Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-91) I bob birinchi paragrafiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 3-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1723-10]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi PF-5379-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2007-yil 12-sentabrdagi 141-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1723, 2007-yil 29-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 420-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalarining (OʻzR AQ-91) I-bob birinchi paragrafining yetmish toʻqqizinchi xatboshidagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2. Mazkur oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq T. OʻLJAYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyun,
114N-son
Kelishilgan:
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2018-yil 19-iyun
Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktorining birinchi muovini B. NIShONOV
2018-yil 19-iyun
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori v.b. B. XAKIMOV
2018-yil 19-iyun
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 10/18/1723-10/1444-son)