09.03.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha ikki tomonlama va koʻp tomonlama xalqaro hamkorlikning kengayishi muhim ekanligini anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakatning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha milliy manfaatlarni eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suverenitet, hududiy yaxlitlik va ikki mamlakatning ichki ishlariga aralashmaslik, shuningdek, ikki mamlakat fuqarolarining huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish asosida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy qonunchiligi va ular ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga tayanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xavfsizlikni taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida quyidagi sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, qonuniy hokimiyati va hududiy yaxlitligiga qarshi qaratilgan tahdidlarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) terrorizm, ekstremizm va ularning moliyalashtirilishiga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) terroristik va ekstremistik tashkilotlarning uchinchi davlatlar hududidan turib Tomonlarning xavfsizligiga putur yetkazadigan buzgʻunchilik faoliyatiga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari va tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasiga nisbatan razvedka-buzgʻunchilik faoliyatiga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qurol va oʻq-dorilar, portlovchi moddalar, ommaviy qirgʻin qurollari, ayniqsa, yadroviy va radioaktiv, kimyoviy va biologik qurollar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish texnologiyalarining ishlab chiqarilishi va noqonuniy muomalasining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining noqonuniy muomalasi, noqonuniy migratsiya, odam va uning aʼzolari savdosi, shuningdek, insonni ekspluatatsiya qilishning boshqa koʻrinishlariga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid jinoyatlar va kiberjinoyatchilikning oldini olish va ularga qarshi kurashish, shuningdek, Tomonlarning milliy manfaatlariga qarshi axborot tarqatadigan internet-saytlar faoliyatini aniqlash va taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) jinoiy yoʻl bilan olingan daromadlarni legallashtirishning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) boshqa jinoyatlarning oldini olish va bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning qoidalari va maqsadlari amalga oshirilishi uchun quyidagilar Tomonlarning vakolatli organlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tojikiston Respublikasi nomidan — Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi, Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitim doirasidagi hamkorlikni quyidagi shakllarda amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Bitimning 1-moddasida belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha axborot, shuningdek, amaliy va ilmiy-oʻquv materiallari almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chegarani boshqarish va chegara nazorati masalalari boʻyicha axborot va tajriba almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Bitimning 1-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish boʻyicha, shuningdek, jinoyat sodir etgan shaxslarni qidirish, ushlash va koʻchirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) moddiy-texnik yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekspertlar almashinuvi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitimda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish yuzasidan oʻzlarining vakolatli organlari oʻrtasida quyidagi masalalar boʻyicha axborot almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) terroristik va ekstremistik tashkilotlar, ular bilan aloqador guruhlar va alohida shaxslar, shuningdek, boshqa transmilliy jinoiy guruhlar va ularning maqsadlari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) terroristik, ekstremistik va transmilliy uyushgan jinoyatlarni sodir etish usullari va sabablari haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) terroristik aktlar va ekstremizm, boshqa uyushgan jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish tajribasiga oid;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy davlatlar maxsus xizmatlari va tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasiga nisbatan razvedka-buzgʻunchilik harakatlari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ikki davlatning jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchiligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishdagi zamonaviy ilmiy vositalarning puxta tayyorlanishi va qoʻllanilishi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Tomonlarning ikki davlat hududida jinoyat sodir etgan va qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni oʻtayotgan fuqarolari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) mazkur Bitimning 1-moddasida belgilangan boshqa masalalar boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar tajriba almashish maqsadida tegishli tuzilmalar uchun oʻquv kurslarini oʻtkazadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimda nazarda tutilgan hamkorlik doirasida quyidagilarni amalga oshirishni oʻz zimmalariga oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari ustuvorligi prinsipiga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tomonlarning tegishli organlari tarafidan terroristik va ekstremistik deb topilgan partiyalar, harakatlar va tashkilotlarning faoliyatini aniqlash va barham berish, ularning har qanday qoʻllab-quvvatlovi va yordamidan saqlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi yoki Tojikiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻravonlik yoki boshqa noqonuniy usullar bilan agʻdarishni maqsad qilgan destruktiv unsurlarning faoliyatini bartaraf etish choralarini koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma chora-tadbirlar boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish hamda hamkorlik jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun Tomonlarning vakolatli organlari doimiy vakillar bilan almashishlari, tezkor-xizmat faoliyatining aniq tarmoqlari boʻyicha Bitimning amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydigan vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitimning amalga oshirilishi boʻyicha ishchi til rus tili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻrtasidagi axborot va yozishmalar mazmuni yuboruvchining roziligisiz uchinchi tomonga ogʻzaki yoki yozma shaklda taqdim etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni oʻzaro muzokaralar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida uning ajralmas qismi hisoblanadigan va mazkur Bitimning 10-moddasiga muvofiq kuchga kiradigan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va uning amal qilishi Tomonlardan biri boshqa Tomonning mazkur Bitimning amal qilishini tugatish niyati toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini diplomatik kanallar orqali olgan sanadan boshlab, olti oy oʻtgandan soʻng tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi Tomonlar tarafidan uning amal qilishi tugatilishiga qadar kelishilgan, lekin tugallanmagan hamkorlikning amalga oshirilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dushanbe shahrida, 2018-yil 9-martda ikki nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.

(imzolar)