Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024 05.07.2018 yildagi 504-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2024
Hujjat 29.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 700-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va chegara rejimini taʼminlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegara muammolarini hal etish, noqonuniy migratsiyaga, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga qarshi kurashish masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) 2018-yil 1-oktabrgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiq tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar va hududida chegara zonasi belgilanadigan boshqa obyektlar roʻyxatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarning fizik-geografik sharoitlari va relyefiga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻidan chegara mintaqasining chegarasini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy komissiyalar ishlarining yakunlari boʻyicha 2019-yil 15-yanvargacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining jami uzunligida chegara mintaqasi va chegara zonasining chizmasini tushuntirish xati bilan birgalikda aks ettirish ishlarining bajarilishini taʼminlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun materiallar taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini muhandislik-texnik jihozlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining jami uzunligidagi chegara mintaqasi doirasida begʻaraz asosda doimiy foydalanish uchun yerlar ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari, Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining budjetdan har yili ajratiladigan mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 25-oktabrdagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyundagi qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Bosh vazir oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 5-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
504-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimini taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida va havo boʻshligʻida) belgilovchi chiziq va bu chiziq boʻyicha oʻtuvchi vertikal sath;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara zonasi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi tutash hududning bir qismi boʻlib, uning doirasida chegara rejimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara mintaqasi — chegara zonasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi chizigʻiga bevosita tutash qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasining chizigʻi oʻtgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga bevosita tutashgan va chegara mintaqasida joylashgan suv obyektlari, gidrografiya elementlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalash mintaqasi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvini muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 5 metr kenglikdagi mintqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika mintaqasi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab, shuningdek, chegara daryolari va suv havzalarining qirgʻoqlarida uning texnik tavsiflariga muvofiq suvini muhofaza qilish zonasining tashqi chegarasi boʻylab oʻtgan joyning 100 metr kenglikdagi mintqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara zonasidagi chegara rejimi — chegara zonasiga kirish (chiqish), undan oʻtish, boʻlish (yashash), harakatlanish va xoʻjalik hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara mintaqasidagi chegara rejimi — alohida rejim cheklovlari oʻrnatiladigan chegara mintaqasiga kirish (chiqish), undan oʻtish, boʻlish, harakatlanish va xoʻjalik hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydigan qoidalar toʻplami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasini belgilash hamda jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chegara zonasi va chegara mintaqasining doirasi, shuningdek, chegara zonasiga kiradigan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullar, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Davlat xavfsizlik xizmatining takliflari asosida aniqlanadi hamda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga muhandislik inshootlari, toʻsiqlar, chegara yoʻllari, koʻpriklar va boshqa obyektlarni qurish uchun begʻaraz foydalanishga eni 50 metrgacha boʻlgan zarur yer uchastkalari ajratiladi (ayrim hollarda joyning fizik-geografik sharoitlaridan kelib chiqqan holda ajratiladigan yer uchastkasining eni kengaytirilishi mumkin).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chegara zonasiga kirishda ogohlantiruvchi belgilar, axborot doskalari oʻrnatiladi va ichki ishlar hududiy organi navbatchisining pultiga axborot chiqarib beradigan texnik vositalar jihozlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara zonasiga kirishni texnik jihozlash (kuzatuv va nazorat vositalari) mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmat faoliyati va oʻrnatilgan rejimga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari qonunchilikka muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasida hamda ularning tashqarisida jangovar-xizmat (tezkor) faoliyatini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Profilaktika mintaqasida veterinariya-sanitariya rejimiga rioya etilishi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan nazorat qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Chegara zonasiga keladigan va shu yerda yashaydigan shaxslarning hujjatlari, zarur boʻlganda ushbu zonada harakatlanadigan transport vositalari va yuklar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari va ichki ishlar organlari tomonidan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chegara zonasiga kirish (chiqish) nazorati ichki ishlar organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, Davlat chegarasida vaziyat murakkablashganda esa shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish maqsadida uning ayrim uchastkalaridagi chegara zonasi hamda chegara mintaqasida shaxslarning boʻlishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan nazorat postlari qoʻyilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. Chegara zonasi va chegara mintaqasida oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-sentabrdagi 717-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Chegara zonasiga kirish (oʻtish), bu yerda boʻlish (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chegara zonasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining pasportlariga ichki ishlar organlari tegishli maxsus shtamp qoʻyadi. Bunday belgiga ega pasporti boʻlgan fuqarolar chegara zonasi doirasida roʻyxatga olish kartochkasini olmasdan, yashash joyidagi tuman va viloyat hududida harakatlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chegara zonasida doimiy yashamaydigan va bu yerga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolarning pasporti va shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlardan (xizmat guvohnomasi, harbiy bileti, tugʻilgani haqida guvohnoma) tashqari chegara zonasida boʻlish uchun ichki ishlar organlari tomonidan beriladigan alohida roʻyxatga olish kartochkasi ham boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon fondi hududida joylashgan chegara zonasiga oʻrmondan foydalanish maqsadida keladigan shaxslarda yuqorida qayd etilgan ruxsat beruvchi hujjatlardan tashqari oʻrmon xoʻjaligi organlarining ruxsatnomasi/roziligi ham boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan barcha shaxslar belgilangan punktga kelgandan soʻng dam olish va bayram kunlaridan tashqari, ichki ishlar organlariga roʻyxatdan oʻtish hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgach yozib beriladigan alohida roʻyxatga olish kartochkasini olish uchun kelishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻqishga ketgunicha chegara zonasidagi aholi punktlarida yashagan oliy, oʻrta maxsus va boshqa taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda talabalari ushbu punktlarda ularning taʼlim muassasalarida oʻqishini tasdiqlovchi hujjatlar hamda chegara zonasidagi avvalgi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyi boʻyicha boʻladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chegara zonasiga ota-onasi yoki hamrohlik qiluvchi shaxslar bilan keladigan 16 yoshgacha boʻlgan shaxslar ota-onasi yoxud hamrohlik qiluvchi shaxslarning roʻyxatga olish kartochkalariga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Chegara zonasiga qishloq xoʻjaligi ishlarini amalga oshirish, chorva mollarini boqish, qurilish, qidiruv va boshqa ishlarni bajarish uchun kelgan bir guruh fuqarolar, shuningdek, sayyohlar guruhlari, artistlar brigadasi va chegara zonasida yashamaydigan boshqa fuqarolar jamoasiga roʻyxatga olish kartochkalari bunday guruh rahbari nomiga u bilan kelgan shaxslarning soni koʻrsatilgan holda berilishi mumkin. Ushbu holatlarda roʻyxatga olish kartochkasiga chiqish joyidagi manfaatdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan imzo bilan tasdiqlangan guruhning nomma-nom roʻyxati ilova qilinadi. Roʻyxatda koʻrsatilgan shaxslar chegara zonasida ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Chegara zonasida roʻyxatga olish kartochkalari chegara zonasi belgilangan bitta maʼmuriy tuman doirasida boʻlish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Chegara zonasiga vaqtincha yashash uchun keladigan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilotlarning faoliyat turi boʻyicha koʻpincha uzoq vaqt chegara zonasida boʻladigan xodimlariga roʻyxatga olish kartochkalari olti oygacha boʻlgan muddatga beriladi va ular har oy ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shaxslarga vaqtincha yashash davrida yoki chegara zonasida bir necha marta boʻlishi zarurligi tufayli beriladigan roʻyxatga olish kartochkalari amal qilish muddati tugagandan soʻng haqiqiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatga olish kartochkalarining amal qilish muddatini uzaytirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar ichki ishlar organlariga ularning amal qilish muddati tugashidan besh kun avval murojaat qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan va avval chegara zonasida yashagan hamda doimiy yashash uchun qaytib kelgan shaxslarga roʻyxatga olish kartochkalari ularni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish va pasportini rasmiylashtirish uchun belgilangan muddatga beriladi. Bunday holatlarda jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati ushbu shaxslar ozodlikka chiqishidan bir oy avval ichki ishlar organlariga tegishli axborot va ularning arizalarini yuboradi. Har bir arizaga ariza beruvchining sudlangani toʻgʻrisidagi, uning qamalishidan oldin chegara zonasida yashaganini tasdiqlovchi maʼlumotlar ilova qilinadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari va Qurolli Kuchlarining chegara zonasida roʻyxatga olish kartochkasiz, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan boʻlish huquqiga ega mansabdor shaxslari roʻyxatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Chegara zonasida joylashgan aholi punktlariga xizmat safariga yuboriladigan shaxslar ushbu punktlarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat safari hujjatlari boʻyicha boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasining harbiy xizmatchilari va xodimlari chegara zonasiga ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha keladi va boʻladi. Qayd etilgan toifadagi shaxslarning oila aʼzolari chegara zonasida ular xizmat qilayotgan joydan beriladigan maʼlumotnoma asosida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan boʻshatilgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmatga ushbu joylardan chaqirilgan yoxud bu yerlarda yaqin qarindoshlari boʻlsa, chegara zonasiga xizmat koʻrsatmalari yoki oʻtish guvohnomalari boʻyicha kiradi va boʻladi. Haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan shaxslar esa chegara zonasida ilova qilinadigan nomma-nom tuzilgan roʻyxatlar va mudofaa ishlari boʻyicha tegishli boʻlimlar koʻrsatmalari boʻyicha boradigan punkti koʻrsatilgan holda harakatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Chegara zonasida joylashgan sanatoriy, dam olish uylari, pansionatlar, turistik bazalar va boshqa davolash-sogʻlomlashtirish muassasalariga boradigan fuqarolar ushbu zonada shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sanatoriya va turistik yoʻllanmalar yoki ushbu muassasalar tomonidan beriladigan maʼlumotnomalar boʻyicha boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bolalar chegara zonasida joylashgan dam olish oromgohlari va bolalar uchun boshqa muassasalarda yoʻllanmalar asosida boʻladi. Ushbu bolalar muassasalaridagi bolalarning ota-onalari farzandlarini koʻrish uchun chegara zonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha besh kun davomida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Chegara zonasiga besh kundan ortiq muddatga keladigan fuqarolar roʻyxatga olish kartochkalarda koʻrsatilgan maʼmuriy tuman doirasida yashash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Chegara zonasi doirasida maʼmuriy markaz, maktab, shifoxona, korxona, tashkilot va boshqa muassasalar joylashgan boʻlsa va ularga xizmat koʻrsatadigan shaxslarning bir qismi chegara zonasi tashqarisida yashasa, bu shaxslarga chegara zonasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, chegara zonasi doirasida joylashgan tegishli muassasalar va tashkilotlarda ularning ishlab chiqarish faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻyicha boʻlishiga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Chet elga chiquvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit harakatlanadigan shaxslar davlat chegarasidan oʻtish huquqini beradigan tegishli hujjatlar boʻlgandagina chegara zonasidan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan shaxslar tranzit harakatlanayotgan chegara zonasi punktlarida umumiy asoslarda toʻxtash va boʻlish huquqiga ega. Chegara zonasi orqali tranzit harakatlanayotgan ushbu shaxslar toʻxtashga majbur boʻlgan holatlarda, bu haqida ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Chegara zonasi va chegara mintaqasida belgilanadigan rejim cheklovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Chegara zonasi va chegara mintaqasi doirasida boʻladigan shaxslar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi, shuningdek, chegara zonasi va chegara mintaqasida boʻlish huquqini beradigan hujjatlarini olib yurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati vakillarining talabiga binoan hujjatlari, transport vositalari va tovarlarni tekshirish uchun taqdim etishga, chegara zonasi va chegara mintaqasida boʻlishining sababini tushuntirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Chegara zonasida joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlariga chegara zonasida boʻlish va yashash uchun ruxsatnomasi boʻlmagan shaxslarni ishga qabul qilish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Chegara zonasidagi davlat oʻrmon fondi yerlarida hayvonlarni tutish uchun oʻrmon xoʻjaligi organlari tomonidan beriladigan yoʻllanma va varaqlar, boshqa hududlarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining ruxsatnomasi boʻyicha ov qilinadi. Barcha holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan joylarda ov qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Chegara zonasida chegara rejimiga rioya etilishini taʼminlash va nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari hamkorlikda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Chegara zonasi va chegara mintaqasi doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geodeziya, topografiya, geologiya, gidrogeologiya, yoʻlsozlik va boshqa izlanishlar, shuningdek, chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarining suv rejimini oʻzgartirish bilan bogʻliq gidrotexnika, melioratsiya va boshqa ishlar, chorva mollarini boqish, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlar — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda (ruxsatnomasi boʻyicha), davlat oʻrmon fondi yerlarida esa shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi organlari bilan kelishilgan holda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turdagi havo kemalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlarining parvozlari, aerofoto suratga olish — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarini parvozlar boshlanishidan 10 kun avval xabardor qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Chegara mintaqasida quyidagi rejim cheklovlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport va havaskorlik ovi, baliq ovlash, tabiat qoʻynida dam olish, shuningdek, shaxslarning biron-bir zaruratsiz boʻlishi man etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarni va obyektlarni kinofoto suratga olish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmatining ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yovvoyi hayvonlar sonini tartibga solish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishilgan holda ov qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar va transport vositalariga faqat ishlab chiqarish yoki xizmat zarurati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Davlat chegarasidagi vaziyat murakkablashganda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari chegara mintaqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqaruv organlarini xabardor qilgan holda quyidagi vaqtinchalik qoʻshimcha rejim cheklovlarini joriy qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara mintaqasiga shaxslarning kirishini toʻliq man etish yoki cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlar amalga oshiriladigan, chorva mollari boqiladigan hududlarni va boshqa faoliyatni cheklash, suzuvchi vositalarning chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalariga chiqishini man etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara mintaqasida shaxslarning boʻlish vaqtini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tozalash mintaqasida Davlat chegarasini jihozlash, qoʻriqlash va himoya qilish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday faoliyat man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida profilaktika mintaqasida chorva mollarini boqish va saqlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Davlat chegarasiga tutash hududlar va chegaradosh qoʻshni hududlarda barqaror epizotik vaziyat boʻlganda, chegara mintaqasida chorva mollari buning uchun maxsus ajratilgan joylarda faqat kunduzi boqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Chorva mollarini boqadigan yuridik va jismoniy shaxslar chegara mintaqasida chorva mollarini boqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan belgilangan talablarni soʻzsiz bajarish choralarini koʻrishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chegara zonasiga belgilangan tartibda kiradi hamda boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari ularning kirishi va boʻlishi uchun ruxsat etilgani bilan bogʻliq barcha holatlar toʻgʻrisida Davlat xavfsizlik xizmati organlarini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq chegara zonasi va chegara mintaqasida boshqa rejim cheklovlari ham joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish) uchun ruxsatnomalar olish va ularni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yuridik va jismoniy shaxslar chegara mintaqasiga kirishga (boʻlish, ishlarni amalga oshirish) ruxsatnoma olish uchun ushbu shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, ish joyi, mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, yashash joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjatining seriyasi va raqami, ishlar amalga oshiriladigan joy, ularning vaqti va xususiyati) aks ettirilgan hamda pasportlarining nusxalari ilova qilingan roʻyxatlar uch nusxada ariza-xatiga ilova qilinib, ishlar (faoliyat) boshlanishidan 30 sutka avval kechiktirmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining boʻlinmalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ariza-xatini yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga chegara mintaqasida boʻlish uchun ruxsatnomalar berish quyidagi asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza-xatida axborot toʻliq koʻrsatilmagani yoki ataylab yolgʻon maʼlumotlar maʼlum qilingani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) harbiy va boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayd etilgan boʻlish hududida (joyida) texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat eʼlon qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tegishli hududiy organlarining rad etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Chegara mintaqasiga kirish (boʻlish, ishlarni amalga oshirish) rad etilgan sabablar xat yoʻllagan yuridik va jismoniy shaxslarga maʼlum qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan yoki vaqtincha boʻladigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar chegara mintaqasiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi bilan kiradi va unda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Chegara daryolari, koʻllari va boshqa suv havzalarida kemalarni roʻyxatga olish va ularning boʻlish tartibi, prichallarni jihozlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Chegara mintaqasida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan baliq ovlash, ov qilish, ilmiy-tadqiqot, oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalar belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi hamda toʻxtash uchun ajratilgan doimiy joylar bilan birga pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlariga roʻyxatga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilanmagan pristanlar, prichallar, toʻxtash punktlari va buning uchun ajratilmagan boshqa joylarda oʻzi yurar va oʻzi yurmas kemalarni saqlash, ularning turishi, odamlarni chiqarish va tushirish, yuklarni ortish hamda tushirish man etiladi, tabiiy ofatlar va avariya holatlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Suzish vositalarining Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli chegara daryolari, koʻllari yoki boshqa suv havzalariga chiqishi uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi, ularning ushbu suvlarda boʻlishi va harakatlanish tartibi, shuningdek, qayd etilgan kemalar va ularni nazorat qilish vositalari uchun pristanlar, prichallar hamda toʻxtash punktlarini jihozlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kemalarni davlat roʻyxatidan va texnik nazoratdan oʻtkazish organlarining mansabdor shaxslari oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarish uchun pristanlar, prichallar va toʻxtash punktlarini, shuningdek, suv obyektlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari bilan kelishgan holda borib koʻrish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Yuridik va jismoniy shaxslar tegishli pristanlar, prichallar va oʻzlariga qarashli kemalar toʻxtash punktlarini belgilangan tartibda jihozlashi, ularning qoʻriqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan aloqani taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Chegara rejimini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Chegara zonasi va chegara mintaqasida chegara rejimi qoidalarini buzgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan maʼmuriy taʼsir choralari qoʻllaniladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/504/1459-son, 12.09.2018-y., 09/18/717/1869-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2023-y., 09/23/534/0762-son; 26.07.2024-y., 09/24/453/0558-son)