Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini takomillashtirish hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-sonli qaroriga muvofiq hamda zamonaviy talablarni hisobga olgan holda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutining moddiy-texnika bazalarini mustahkamlashni taʼminlash maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 8-maydagi PQ-3702-sonli qaroriga muvofiq Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibidan chiqarildi.
2. Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga topshirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi va “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJning:
Keyingi tahrirga qarang.
a) tegishli hududi bilan birgalikda, avval Toshkent arxitektura-qurilish institutiga topshirilgan, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11 manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlarni tezkor boshqaruv huquqi bilan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga;
b) tegishli hududi bilan birgalikda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9-uy manzili boʻyicha joylashgan Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini;
tegishli hududi bilan birgalikda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9a-uy manzili boʻyicha joylashgan “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJ binolarini tezkor boshqarish huquqi bilan Toshkent arxitektura-qurilish institutiga;
Belgilansinki, Toshkent Telekommunikatsiya texnologiyalari kasb-hunar kolleji oʻquvchilari Toshkent arxitektura-qurilish institutiga topshirilgan binoda oʻqishlarini taʼlim toʻliq tugallangunga qadar davom ettiradilar;
v) Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Navnihol koʻchasi, 7-uy manzili boʻyicha joylashgan Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJga mulk huquqi bilan topshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9a-uy manzili boʻyicha joylashgan bino va inshootlarni “O`zbeko`quvavtomatika” MCHJga topshirishdan oldin naveslar va boshqa qurilmalarni demontaj qilish va olib chiqib ketish huquqi beriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan bino va inshootlarni topshirish-qabul qilish, shuningdek, ulardan keyinchalik samarali foydalanishni taʼminlasin.
5. Quyidagilar:
a) Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv-4 massivi, 11-uy manzili boʻyicha joylashgan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Toshkentsuvqurilishinvest” Davlat unitar korxonasi — buyurtmachi etib;
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzagrosanoatloyiha” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi savdo tanlovlari natijalari boʻyicha;
b) Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha:
Toshkent shahar hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
“Tashgiprogor” AJ — bosh loyiha tashkiloti etib;
bosh pudratchi tashkilot — belgilangan tartibdagi savdo tanlovlari natijalari boʻyicha belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi:
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutiga — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida;
Toshkent arxitektura-qurilish institutiga — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2018-yilda binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish va qurish uchun kapital qoʻyilmalar limitlarini ajratsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 2019-yil uchun Rivojlantirish davlat dasturini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish uchun tegishli kapital qoʻyilmalarni nazarda tutsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyun,
PQ-3789-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi PQ-3789-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3672-sonli qarorining 1-ilovasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining
TASHKILIY TUZILMASI
TASHKILIY TUZILMASI
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi” Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3699-sonli qarori 10-bandining ikkinchi xatboshidagi 9896 raqami 2561 raqami bilan almashtirilsin, “Suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 07/18/3789/1373-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 06/22/167/0619-son)