Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 23.01.1992 yildagi 29-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY GVARDIYASINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” 1991-yil 31-avgustdagi Qonunining oltinchi moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, fuqarolarning konstitutsion huquqlari va erkinliklarini va hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 3408-harbiy qismi negizida Oʻzbekiston Respublikasining Milliy Gvardiya brigadasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 3408-harbiy qismni butun shaxsiy tarkibi, qurol-yarogʻi, texnikasi va boshqa mol-mulki bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi ixtiyoriga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy Gvardiya joylashgan oʻrni etib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtining binolari va inshootlari kompleksi belgilansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining balansiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati bir hafta muddat ichida sobiq SSSR Davlat xavfsizlik qoʻmitasi instituti filiali binolari va inshootlarini xizmat binolari butun kompleksining mol-mulki, asbob-uskunalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi bir hafta muddat ichida Milliy Gvardiyaning tuzilmasi, nizomi, shtatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin, bunda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari uchun belgilangan barcha huquq va imtiyozlar Milliy Gvardiyaga tatbiq etilishini nazarda tutsin hamda alohida sharoitlardagi xizmat uchun 20 foiz miqdorida oshirilgan ustama belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot qoʻmitasi bir hafta muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining mablagʻ bilan taʼminlanishi, moddiy-texnika taʼminoti masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 23-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-son