Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007 11.10.2000 yildagi 393-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2007
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻShMA KORXONALAR TAShKIL ETIShGA XORIJIY INVESTITSIYaLARNI JALB QILISh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mintaqalarida eksportga moʻljallangan ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini yanada ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-noyabrdagi 459-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-iyuldagi 358-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 344-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq joylarida yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarishni boshlagan vaqtdan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korxonalar uchun koʻrsatilgan muddat tugagandan keyingi ikki yil davomida daromad (foyda) soligʻi stavkasi amaldagi stavkaning 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining buyurtmalari boʻyicha qoʻshma ishlab chiqarishlarni tashkil etishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berishni va ularni uzaytirib berishni, shuningdek, vaqtinchalik roʻyxatga olishni va vaqtinchalik roʻyxatda turishni uzaytirib berishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 11-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 344-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda)