09.03.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.10.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun avtomobilda xalqaro tashishlarni ishonchli va samarali taʼminlashning muhimligini tan olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni himoya qilish va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash zaruriyatini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobilda xalqaro tashishlar sohasida hamkorlikni rivojlantirishga boʻlgan intilishga tayangan holda va avtomobil qatnovini yengillashtirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalari Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatga olingan tashuvchilar va avtotransport vositalari tomonidan amalga oshiriladigan Tomonlar davlatlari oʻrtasida va ularning hududlari orqali tranzit tarzda, shuningdek, uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirokchi hisoblangan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimda qoʻllaniladigan atamalar quyidagi maʼnolarni anglatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Tashuvchi” — Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatga olingan, mulk huquqi yoki boshqa qonuniy asoslarda avtotransport vositasiga egalik qiluvchi va ushbu davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Avtotransport vositasi”:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilarni tashishda — avtobus, yaʼni yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrindigʻi bilan hisoblaganda 9 tadan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklarni tashishda — yuklarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi, shu jumladan, yuk avtomobili, tirkamali yuk avtomobili, shatakchi avtomobil yoki yarim tirkamali shatakchi avtomobil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Yoʻlovchilarni muntazam tashishlar” — Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻrtasida oldindan kelishilgan yoʻnalishlar, jadval, tariflar, tashuvchi tomonidan yoʻlovchilar chiqariladigan va tushiriladigan toʻxtash bekatlari boʻyicha amalga oshiriladigan avtobusda yoʻlovchilarni tashishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar” — “yoʻlovchilarni muntazam tashishlar” atamasiga kirmaydigan yoʻlovchilarni avtobuslarda tashishning boshqa barcha turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Ruxsatnoma” — bir Tomon davlatining vakolatli organi tomonidan berilgan, ushbu Tomon davlati hududida avtomobilda xalqaro tashishlarni amalga oshirish uchun boshqa Tomon davlati hududida roʻyxatga olingan avtotransport vositasidan foydalanish huquqini beruvchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Maxsus ruxsatnoma” — bir Tomon davlati tashuvchisining avtotransport vositasini oʻz davlatining qonun hujjatlariga muvofiq bunday ruxsatnomani bergan boshqa Tomon davlati hududi boʻylab ogʻir vaznli, katta hajmli yoki xavfli yuk bilan oʻtishi uchun bir martalik ruxsatnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Tranzit tashishlar” — Tomonlardan birining davlati hududi orqali yoʻlovchi va yuklarni tashishlar, bunda joʻnash va yetib borish manzili ushbu Tomon davlati hududidan tashqarida joylashgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan tashishlar” — bir Tomon davlati hududida roʻyxatga olingan tashuvchilar tomonidan boshqa Tomon davlati hududida joylashgan bir punkt bilan mazkur Bitim ishtirokchisi boʻlmagan uchinchi mamlakat hududida joylashgan boshqa punkt oʻrtasida avtotransport vositasida amalga oshiriladigan yuklarni tashishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Xavfli yuklar” — muayyan omillar mavjud boʻlganda oʻziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli tashish, ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnik vositalar, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki zararlanishiga, shuningdek, inson hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtobusda yoʻlovchilarni muntazam tashishlar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha tashkil etiladi va ular tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bunday tashishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan bir-birlariga oldindan beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan takliflar tashuvchining nomi, qatnov yoʻnalishi, harakat jadvali, tarifi, tashuvchi tomonidan yoʻlovchilarni chiqaradigan va tushiradigan toʻxtash bekatlari, shuningdek, tashishlarning moʻljallanayotgan davri va bajarishning muntazamligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻz davlatlari hududlari boʻylab yoʻlovchilarni muntazam tashishlarni tashkil etish tartibini (yozma ravishda) kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlari oʻrtasida yoki ularning hududlari orqali tranzit tarzda yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari ruxsatnomani oʻz davlatlari hududlari orqali oʻtadigan yoʻl qismi uchun beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoʻlovchilarni har bir nomuntazam tashish uchun bir marotaba manzilga borish va qaytishni amalga oshirish huquqini taqdim etadigan alohida ruxsatnoma berilishi lozim, basharti ruxsatnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yoʻlovchilarni tashishlar uchun ruxsatnomalar tashuvchi nomiga beriladi va boshqa tashuvchilarga yoki uchinchi shaxslarga taqdim etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur moddada nazarda tutilgan ruxsatnoma nosoz avtobus boshqa avtobus bilan almashtirilganda talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar uchun ruxsatnoma blankalarini almashish tartibini oʻzaro kelishib oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlarning davlatlari oʻrtasida, shuningdek, uchinchi davlatlarga yoki ulardan tovarlarni tashish, mazkur Bitimning 6-moddasida nazarda tutilgan tashuvlarni istisno qilgan holda, avtotransport vositalarida Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
(5-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2024-yil 18-apreldagi Bayonnoma tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir avtotransport vositasi uchun alohida ruxsatnoma berilishi lozim. Har bir bunday ruxsatnoma bir marotaba manzilga borish va qaytishni amalga oshirish huquqini beradi. Yil davomida berilgan ruxsatnomalar keyingi yilning 31-yanvarigacha haqiqiy hisoblanadi. Ikki tomonlama qatnov paytida yuk tashuvchi boʻsh avtotransport vositalarining oʻtishi uchun ham ruxsatnomalar talab qilinadi.
(5-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2024-yil 18-apreldagi Bayonnoma tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuk tashishlar uchun ruxsatnomalar tashuvchi nomiga beriladi va boshqa tashuvchilarga yoki uchinchi shaxslarga taqdim etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari har yili yuk tashishlar uchun oʻzaro kelishilgan miqdordagi ruxsatnoma blankalarini almashadilar. Ushbu ruxsatnomalarda Tomon davlatining vakolatli organi muhri va ruxsatnomani bergan masʼul shaxsning imzosi boʻlishi lozim. Tomonlardan birining iltimosiga koʻra qoʻshimcha ruxsatnomalar almashib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari yuk tashishlar uchun ruxsatnoma blankalarini almashish tartibini oʻzaro kelishib oladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tomon davlatlarining hududlari orqali yuk tashuvchi avtotransport vositalarining tranzit oʻtishi ruxsatnomasiz amalga oshiriladi.
((5-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2024-yil 18-apreldagi Bayonnomaga asosan 6-band bilan toʻldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi tashishlarni bajarishda ruxsatnomalar talab etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boshqa joyga koʻchib oʻtayotganda koʻchar mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yarmarka va koʻrgazmalar uchun moʻljallangan material va buyumlar, shu jumladan, sanʼat asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sport tadbirlari va sirk tomoshalarini oʻtkazish uchun moʻljallangan transport vositalari, hayvonlar, shuningdek, har xil inventar va mol-mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) teatr bezak va ashyolari, musiqa asboblari, kino suratga olish, radio eshittirishlar va televizion koʻrsatuvlar uchun asbob-uskuna va jihozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) vafot etganlarning jasadi va hoklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) gumanitar va tibbiy yordam tarzida, tabiiy ofatlar roʻy berganda qutqaruv operatsiyalari maqsadlarida amalga oshiriladigan tashishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tirkama bilan birga ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan avtotransport vositalarida amalga oshiriladigan tashishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) pochta joʻnatmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nosoz avtotransport vositalarini tuzatish yoki shatakka olishga moʻljallangan texnik yordam avtomobilining oʻtishi uchun ham ruxsatnoma talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan tashishlar xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq boʻlgan avtomobil yoʻllari boʻylab amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalari oʻz davlatining roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlishi lozim. Yuk avtomobillari yoki shatakchi avtomobillar Tomonlar davlatlarining roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlgandagina, tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatlarning roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlardan birining davlati tashuvchilariga boshqa Tomon davlati hududida joylashgan punktlar oʻrtasida yoʻlovchi va yuklarni tashishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuksiz yoki yuk bilan harakatlanayotgan avtotransport vositasining oʻlchamlari va vazn parametrlari boshqa Tomon davlati hududida belgilangan meʼyorlardan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar yuksiz yoki yuk bilan harakatlanayotgan avtotransport vositasining oʻlchamlari va vazn parametrlari boshqa Tomon davlati hududida belgilangan meʼyorlardan oshsa, tashuvchi ushbu boshqa Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq uning vakolatli organidan maxsus ruxsatnomani oldindan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar mazkur moddaning 2-bandida qayd etilgan ruxsatnoma avtotransport vositasining muayyan yoʻnalish boʻyicha harakatlanishini nazarda tutsa, tashish faqat ushbu yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xavfli yuklarni tashish Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalarga, shuningdek, bunday tashish hududi boʻylab bajarilayotgan Tomon davlatining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Agar mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartnomalar yoki qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklarni tashish uchun maxsus ruxsatnomaning mavjud boʻlishi talab etilsa, tashuvchi bunday ruxsatnomani tashishni amalga oshirish boshlanguniga qadar ushbu tashish hududi boʻylab bajariladigan Tomon davlatining vakolatli organidan olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻz davlatlari qonun hujjatlariga muvofiq xavfli yuklar roʻyxatlarini va ularni tashish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlarining avtotransport vositalari haydovchilari oʻzlari boshqarayotgan avtotransport vositalarining toifasiga mos boʻlgan milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomalariga hamda avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi milliy hujjatlarga ega boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomasi hamda avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida milliy hujjatlar 1968-yil 8-noyabrda Vena shahrida qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasining Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi Konvensiyasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim qoidalariga muvofiq talab etiladigan ruxsatnoma va boshqa hujjatlar ular tegishli boʻlgan avtotransport vositasida boʻlishi va Tomonlar davlatlari nazorat organlarining talabiga koʻra taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bir Tomon davlatining mazkur Bitim doirasida tashishlarni amalga oshirayotgan tashuvchilari boshqa Tomon davlatida avtotransport vositalaridan foydalanish va ularga egalik qilish, shuningdek, transport operatsiyalarini amalga oshirish uchun yigʻim va toʻlovlar toʻlashdan oʻzarolik asosida ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻrsatib oʻtilgan ozod qilish avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va boshqa inshootlardan foydalanganlik, shuningdek, avtotransport vositasining vazni, oʻlchamlari va yuk koʻtarish qobiliyati Tomonlar davlatlarining milliy qonunchiligida belgilangan meʼyorlardan oshib ketganligi uchun yigʻim va toʻlovlarga tegishli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim asosida tashishlarni amalga oshirishda boshqa Tomon davlati hududiga olib kirilayotganda quyidagilar bojxona bojlari va yigʻimlarni toʻlashdan oʻzaro ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasining har bir modeli uchun ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan nazarda tutilgan, dvigatelning taʼminot tizimiga texnologik va konstruktiv jihatdan bogʻliq boʻlgan sigʻimlardagi yoqilgʻi, shuningdek, ushbu avtotransport vositasining sovutish qurilmalari ishlashi uchun moʻljallangan, ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan tirkamalar va yarim tirkamalarda oʻrnatilgan sigʻimlardagi yoqilgʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashish davomida foydalanish uchun zarur miqdordagi moylash materiallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xalqaro tashishni amalga oshirayotgan avtotransport vositasini taʼmirlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Asbob-uskunalar va ishlatilmagan ehtiyot qismlar qaytarib olib chiqilishi, almashtirilgan ehtiyot qismlar esa tegishli Tomon davlatining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarib olib ketilishi yoki yoʻq qilish bojxona rejimi yoxud boshqa bojxona rejimi ostida joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga muvofiq yoʻlovchi va yuklarni tashish avtotransport vositalari egalarining uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarligini majburiy sugʻurtalash sharti bilan amalga oshiriladi. Tashuvchi ushbu tashishlarni amalga oshirayotgan har bir avtotransport vositasini oldindan sugʻurtalashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara, bojxona, sanitariya, transport va boshqa turdagi nazoratlar Tomonlar davlatlari ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi, ushbu shartnomalar bilan tartibga solinmagan masalalarni hal etishda esa Tomonlardan har birining davlati milliy qonunchiligi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlarining tashuvchilari va avtotransport vositalari ekipajlari avtotransport vositasi hududida turgan Tomon davlatining yoʻl harakati qoidalari va milliy qonunchiligiga rioya qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashuvchi yoki uning haydovchilari boshqa Tomon davlatining qonunchiligi yoki mazkur Bitim qoidalarini buzgan taqdirda, qoidabuzarlik sodir etilgan hududdagi Tomon davlatining vakolatli organi boshqa Tomon davlatining vakolatli organini bu haqida xabardor qiladi, u esa oʻz davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir-birlarini oʻzaro xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi ishtirokchilar hisoblangan xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinmagan masalalar Tomonlardan har birining davlati milliy qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni talqin qilish va qoʻllash yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizoli masalalarni muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish maqsadida quyidagilar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi uchun — Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi uchun — Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Tojikiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa davlat organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlari vakolatli organlarining rasmiy nomi va funksiyalari oʻzgargan taqdirda, Tomonlar diplomatik kanallar orqali bir-birlarini oʻz vaqtida xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim qoidalarining lozim darajada bajarilishini taʼminlash hamda Bitimni qoʻllashda yuzaga keladigan va Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar orqali hal etib boʻlmaydigan nizolarni tezda hal qilish maqsadida Qoʻshma komissiya tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ikkala Tomon davlatlarining vakolatli organlari vakillaridan iborat Qoʻshma komissiya majlislari Tomonlardan birining murojaatiga koʻra navbati bilan ulardan har birining davlati hududida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlar Qoʻshma komissiya qarorlarini bajarish majburiyatini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻshma komissiya mazkur Bitim moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan tavsiyalar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan va Bitimning 21-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini Tomonlar bajarganliklari toʻgʻrisida soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim besh (5) yil davomida amal qiladi va bu muddat tugaganidan soʻng Tomonlardan hech biri mazkur Bitim amal qilishining navbatdagi muddati tugashidan kamida olti (6) oy oldin uning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, uning amal qilish muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik davrlarga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dushanbe shahrida 2018-yil 9-martda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)