1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining faoliyatini samarali tashkil etish va kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatida (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) xizmat intizomining yuqori darajasini saqlash, shuningdek, 2018 — 2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash konsepsiyasini toʻliq va samarali amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egallab turgan lavozimida ish staji 5 yildan ortiq boʻlgan DYHXX xodim va rahbarlari 35 foizining ichki rotatsiyasi amalga oshirilgani, shu jumladan ular ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlariga oʻtkazilgani va bu borada 2018-yil oxirigacha rotatsiya koʻrsatkichlarini 70 foizgacha yetkazish chora-tadbirlarini tizimli asosda amalga oshirish nazarda tutilgani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasida shaxsiy xavfsizlik boʻlimi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalarida shaxsiy xavfsizlik guruhlari tashkil etilib, kadrlar bilan toʻliq taʼminlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining yuridik shaxsni tashkil etmasdan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun DYHXX xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasining 10 foizi shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berishdan tushadigan mablagʻlar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbai hisoblanadi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat DYHXX xodimlarini har oy pul bilan mukofotlash uchun shuningdek, avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun sarflanadigan materiallarni xarid qilish bilan bogʻliq harajatlarni qoplash, DYHXX moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-avgustdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda DYHXX xodimlarining lavozimlari roʻyxati, ularni ragʻbatlantirishning aniq shartlari va mezonlarini belgilashni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DYHXX xizmatiga olinadigan nomzodlarning shaxsiy odob-axloq fazilatlariga nisbatan qatʼiy talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
514-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyuldagi 514-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga yoʻnaltirilayotgan davlat bojlari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan toʻlovlardan, maʼmuriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 9-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“
9.
Ichki ishlar vazirligi
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari
55*******
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi
50
Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov summasi
8
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar
8
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi va turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari
8
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi havola qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*******) Ushbu mablagʻlarning 10 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-avgustdagi 626-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilar uchun undiriladigan jarimalar summasidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 55 foizgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun 8 foizdan 50 foizgacha”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/514/1480-son; 12.03.2019-y., 09/19/207/2754-son, 03.08.2019-y., 09/19/646/3508-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)