26.06.2018 yildagi PQ-3807-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 9-iyunda Ostona shahrida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar va takliflarni amalga oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda xalq diplomatiyasi mexanizmlaridan xar tomonlama foydalanish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona aloqalar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita), Tashki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, Yoshlar ittifoqi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasining ular muassisligida nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rinishidagi muassasa shaklida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Halq diplomatiyasi markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin, kuyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHHT mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlashga, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHHT mamlakatlari bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishda, delegatsiyalarning o‘zaro tashriflarini uyushtirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHHT mamlakatlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan yoshlar va xotin-qizlar tashkilotlari o‘rtasida do‘stona hamkorlik muhitini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHHT mamlakatlari o‘rtasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, axborot resurslarini shakllantirish xamda SHHTning maqsadlari, vazifalari, faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy prinsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, SHHT mamlakatlarining madaniy- gumanitar sohada erishgan yutuqlari to‘g‘risida axborot-taxliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHHT mamlakatlari va ularning xalqlarini bir-biriga yaqinlashtirish, o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik ruxini mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat subsidiyalari, ijtimoiy buyurtmalar va ijtimoiy sheriklik doirasida ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikaviy ko‘maklashish vositalari, xalqaro va xorijiy hukumat, noxukumat tashkilotlari, tijorat banklari xamda boshqa tashkilotlarning Markaz faoliyatini ko‘llab-quvvatlashga ajratadigan grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markazga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlaridan zarur statistik va tahliliy axborotni talab qilish va bepul olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish uchun davlat mulki bo‘lmish majlislar zali va konsert zallaridan (ana shu zallar o‘z tasarrufida bo‘lgan subyektlar bilan kelishilgan jadval bo‘yicha) bepul foydalanish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qo‘mita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashki ishlar vazirligi bilan birgalikda Markaz faoliyatini moddiy-texnik va axborot jihatdan ta’minlash, shuningdek, Markaz tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy ekspertlarni taklif qilish maqsadida texnikaviy ko‘maklashish vositalarini va grantlarni jalb etish masalalarini SHHT hamda boshqa xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan puxta ishlab chiqishda Markazga yordam ko‘rsatsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy teleradiokompaniya bilan birgalikda SHHT mamlakatlari o‘rtasida madaniy-gumanitar, sport hamda boshqa aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda madaniyat, sport, turizm va OAV sohasidagi tadbirlarni tashkil qilishda Markazga yordam bersin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazga ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Madaniyat vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy teleradiokompaniya. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari majlislar zali va boshqa mulkdan vaqtincha foydalanish uchun ularni bepul taqdim etish orqali madaniy, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda Markazga yordam bersinlar
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markaz Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 45-uyda ijara haqi “nol stavka” bo‘yicha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yilda Qo‘mitaga Markaz joylashadigan bino qismini mukammal ta’mirlash va jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti parametrlari doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga xodimlar mehnatiga haq to‘lash uchun Tashki ishlar vazirligi xodimlari uchun belgilangan normativlarga muvofiq zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar hokimligi ikki hafta muddatda Markazning zarur zamonaviy kompyuterlar. tashkiliy texnika, mebel va anjomlar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Markazning telefon aloqasi va Internet tarmog‘iga ulanishini o‘rnatilgan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan birgalikda Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondiga hamda chet ellardagi litsenziyalangan yetakchi axborot-kutubxona resurslarining fondlariga doimiy elektron bog‘lanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “O‘zavtosanoat” AJga “Lasetti” rusumli 1 dona yangi avtotransport vositasini Markazga xayriya ionasi sifatida topshirish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Adliya vazirligi bir hafta muddatda Markaz qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda davlat ro‘yxatiga olinishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashqi ishlar vazirligi Markazning buyurtmanomalariga binoan, Markaz tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yig‘imlari undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ichki ishlar vazirligi Markaz buyurtmanomalariga binoan, Markazda ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga vizalar muddati uzaytirilishini. shuningdek, ular vaqtincha yashaydigan joyda vaqtinchalik ro‘yxatga olish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmasdan belgilangan tartibda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy teleradiokompaniya va Milliy axborot agentligi Markaz faoliyatining maqsad va vazifalarini aholi o‘rtasida. shu jumladan, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3807-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2018-y., 07/18/3807/1401-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)