Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
QIRGʻIZISTON RESPUBLIKASINING YUK AVTOTRANSPORT VOSITALARI VA AVTOBUSLARI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA HUDUDLARI BOʻYICHA OʻTISHI UCHUN YIGʻIMLAR UNDIRISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining hududi boʻyicha oʻtishi uchun yigʻimlar undirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilab qoʻyilsinki, Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali kirib kelishi va tranzit oʻtishi uchun qonun hujjatlari bilan belgilangan toʻlovlar Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha oʻtishi uchun undirilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 29-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslari kirib kelishi va tranzit oʻtishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Chegaradosh davlatlarning yuk avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali oʻtishi uchun yagona yigʻimlar belgilash toʻgʻrisida” 1999-yil 31-dekabrdagi 552-son qarorining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 72-modda) “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻtadigan yuk avtotransport vositalari va avtobuslar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 10-oktabr,
391-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-oktabrdagi 391-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qirgʻiziston Respublikasining yuk avtotransport vositalari va avtobuslarining Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegaralaridan oʻtishida toʻlovlar undirilmaydigan yoʻnalishlar
ROʻYXATI
1. Qirgʻizistondan Oʻzbekiston hududi orqali Qirgʻizistonga tranzit oʻtishi.
2. “Madaniyat” oʻtkazish punkti (Andijon viloyati) orqali “Maylisoy” elektrolampa zavodining yuk tushirish va ortish bazasiga oʻtish va orqaga qaytish.
3. “Fargʻona” oʻtkazish punkti (Fargʻona viloyati) orqali Qadamjoy surma kombinatining “1-Ferbaza” va “2-Ferbaza”siga oʻtish va orqaga qaytish.