrnini bosadigan mavjud muqobil qurilish tosh qazilma joylarini taqdim qilish boʻyicha zarur sharoitlar yaratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari daryolarning himoya zonalari, oʻzanlari, koʻllar, suv omborlari, kanallar, zovurlar, va boshqa suv obyektlarini tozalash hamda ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarida ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmak koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparatining yangilangan shtat jadvalini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2018 nil yakunlari boʻyicha, keyinchalik zaruratga qarab, “Xavfsiz daryo” DUKning faoliyatini va daryo oʻzanlarini tozalash ishlarini samaradorligini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali tadbirkorlik subyektlarini daryolar oʻzanlarini tozalash ishlariga jalb qilish tartibini tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchisi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3841-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2018-y., 07/18/3841/1486-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2022-y., 07/22/426/1026-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son; 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)