Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1 — 11-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat arxivlari va uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli belgilanadigan davlat arxivlari xodimlari lavozimlari roʻyxati 12-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 13-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari hamda shartlarini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda:
davlat arxivlarining yangilangan namunaviy shtatlarini;
Davlat arxivlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda — Davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislariga malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
ikki oy muddatda — Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat arxivlarini mehnatga haq toʻlash guruhlariga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
davlat madaniyat muassasalarining ijodiy (artist) xodimlari va mutaxassislarini uch oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazsin hamda ularga faoliyat natijalarini baholash asosida malaka toifalari berilishini taʼminlasin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 14-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Muzeylar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 5-martdagi 98-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori)” 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 19-iyun,
458-son
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga
13-ILOVA
13-ILOVA
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi va shartlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi:
axborot-resurs markazlari, kutubxonalar, oʻquv teatrlari, teatr-studiyalar, taʼlim muassasalarining studiyalari va muzeylari, shuningdek, idoraviy kutubxonalar va arxivlar xodimlari;
davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining texnik hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu qarorga 1 — 11-ilovalarda* qayd etilmagan davlat madaniyat muassasalarining ayrim xodimlari mehnatiga haq toʻlash uchun tatbiq etilmaydi, ularning mehnatiga haq toʻlash razryadlari ushbu muassasalarga mehnatga haq toʻlash boʻyicha berilgan guruh hisobga olingan holda Yagona tarif setkasi boʻyicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
teatrlar, teatr-studiyalar, sirklar, saroylar, konsert tashkilotlari, shu jumladan, musiqali va raqs jamoalari;
muzeylar, muzey qoʻriqxonalar, uy muzeylar, davlat tarix va madaniyat muzeylari, kartina va fotogalereyalar, koʻrgazma faoliyati bilan shugʻullanadigan tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
koʻzi ojizlar uchun kutubxonalar va axborot-resurs markazlari, axborot-kutubxona markazlari, madaniyat markazlari, shu jumladan, xalq teatrlari, havaskorlik jamoalari;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
zooparklar, shuningdek, boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar davlat madaniyat muassasalari hisoblanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining tashkiliy tuzilmasiga kiradigan arxivlar davlat arxivlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining ish haqi bazaviy lavozim maoshlari, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik taqdirlash puli, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari:
Keyingi tahrirga qarang.
mehnatga haq toʻlash boʻyicha har bir lavozim uchun belgilanadigan bazaviy lavozim maoshlari;
xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari:
Keyingi tahrirga qarang.
mehnatiga haq toʻlash boʻyicha davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiritilgan guruhga;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimning lavozimi va malaka toifasiga bogʻliq holda tabaqalashtiriladi.
8. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarini mehnatiga haq toʻlash guruhlariga kiritish va ushbu muassasalar xodimlariga malaka toifalarini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi:
xodim davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivida boshqa lavozimga oʻtkazilganda;
mehnatiga haq toʻlash boʻyicha davlat madaniyat muassasasi va davlat arxivi kiradigan guruh oʻzgartirilganda;
xodimning malaka toifasi oʻzgartirilganda (oshirilganda yoki pasaytirilganda);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda oʻzgartiriladi.
Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining bazaviy lavozim maoshi miqdorining oʻzgartirilishi tegishli muassasa rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilganda davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Madaniyat vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining buyrugʻiga asosan tegishli miqdorgacha oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
12. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlarining xodimlari davlat madaniyat muassasalari hamda davlat arxivlarida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tashkil etiladigan maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moddiy ragʻbatlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlariga ustamalar, va qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash, shuningdek, uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun mukofotlash shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Ushbu Nizomda qayd etilgan davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻriligi uchun javobgarlik tegishli muassasalar rahbarlari hamda bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga
14-ILOVA
14-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
2. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari
ROʻYXATI
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi
Toshkent shahri
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbekiston davlat qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi
“Diydor” rejissorlik va aktyorlik mahorati teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
Oʻzbekiston orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasi
“Oʻzbekiston davlat sirki”davlat birlashmasi
Toshkent zoologiya parki
“Xalqlar doʻstligi” saroyi
“Turkiston” sanʼat saroyi
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand zoologiya bogʻi
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Termiz zoologiya parki
“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali
Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Fargʻona zoologiya bogʻi
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari”.
3. 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati”
I. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari
1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning oʻrinbosari (direktor oʻrinbosari), menejer
2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh maʼmur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi
3. Sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi
4. Boʻlim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri
II. Badiiy-rahbar xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom
3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri
III. Badiiy xodimlar
1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom
2. Modelyer rassom, bezakchi rassom, chiroq boʻyicha rassom, qoʻgʻirchoqshunos, oʻyinchoq-qoʻgʻirchoqlar bezatuvchisi, dekorator
3. Dirijor, xormeyster, baletmeyster
4. Vokal sinfi boʻyicha konsertmeyster, balet sinfi boʻyicha konsertmeyster
5. Balet repetitori, vokal repetitori, sirk nomerlari repetitori
6. Rejissor, rejissor yordamchisi
7. Xormeyster yordamchisi, dirijor yordamchisi, baletmeyster yordamchisi
8. Ovoz rejissori, ovoz operatori
9. Tashkilotchi pedagog (repetitor), manej inspektori
IV. Artist xodimlar
1. Yetakchi sahna ustasi
2. Barcha toifalardagi balet artisti
3. Barcha toifalardagi artist-vokalchi (yakkaxon xonanda)
4. Barcha toifalardagi xor artisti
5. Barcha toifalardagi (simfoniya, kamer) orkestr artisti
6. Barcha toifadalargi drama artisti
7. Barcha toifalardagi instrumental artist
8. Barcha toifalardagi barcha janrlardagi sirk artisti
9. Yordamchi tarkib artisti
V. Mutaxassislar
1. Barcha toifadagi buxgalter, iqtisodchilar
2. Muhandis
3. Barcha nomdagi mutaxassislar
4. Matbuot kotibi, maʼmur, assistent, kadrlar boʻyicha inspektor
5. Vrach, veterinar vrach (feldsher), bioximik vrach, toksikolog vrach, laborant
6. Barcha toifalardagi agronomlar va zootexniklar
7. Barcha toifalardagi ilmiy xodimlar va metodistlar
8. Fondlarni saqlovchilar
9. Barcha toifalarlardagi kutubxonachilar, bibliograflar, veb-dasturchilar va ekskursovodlar
VI. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar
1. Butafor, grimchi-postijer, kostumchi, uniformist
2. Poyabzalchi, tikuvchi, bichuvchi, kassir, chiptachi-kassir, musiqa asboblarini sozlovchi
3. Sahna mashinisti, sahna montajchisi, yorituvchi, kutubxonachi (nota boʻyicha)
4. Otlar murabbiylari
5. Yirtqich hayvonlar va hayvonlarga qarovchi ishchi
VII. Taʼlim muassasalari
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti va uning filiallari, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari tarkibi;
2. Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari
* Ushbu tashkilotlarga kiradigan jamoalar uchun uzoq muddat uzluksiz xizmati davri jamoa xodimlarining Madaniyat vazirligi tizimidagi umumiy ish stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi”.