22.06.2018 yildagi PQ-3800-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida aholining sogʻligʻini saqlash, shu jumladan odamning immunitet tanqisligi virusi (keyingi oʻrinlarda OIV-infeksiyasi deb yuritiladi) keltirib chiqaradigan kasallik profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasida ijobiy natijalarga erishildi. Mazkur yoʻnalishda kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi epidemik vaziyatning barqarorlashishiga koʻmaklashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar OIV-infeksiyasi tarqalishiga samarali qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishga toʻsiq boʻlayotgan bir qator muammolar mavjudligidan dalolat bermoqda, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish pasayganligiga qaramay, davolash-profilaktika muassasalarida qon orqali yuqadigan infeksiyalarning profilaktikasida kamchiliklar mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, davolash-profilaktika muassasalarini, ayniqsa, sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinini tibbiy asboblar va sarflash materiallari bilan oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlash borasida zarur choralar koʻrilmayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, joylarda, ayniqsa, uzoq tumanlarda tibbiyot muassasalarini elektr energiyasi va toza ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlashda muammolar saqlanib qolmoqda, bu esa tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish sifatiga va amalga oshiriladigan davolash-profilaktika muolajalarining xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, davolash-profilaktika muassasalari sterilizatsiya boʻlinmalarining zarur uskuna va inventarlar bilan jihozlanganlik darajasi talabga javob bermaydi, sterilizatsiya tadbirlarini tashkil etish uslublariga zamonaviy yondashuv mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, respublika mintaqalarida OIVni yuqtirib olgan shaxslar statsionar davolash bilan yetarli darajada qamrab olinmasdan qolmoqda, OITSga qarshi kurashish mintaqaviy markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi boʻyicha tumanlararo laboratoriyalarning zaif moddiy-texnika bazasi amalga oshirilayotgan ishlar sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV-infeksiyasini oʻz vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish, ularni statsionarda davolash koʻlamini kengaytirish, shifoxona ichki infeksiyalari bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordamni yanada takomillashtirish va kengaytirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalarining faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
epidemiologik nazoratni, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishi va shifoxona ichki infeksiyalarining profilaktikasi nazorat qilinishini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish funksiyalarini xususiy tuzilmalarga berish orqali davlat tibbiyot muassasalarida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash-profilaktika muassasalarini test-tizimlar va retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek, respublikada OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarni barqaror moliyalashtirish maqsadida budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini bosqichma-bosqich koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV-infeksiyasini davolash va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilishda fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIVni yuqtirib olgan shaxslarni kompleks tibbiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash boʻyicha tibbiyot xodimlarining kasbiy bilimlari darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tibbiyot muassasalarining OIV-infeksiyasini profilaktika va diagnostika qilish, uni davolash bilan shugʻullanuvchi tibbiyot xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OITSga qarshi kurashish markazlari va OIV-infeksiyasi diagnostikasi boʻyicha tumanlararo laboratoriyalarning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy diagnostika va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sohaviy muassasalar bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. OIV-infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks qoʻshimcha chora-tadbirlar (keyingi oʻrinlarda — Kompleks chora-tadbirlar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Kompleks chora-tadbirlarda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishi boʻyicha vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning faoliyati samarali muvofiqlashtirilishini hamda ularning oʻzaro hamkorligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borilishini taʼminlasin hamda bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Kompleks chora-tadbirlarda koʻrsatilgan muassasalarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda dastlabki bosqichda sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinida tajriba loyihalarini joriy etishni, keyinchalik ijobiy tajribani respublikaning barcha mintaqalariga tarqatishni nazarda tutgan holda, tibbiy asboblarni sterilizatsiya qilish va tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish sohasida davlat-xususiy sheriklikni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda davolash-profilaktika muassasalari, jumladan sterilizatsiya boʻlinmalari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanganligi holatini oʻrganib chiqsin hamda rivojlanish davlat dasturlariga birinchi navbatda ularni kiritish yuzasidan har bir hudud kesimida takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududlarida OIVni yuqtirib olgan shaxslarning statsionar davolash bilan qamrab olinishini kengaytirishga hamda davolash-profilaktika muassasalarini koʻp marta va bir marta ishlatiladigan tibbiy asboblar, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan toʻliq va oʻz vaqtida taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududda va umuman respublika boʻyicha OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishi profilaktikasining holatini doimiy ravishda kompleks baholashni taʼminlasin, ularning holati yomonlashishiga munosabat bildirish yuzasidan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida epidemiologik nazorat hamda OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishi ustidan nazorat qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda OIVni yuqtirib olgan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy, maʼnaviy va tibbiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida, ayniqsa, OIV-infeksiyasi tarqalishi masalalari boʻyicha keng tushuntirish va tarbiyaviy tadbirlar oʻtkazish, jamiyatda oila va maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash ishlarini kuchaytirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mavzuga oid maqolalar, turkum telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar tashkil etish orqali aholi oʻrtasida OIV-infeksiyasiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari muntazam va keng yoritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 22-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3800-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-iyundagi PQ-3800-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OIV — infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks qoʻshimcha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddatlari

xarajatlar (mln soʻm/ AQSH dollari)

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Shifoxona ichki infeksiyalarini profilaktika qilish sifatini oshirish

1.

Qon orqali yuqadigan infeksiyalarni profilaktika qilish sohasida davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini reglamentga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish

Ijtimoiy-demografik xususiyatlarni va epidemiologik jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchini hisobga olgan holda, qon orqali yuqadigan infeksiyalar bilan kasallanish boʻyicha epidemik vaziyatni oʻrganish va tahlil qilish.

Qon orqali yuqadigan shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish, hamda ilgʻor tajribani hisobga olgan holda ushbu hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining idoraviy hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilish.

Shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va talablarini tibbiyot xodimlari maʼlumotiga yetkazish.

2018-yil
1-dekabrgacha

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

2.

Sogʻliqni saqlashning boshlangʻich boʻgʻinida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiy asbob-uskunalarni sterilizatsiya qilish va tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish boʻyicha tajriba loyihalarini tatbiq qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tajriba loyihalarini amalga oshirish.

2018-yil
1-sentabrgacha

2018-2019-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

OIV-infeksiyasini oldini olish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlarni mamlakatimizda ishlab chiqishni tashkil etish maqsadga muvofiqligi masalasini ishlab chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumotnoma kiritish

2018-yil
1-sentabrgacha

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

4.

Davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan sterilizatsiya qilish boʻlimlari va operatsiya bloklarining suv, gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlanganligi holatini oʻrganish.

Har bir hudud kesimida tegishli takliflar tayyorlash va ularni davlat rivojlanish dasturlariga kiritish.

2018-yil
1-sentabrgacha

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi,“Oʻzbekenergo” AJ, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Jazoni ijro etish muassasalarida, shuningdek, ichki ishlar organlarining tibbiyot muassasalarida OIV-infeksiyasi va shifoxona ichki infeksiyalari tarqalishini epidemiologik nazorat qilish va tekshirish tizimini takomillashtirish.

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil
1-sentabrgacha

-

-

IIV,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

II. OIVni yuqtirib olgan bemorlarni statsionar sharoitlarida davolash sifatini yaxshilash

6.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarning boshqa kasalliklarini hududlardagi infeksion statsionarlar va boʻlimlar negizida davolash uchun ixtisoslashtirilgan koykalarni tashkil etish.

Ixtisoslashtirilgan koykalarni tashkil etish.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarni OITSga qarshi kurashish Respublika markazi huzuridagi klinikada va infeksion statsionarlarda davolash mezonlarini ishlab chiqish.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarning boshqa kasalliklarini davolash uchun medikamentlar, diagnostikumlar va tibbiyot asbob-uskunalariga boʻlgan talab-ehtiyojni aniqlash.

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

OITSga qarshi kurashish Respublika markazining, Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining hamda boshqa ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yuqori malakali mutaxassislarini infeksion statsionarlarga biriktirib qoʻyish yoʻli bilan OIVni yuqtirib olgan bemorlarni davolash sifatini oshirish.

OIVni yuqtirib olgan shaxslarni davolash bilan shugʻullanuvchi tibbiyot xodimlarini Vrachlar malakasini oshirish instituti, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, OITSga qarshi kurashish boʻyicha Respublika markazi hamda boshqa ilmiy-amaliy markazlar negizida oʻqitish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil
1-avgustgacha





jadvalga muvofiq

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

8.

OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan onadan tugʻilgan olti oygacha boʻlgan goʻdaklarni quruq sut aralashmasi bilan taʼminlash.

Quruq sut aralashmalarini xarid qilish va tarqatish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

1752soʻm

1752soʻm

1752 soʻm

1752soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari.

9.

Birgalikda uchraydigan virusli, bakterial, zamburugʻli etiologiya infeksiyalarini profilaktika qilish va davolash.

Birgalikda uchraydigan infeksiyalarni profilaktika qilish va davolash uchun preparatlarni davolash protokollariga muvofiq xarid qilish.

OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan shaxslarning hayotini uzaytirish va sifatini yaxshilash, oʻlim darajasini pasaytirish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

828 soʻm
846 soʻm
863 soʻm
880 soʻm

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Saraton kasalligiga qarshi kurash jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

OIV-infeksiyasini profilaktika qilish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan uzluksiz taʼminlash.

Davolash-profilaktika tadbirlarini davolash protokollariga muvofiq oʻtkazish. OIV-infeksiyasi bilan yashayotgan muhtoj shaxslarni retrovirusga qarshi terapiya bilan qamrab olish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

2,661/2,58 AQSH dollari

3,338/2,13 AQSH dollari

6,137/1,1

AQSH dollari

8,535

AQSH dollari

Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari,

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

11.

Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar bilan zararlanish xavfi yuqori boʻlgan va OIV-infeksiyasini yuqtirgan shaxslar oʻrtasida profilaktika tadbirlarini oʻtkazish va sindrom davolashni amalga oshirish maqsadida 15 ta “Doʻstona kabinetlar” uzluksiz ishlab turishini taʼminlash va ularga psixologik yordam koʻrsatish.

Zarur tibbiyot preparatlari va buyumlari bilan taʼminlash

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

130,6 soʻm

142 soʻm

153,8 soʻm

165,6 soʻm

Mahalliy budjet mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash

12.

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi ixtisoslashtirilgan infeksion shifoxona hududida 40 koykali qoʻshimcha binoni qurish va uni zarur tibbiyot uskunalari bilan jihozlash;

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi huzuridagi klinika hududida reanimatsiya, diagnostika boʻlimlari va markaziy omborxonani qurish;

Jizzax, Qashqadaryo, Namangan va Xorazm viloyatlarida OITSga qarshi kurashish markazlari uchun binolar qurish;

Respublika OITSga qarshi kurashish markazining binolarini rekonstruksiya qilib, mukammal taʼmirlash;

Andijon viloyatining Buloqboshi, Qoʻrgʻontepa va Shahrixon tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida, Toshkent viloyatining Bekobod va Angren shaharlari, Oqqoʻrgʻon, Chinoz, Yangiyoʻl, Oʻrtachirchiq tumanlarida binolarni rekonstruksiya qilib mukammal taʼmirlash, OIV-infeksiyasini diagnostika qilish boʻyicha tumanlararo laboratoriyalar uchun alohida xonalar ajratish orqali aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun zarur sharoitlarni yaratish va uning sifatini oshirish.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash.

Rekonstruksiya va qurilish ishlarini amalga oshirish. Tibbiyot uskunalarini xarid qilish va ular bilan jihozlash.

2021-yil

2020-yil

2020 — 2022-yillar

2020 — 2022-yillar

2020 — 2022-yillar

7000 soʻm

5500 soʻm

16400 soʻm

1000 soʻm

4000 soʻm

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Laboratoriyalarni 3-4-avlodga mansub test-sistemalar bilan taʼminlash.

Talab-ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirishga buyurtmanoma tayyorlash. Test-sistemalarni xarid qilish va taqsimlash.

Aholini OIV-infeksiyasi sinov tekshirishlariga qamrab olishni oshirish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

8 000 soʻm

8 000 soʻm

8 000 soʻm

8 000 soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi

14.

Laboratoriyalarni OIV-infeksiyasi diagnostikasi uchun immunoblotlar bilan hamdaOIV-infeksiyasini davolashni monitoring qilish uchun reagentlar (SD 4, PSR) bilan taʼminlash.

Moliyalashtirish ehtiyojlarini aniqlash, unga buyurtmanomalar tayyorlash. Test-sistemalar, reagentlar xarid qilish va taqsimlash.

Diagnostika sifatini oshirish. OIV-infeksiyasini davolash samaradorligini monitoring qilish.

2019-yil

2020-yil

2021-yil

2022-yil

0,726/0,37

AQSH dollari

0,795/0,39

AQSH dollari

0,884/0,39

AQSH dollari

1,363AQSH dollari

Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi

15.

OITSga qarshi kurashish boʻyicha markazlarning avtomobil parkini yangilash.

Buyurtmanoma tayyorlash va avtotransport xarid qilish.

2019-yil

1 705 soʻm

OITSga qarshi kurashish boʻyicha markazlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,“Oʻzavtosanoat” AJ

IV. Tibbiyot muassasalarining kadrlar va ilmiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

16.

OIV-infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash boʻyicha tibbiyot xodimlari malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

17.

OIV-infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash sohasida ilmiy-tadqiqotlarning dolzarb yoʻnalishlari roʻyxatini ishlash chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

18.

Xalqaro va xorijiy turdosh ilmiy-amaliy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, mazkur yoʻnalishda tajriba almashishni tashkillashtirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019 — 2022-yillar

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi, TIV

V. Aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV-infeksiyasini profilaktika qilish boʻyicha axborot-maʼrifiy ishlarni kengaytirish

19.

Aholi orasida OIV-infeksiyasini profilaktika qilish, OIV-infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarga psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini oʻtkazish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlariga grantlar ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2019-yil

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi

20.

OIV-infeksiyasi yuqish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar orasida profilaktika tadbirlarini oʻtkazish maqsadida “Ishonch kabinetlari”ning uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash.

“Ishonch kabinetlari”ning faoliyat yuritishi uchun alohida shtat birlik-larini ajratgan holda ularni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining, OITSga qarshi kurashish markazlari-ning tuzilmasiga kiritish.

Zarur tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash.

Aholining muhtoj guruhlarini OIV-infeksiyasi test tekshirishlariga qamrab olishni kengaytirish.

Xavf-xatar guruhlari orasida OIV-infeksiyasini barvaqt aniqlash va OIV-infeksiyasini yuqtirib olish xavfi yuqori boʻlgan guruhlar orasida OIV-infeksiyasi tarqalishining oldini olish.

2019-yil
2020-yil
2021-yil
2022-yil

3 900 soʻm/
1,16 AQSH dollari

3 900 soʻm/
1,16 AQSH dollari

3 900 soʻm/
1,16 AQSH dollari

12 900

soʻm

Davlat budjeti/ OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari, Davlat budjeti mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,Moliya vazirligi

21.

Milliy qadriyatlar va anʼanalarni inobatga olgan holda aholi, ayniqsa yoshlar orasida OIV-infeksiyasining profilaktikasiga bagʻishlangan hujjatli filmlar namoyish etish, teatr tomoshalarini tashkil qilish.

OIV-infeksiyasining profilaktikasiga bagʻishlagan teatr tomoshalari, hujjatli filmlar ssenariylarini ishlab chiqish.

Turli telekanallarda hujjatli filmlarni muntazam suratda namoyish etish va teatrlarda spektakllar koʻrsatish

2018-yil noyabr-dekabr

-

-

“Oʻzbekkino” MA, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, MTRK,

Madaniyat vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

22.

OIV-infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan koʻrgazmali plakatlar va bukletlarni tayyorlash

Tibbiyot muassasalari hamda boshqa muassasalarda koʻrgazmali plakatlar va bukletlarni tarqatish.

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

OIV-infeksiyasi profilaktikasiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni ishlab chiqish.

4 yoʻnalish: diagnostika, profilaktika, davolash va psixologik ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ijtimoiy videoroliklar ssenariylarini ishlab chiqish.

Ijtimoiy videoroliklarni suratga olish hamda ularning milliy va hududiy telekanallarda koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish.

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

“Oʻzbekkino” MA,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

MTRK,

Madaniyat vazirligi

24.

Ommabop milliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali OIV-infeksiyasining profilaktikasi boʻyicha aholi bilan muloqot oʻrnatish va axborot tarqatish.

Axborot tayyorlash hamda uni ommabop milliy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish.

Aholidan kelib tushadigan savollarga ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot darchasi yoʻli bilan javob qaytargan holda, OIV-infeksiyasining profilaktikasi chora-tadbirlarini yoritish

2018-yil
1-oktabrgacha

-

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


Chora-tadbirlar kompleksida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadigan yakuniy xarajatlar:

103,222 mlrd soʻm va 34,879 mln AQSH dollari

shulardan:

mlrd soʻm

mln AQSH doll.

zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

67,617

24,439

Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari

33,9

OITSga, bezgakka va sil kasalligigaqarshi kurashish Global jamgʻarmasi mablagʻlari

10,44

OITSga qarshi kurashish markazlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

1,705

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2018-y., 07/18/3800/1382-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)