Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qaroriga muvofiq fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 24b-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.K. Narbayeva va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-iyul,
498-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 498-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari (keyingi oʻrinlarda FHDY organlari deb ataladi) faoliyatining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. Quyidagilar FHDY organlari hisoblanadi:
tuman va shahar FHDY boʻlimlari, shuningdek Nikoh uylari (keyingi oʻrinlarda FHDY boʻlimlari deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Agentlikning hududiy boshqarmalari deb ataladi) FHDY arxivlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. FHDY organlari Agentlikning hududiy boshqarmalari tizimiga kiradi va ularning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) direktori FHDY organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDY organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik qilish uchun masʼul hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. FHDY organlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
6. FHDY organlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
7. FHDY organlarining faoliyati qonun ustuvorligi, fuqarolarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etilishini va ularga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni sir tutish tamoyillariga asoslanadi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish munosabati bilan xodimga maʼlum boʻlib qolgan holatlar xizmat siri hisoblanib, ular, shu jumladan mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin ham oshkor etilishi yoki eʼlon qilinishi mumkin emas.
2-bob. FHDY organlarining vazifa va funksiyalari
8. FHDY organlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.
FHDY arxivlarining vazifasi jismoniy va yuridik shaxslarga koʻchirma, nusxa va boshqa maʼlumotnomalar berish yoʻli bilan davlat xizmatlarini koʻrsatishdir.
9. FHDY organlari ularga yuklatilgan vazifaga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlariga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining hisobini yuritadi;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini va qonunda belgilangan boshqa hujjatlarni saqlanishini taʼminlaydi;
fuqarolarga (oʻzlariga nisbatan tuzilgan dalolatnoma yozuvlari boʻyicha) fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari qayd qilinganligi haqida guvohnomalar, zarur hollarda takroriy guvohnomalar va maʼlumotnomalar beradi;
Agentlik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarining yozma soʻrovnomalariga binoan dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar yoki ulardan koʻchirmalar va maʼlumotnomalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
zarur hollarda mudofaa ishlari boʻlimlari, sogʻliqni saqlash organlari, bandlikka koʻmaklashish markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari va boshqa vakolatli idoralarning soʻrovlariga asosan yigʻish, umumlashtirish yoki taqqoslash maqsadlarida dalolatnoma yozuvlaridan alohida maʼlumotlar beradi;
qatʼiy hisobda turuvchi gerbli guvohnoma blankalarini hisobga olish, saqlash, sarflashning hisobini yuritadi va bu haqda belgilangan muddatlarda hisobotlar topshiradi;
belgilangan shakllar boʻyicha statistik hisobotlarni yuritadi;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining elektron maʼlumotlar bazasini yuritadi;
murojaatlarni belgilangan muddatlarda va tartibda koʻrib chiqadi;
oila toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish masalalari yuzasidan huquqiy targʻibot va tashviqot ishlarini olib boradi.
10. FHDY boʻlimlari mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari:
fuqarolik holati dalolatnomalari (tugʻilganlik, nikoh tuzish, nikohdan ajralish va oʻlim)ni qayd etadi, shuningdek otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish harakatlarini amalga oshiradi;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini tiklaydi va bekor qiladi;
shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari)ning oʻlimni qayd etishdagi ishlarini muvofiqlashtiradi va ularga amaliy yordam koʻrsatadi, gerbli guvohnomalarning talab darajada saqlanishi va sarflanishi choralarini koʻradi;
Keyingi tahrirga qarang.
nikohni, shu jumladan nikoh uylarida va tugʻilganlikni tantanali ravishda qayd etadi (fuqarolarning xohishiga koʻra);
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
11. FHDY arxivlari mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan funksiyalardan tashqari FHDY boʻlimlarining xabarnomalariga asosan dalolatnoma yozuvlarining ikkinchi nusxalariga tegishli oʻzgartirish va belgilar kiritadi hamda ularni bekor qiladi.
Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi mavjud boʻlmagan taqdirda, uning ikkinchi nusxasiga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organlari xodimlari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga kiritilayotgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini arxivdagi mavjud hujjatlar bilan solishtirish orqali nazorat qiladi;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida qayd etilgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining birinchi nusxasi saqlanayotgan Toshkent shahar hududiy boshqarmasining FHDY arxivi dalolatnoma yozuvlarga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritadi.
12. FHDY organlari oʻzlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni manfaatdor tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda amalga oshiradi.
3-bob. FHDY organlarining huquq va majburiyatlari
13. FHDY organlari quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jismoniy va yuridik shaxslardan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilib olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga FHDY sohasini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan pulli xizmatlar roʻyxatlariga muvofiq fuqarolarga pulli xizmatlar koʻrsatish.
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.
14. FHDY organlari:
fuqarolarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda koʻmaklashishi, ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirib berishi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish vaqtida fuqarolar tomonidan qonunchilik buzilganligi aniqlagan taqdirda, zarur chora-tadbirlar koʻrilishi uchun tegishli tashkilotlarga bu haqda xabar qilishi;
qonun hujjatlariga zid boʻlgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishni rad qilishi;
arxiv fondini yuritishi va saqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik va uning hududiy boshqarmalarining topshiriqlarini bajarishi va ularga FHDY organlari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan maʼlumotlar taqdim qilishi;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organlarining faoliyati yuzasidan belgilangan tartibda Agentlik va uning hududiy boshqarmalariga hisobot berishi shart.
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
FHDY organlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. FHDY organlari faoliyatini tashkil etish
15. FHDY organi rahbari (tuman va shahar FHDY boʻlimi mudiri, FHDY arxivi mudiri) lavozimiga quyidagi talablarga javob bergan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tayinlanishi mumkin, mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan holat bundan mustasno:
yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan;
oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida uch yillik, shu jumladan FHDY organida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan.
FHDY organi rahbarligiga nomzod boʻlgan shaxs qoida tariqasida FHDY organi rahbarligiga zaxirada turgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. FHDY organi rahbari Agentlikning hududiy boshqarmalari rahbarlari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizomning 15-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan talablar FHDY organlari faoliyatiga rahbarlik qilish bilan bogʻliq lavozimlarda ishlagan yoki ishlab kelayotgan xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. FHDY organi rahbari lavozimiga qoʻyiladigan talablarga javob beradigan nomzod topilmagan taqdirda, ushbu lavozimga Mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida oʻrta maxsus maʼlumotga va FHDY organida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxs tayinlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. FHDY organi rahbari:
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi faoliyatini tashkil etadi, rejalashtiradi, Agentlikning topshiriqlari belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
qatʼiy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalarining belgilangan tartibda hisobga olinishi, saqlanishi va sarflanishini taʼminlaydi;
gerbli muhr va shtamplarning but saqlanishini taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillari qabulini tashkil qiladi;
xizmat siri hisoblangan maʼlumotlarni FHDY organlari xodimlari tomonidan oshkor etilmasligi choralarini koʻradi;
FHDY organlari xodimlari tomonidan mehnat va ijro intizomiga hamda ichki tartib qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi xodimlarini ragʻbatlantirish yoki ularga intizomiy choralar koʻrish haqida Agentlikning hududiy boshqarmasiga takliflar kiritadi;
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
boʻsh (vakant) oʻrinlarni toʻldirish boʻyicha Agentlikning hududiy boshqarmasiga takliflar kiritadi.
(19-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
20. FHDY boʻlimi mudiri mazkur Nizomning 19-bandida nazarda tutilganlardan tashqari:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunda belgilangan tartibda Agentlikning hududiy boshqarmasining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
nikohni qayd etishda uzrli sabablar boʻlganida arizachilarning iltimoslariga koʻra qonunda belgilangan bir oylik muddatni qisqartiradi yoki uzaytiradi;
fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish daftarlarining va boshqa hujjatlarning yuritilishi va roʻyxatga olinishini nazorat qiladi;
nikohni va tugʻilganlikni tantanali ravishda qayd etish uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradi;
fuqarolik holati dalolatnomalari oʻz vaqtida toʻgʻri va toʻliq toʻldirilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik holati dalolatnomalarini “FHDYning yagona elektron arxivi”ga oʻz vaqtida toʻgʻri va toʻliq kiritilishini taʼminlaydi.
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
21. FHDY organi rahbari FHDY organiga yuklatilgan vazifa, funksiyalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. FHDY organi mudiri vaqtincha boʻlmagan hollarda (mehnat taʼtili, xizmat safari, betobligi) ularning vazifalarini bajarish Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻining buyrugʻi bilan 1-toifali inspektorlar yoki boshqa xodimlar zimmasiga yuklatiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. FHDY organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik maʼlumotga va 2-toifali inspektori lavozimiga yuridik mutaxassislik boʻyicha, qoida tariqasida, oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
24. FHDY organining 1-toifali inspektori lavozimiga oliy yuridik maʼlumotli nomzod topilmagan taqdirda, ushbu lavozimga mazkur Nizomda belgilangan tartibda yuridik mutaxassislik boʻyicha oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan shaxs tayinlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
25. 1 va 2-toifali inspektor va ish yurituvchilar Agentlikning hududiy boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
26. 1-toifali inspektor vaqtincha boʻlmagan hollarda (mehnat taʼtili, xizmat safari, betobligi) uning vazifalarini 2-toifali inspektor bajaradi.
27. FHDY boʻlimida 3 nafar va undan ortiq inspektor mavjud boʻlganda ish yurituvchi lavozimi joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. FHDY organlari xodimlari oʻzi, eri yoki xotini, oʻzining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tugʻishgan aka-ukalari va opa-singillari) toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritishga haqli emas. Bunda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari Agentlik hududiy boshqarmasining yozma koʻrsatmasiga asosan boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida qayd etiladi va bu haqda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvining belgilar ustuniga tegishli izoh kiritiladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
29. FHDY organi rahbarlari va inspektorlari ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
30. FHDY organlari xodimlari malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish Markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
31. FHDY organi xodimlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari tegishli lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
FHDY organi xodimlarining lavozim yoʻriqnomasi Agentlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
32. FHDY organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatilgan tartibda martaba darajalari beriladi.
5-bob. FHDY organlarining shtatlar jadvali
33. FHDY organlarining xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻrnatiladigan tartibga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. FHDY organlari shtatlar jadvali belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6-bob. Yakuniy qoidalar
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/498/1438-son; 27.08.2020-y., 09/20/514/1243-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; 29.09.2022-y., 09/22/540/0858-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 09/22/623/0970-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)