04.07.2018 yildagi PQ-3837-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda mustaqil fuqarolik institutlarini rivojlantirish va mustahkamlash, ularning erkin faoliyati kafolatlarini taʼminlash, davlat organlarining fuqarolar bilan yaqin hamkorligini yoʻlga qoʻyish, ularning ochiq, shaffof va oshkora faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, davlat organlari faoliyati ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish yuzasidan kompleks va izchil ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati tashkil etildi, davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan ijtimoiy sherikligini amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari yaratildi, davlat organlari faoliyati ochiqligini taʼminlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish tizimi tubdan isloh qilindi, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarining qonunchilik asoslari yaratildi, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va roʻyobga chiqarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili, shuningdek, fuqarolar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar natijalari davlat va jamiyat oʻrtasida samarali muloqotni yoʻlga qoʻyishda qator muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, muloqotni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolar oʻrtasida bogʻlab turuvchi “koʻprik”ning yoʻqligi davlat organlari faoliyatidagi muammolarni aniqlash hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish jarayonlariga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish masalalariga masʼuliyatsizlik bilan yondashish, jumladan fuqarolarning qonun hujjatlarini takomillashtirishga va jamiyatdagi muammolarni hal qilishga doir takliflariga beparvo munosabatda boʻlish holatlari davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirishga hamda davlat va xalq oʻrtasida “muloqot maydoni”ni shakllantirishga toʻsqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, fuqarolarda davlat organlari faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatining yoʻqligi, koʻpchilik hollarda ularga bunday axborotni taqdim etish asossiz ravishda rad etilayotganligi xalqning davlat organlariga boʻlgan ishonchini pasaytirmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, davlat organlari faoliyatida sogʻlom ishchanlik muhitini va qonuniylikni joriy etishga, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarning lozim darajada amalga oshirilmasligi ular tomonidan oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilish holatlari koʻpayishi, fuqarolarning huquqlari buzilishi, davlat organlari xodimlari xatti-harakatlari ustidan shikoyatlar sonining ortishi va aholining davlat organlari faoliyatidan noroziligi kuchayishi uchun shart-sharoitlar yaratmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, xodimlarning xizmat va uy-joy shart-sharoitlarini yaxshilashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek, bu sohada mavjud muammolar hal etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining kutilayotgan natijalarni bermayotganligi ular faoliyatining samaradorligini pasaytirishga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muammolarni hal qilish davlat organlarining fuqarolar bilan oʻzaro munosabatlariga boʻlgan yondashuvni tubdan qayta koʻrib chiqishni, jumladan aholi bilan ochiq va manzilli muloqot olib borishning yangi samarali vositalari va mexanizmlarini joriy etishni talab qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat va jamiyat oʻrtasida taʼsirchan hamda samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mustahkam mexanizmlarini rivojlantirish, ular faoliyatining ochiqligi va shaffofligini, fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni taʼminlash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari va keng jamoatchilikning har bir davlat organi, jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi davlat organi rahbarining qarori bilan tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini Namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilgan va davlat organi rahbarining qarori bilan tasdiqlanadigan nizom asosida amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi aʼzoligiga, qoida tariqasida, davlat organida namunali xizmat koʻrsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.

4. Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bogʻlab turadigan “koʻprik” rolini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;

davlat organi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash;

davlat organi faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish va ularni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organi faoliyati boʻyicha fuqarolar oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

davlat organlari xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan boʻshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish boʻyicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari boʻyicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

5. Jamoatchilik kengashiga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi tomonidan tashkil etiladigan boʻlajak ochiq hayʼat majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;

davlat organining, jumladan uning hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlarining binolari (xonalari) va boshqa obyektlarini davlat organi tomonidan belgilangan tartibda borib koʻrish;

davlat organi, uning hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;

davlat organi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan davlat organining axborotlari, statistika va boshqa materiallarini belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini taʼminlashda ishtirok etish;

jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga davlat organi tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda tahlil qilish;

davlat organi xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy-maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilan tanishish;

jamoatchilik kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;

yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat organlari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashlarining tarkiblarini tasdiqlasin va ularning faoliyatini tashkil etishga doir masalalar hal etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom asosida jamoatchilik kengashlari haqidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutiga davlat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda jamoatchilik kengashlari faoliyatini axborot-tahliliy va uslubiy taʼminlash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan mexanizmlarini joriy qilishda ularga koʻmaklashish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi mazkur qarorning mazmuni va ahamiyati keng yoritilishini hamda aholiga yetkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va davlat organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3837-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3837-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Namunaviy nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashining (keyingi oʻrinlarda — jamoatchilik kengashi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoatchilik kengashi oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamoatchilik kengashi davlat organining markaziy apparati huzurida tashkil etiladi va uning faoliyati mazkur davlat organining barcha hududiy boʻlinmalari hamda tasarrufidagi tashkilotlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamoatchilik kengashi davlat organi rahbarining qarori bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamoatchilik kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom va unga kiritiladigan oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar davlat organi rahbarining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, davlat organi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni roʻyobga chiqarish boʻyicha davlat organi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bogʻlab turadigan “koʻprik” rolini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan davlat organining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlil oʻtkazish, shuningdek, ularning natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatini isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish va ularni yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyati boʻyicha fuqarolar oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan boʻshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish boʻyicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari boʻyicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamoatchilik kengashi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat organiga tegishli takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan oʻzaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni mazkur davlat organi xodimlari oʻrtasida muhokama qilishga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va davlat organi faoliyatiga taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi rahbarlari va xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan boʻshatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari boʻyicha davlat organi xodimlari oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organida, uning hududiy boʻlinmalarida va tasarrufidagi tashkilotlarida sogʻlom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni, yuksak huquqiy madaniyat va axloqiylikni taʼminlash, xodimlarda Vatanga sodiqlik ruhini va qonunlarga boʻlgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruhiy va maʼnaviy-maʼrifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-maʼrifiy va oʻquv adabiyotlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni davlat organi faoliyatini isloh qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni taʼminlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish boʻyicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi tomonidan tashkil etiladigan boʻlajak ochiq hayʼat majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining, jumladan uning hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlarining binolari (xonalari) va boshqa obyektlarini davlat organi tomonidan belgilangan tartibda borib koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi, uning hududiy boʻlinmalari va tasarrufidagi tashkilotlari rahbarlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur boʻlgan davlat organining axborotlari, statistika va boshqa materiallarini belgilangan tartibda olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining qonun ijodkorligi faoliyatida, davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini taʼminlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga davlat organi tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy, ijtimoiy-maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamoatchilik kengashi aʼzoligiga, qoida tariqasida, davlat organida namunali xizmat koʻrsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obroʻ-eʼtiborli fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining soni cheklanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamoatchilik kengashining tarkibi davlat organi rahbarining qarori bilan har 3 yilda tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagi holatlarda jamoatchilik kengashining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan jamoatchilik kengashi tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamoatchilik kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va unga kiritilgan oʻzgartishlar ular tasdiqlangan paytdan boshlab 5 kun ichida davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamoatchilik kengashining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining ish rejasini, majlisi bayonnomasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan jamoatchilik kengashining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi va uni davlat organi rahbari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan davlat organi rahbari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Jamoatchilik kengashining raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamoatchilik kengashi raisining oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rais yoʻqligida jamoatchilik kengashining majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, jamoatchilik kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining samarali ishlarini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jamoatchilik kengashining kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, davlat organi xodimlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibiga muvofiq jamoatchilik kengashi majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini jamoatchilik kengashining raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni jamoatchilik kengashi majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini jamoatchilik kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga joʻnatilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jamoatchilik kengashining aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining majlisida ishtirok etish imkoni boʻlmagan holatlarda, uning aʼzosi majlis kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat organi tomonidan tashkil etiladigan hayʼat majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashi ish rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni jamoatchilik kengashida koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organi xodimlari, ularning oila aʼzolari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha takliflarni jamoatchilik kengashiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik kengashining zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari uning majlisida koʻrib chiqiladi. Jamoatchilik kengashining majlisi uning ish rejalari asosida har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining raisi jamoatchilik kengashi aʼzolarining uchdan bir qismining yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisini chaqirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamoatchilik kengashining majlislariga boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflari va jamoatchilik kengashi raisining topshirigʻi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamoatchilik kengashining majlisini uning raisi olib boradi. Rais ishtirok eta olmagan holatlarda, majlisni uning oʻrinbosari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik kengashining majlisida davlat organi rahbari, uning oʻrinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Jamoatchilik kengashining majlisi, agar unda jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, jamoatchilik kengashining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jamoatchilik kengashining qarori majlisda ishtirok etayotgan jamoatchilik kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamoatchilik kengashining har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻzining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. Uning fikri jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jamoatchilik kengashining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda davlat organiga, jamoatchilik kengashi aʼzolariga va manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jamoatchilik kengashining qarorini tezlik bilan qabul qilish zaruriyati tugʻilganda, uning raisi tashabbusi bilan qaror jamoatchilik kengashining aʼzolari bilan kelishilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organi jamoatchilik kengashining qabul qilgan qaroriga qoʻshilmagan hollarda, jamoatchilik kengashining qarorini olgan kundan boshlab oʻn kundan kechikmay unga asoslantirilgan eʼtirozini yozma shaklda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jamoatchilik kengashining kotibi kengash aʼzolari koʻmagida jamoatchilik kengashi qarorlari ijrosining borishini oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur boʻlgan hollarda, jamoatchilik kengashining raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Jamoatchilik kengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash davlat organi tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jamoatchilik kengashining faoliyati uning nizomiga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi davlat organining rahbari tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Jamoatchilik kengashining va davlat organi rahbarining jamoatchilik kengashi faoliyati bilan bogʻliq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 07/18/3837/1454-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2022-y., 06/22/154/0524-son; 13.04.2023-y., 06/23/49/0210-son)