Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.09.2024 31.12.2001 yildagi 492-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.09.2024
Hujjat 31.12.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish va koʻchmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni hisobga olish hamda ularga egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 21-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan sxema boʻyicha berilgan kadastr raqamlari haqiqiy deb hisoblanadi va koʻchmas mulk boʻyicha operatsiyalarning amalga oshirilishiga koʻra yangi raqamlar bilan almashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarga mulk huquqida tegishli boʻlgan binolar va inshootlar boʻyicha roʻyxatga olish baholash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida” 1998-yil 21-yanvardagi 35-son qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.Y. Atayev va T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
492-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 31-dekabrdagi 492-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarga egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga kadastr raqamlarini shakllantirish va berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish tarkibi va prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish koʻchmas mulkni hisobga olishning yagona tizimini yaratish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarga kadastr raqamlari berish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr boʻyicha boʻlish va kadastr raqami berish tizimi koʻchmas mulkni hisobga olishning yagona tizimida har qanday yer uchastkalari, binolar va inshootlarni bir xilda identifikatsiyalashni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, viloyatga boʻysunuvchi shaharlar, kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari, yer uchastkalari Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish birliklari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mintaqalar, tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar darajasida kadastr boʻyicha boʻlish chegaralari maʼmuriy boʻlinish chegaralariga toʻgʻri keladi. Tegishli ravishda maʼmuriy tuman (viloyatga boʻysunuvchi shahar) hududi kadastr zonalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy tuman hududini boʻlishda qishloqlar, ovullar va tumanga boʻysunuvchi shaharlar (shaharchalar); viloyatga boʻysunuvchi shaharlar hududini boʻlishda shahar tumanlari (mavjud boʻlsa) yoki turli (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi kabi) belgilari boʻyicha ajralib turadigan shaharlar qismlari, masalan: sanoat zonasi, turar joy massivlari, bogʻ va dam olish zonalari kabilar kadastr zonalari sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr zonalari chegaralari kadastr massivlarining tashqi chegaralari tegishli geodeziya koordinatlariga ega boʻlgan chegara burilishining birkitilgan nuqtalari boʻylab yoki tabiiy chegaralar (daryolar, temir yoʻllar, magistral kanallar, kollektorlar, boshqa muntazam obyektlar) boʻylab oʻtishi kerak. Kadastr zonalari maʼmuriy tuman yoki shahar hududini uzilishlarsiz va kesib oʻtishuvlarsiz qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kadastr zonasi hududi kadastr massivlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq, ovul kadastr zonasi hisoblangan hollarda qishloq aholi punktlari, qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivlari kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman boʻysunishidagi shahar (shaharcha), shahar tumani yoki shaharning bir qismi kadastr zonasi hisoblangan hollarda mahalla kadastr massivlari sifatida qabul qilinadi, bunda kadastr massivlari chegarasi kadastr mavzelarining tashqi chegaralari boʻylab oʻtishi va aholi punktlarining koʻchalari yoki tashqi chegaralari bilan mos kelishi kerak. Kadastr massivlari kadastr zonasi hududini uzilishlarsiz va kesib oʻtishuvlarsiz qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kadastr massivi hududi kadastr mavzelariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq aholi punkti yoki mahalla kadastr massivi hisoblangan hollarda shakllangan rejalashtirish, imoratlarning qizil chiziqlari, mavjud muntazam obyektlar (koʻchalar, yoʻllar, daryolar, suv oqimlari, koʻtarma koʻpriklar va boshqalar), boshqa tabiiy chegaralar hisobga olingan holda har xil belgilar (tabiiy, imoratning qurilishi xususiyati, foydalanish maqsadi va hokazolar) boʻyicha ajralib turadigan yer uchastkalarining jami sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi maqsadidagi va boshqa maqsaddagi yer massivi kadastr massivi hisoblangan hollarda bogʻdorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkati, qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki boshqa korxona va yirik obyektlar kadastr mavzesi sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr mavzelari kadastr massivi hududini uzilishlarsiz va kesib oʻtishuvlarsiz qoplashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkalari kadastr boʻyicha boʻlishning va ajratish tartibida ajratilgan yerni hisobga olishning birlamchi birligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan yuridik va jismoniy shaxslarga biriktirilmagan umumiy foydalaniladigan koʻchalar, maydonlar, koʻkalamzorlashtirilgan zonalar, yodgorlik komplekslari, qabristonlar, shahar axlatxonalari, shahar qurilishi uchun ajratiladigan zaxira yerlar va boshqa yerlarga boʻlinadigan kadastr boʻyicha hisobga olish uchastkalari yerni kadastr boʻyicha boʻlish va hisobga olish birligi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar (shahar tumanlaridan tashqari) doirasida hududlarni kadastr boʻyicha boʻlish mazkur Nizomga muvofiq yer resurslari boshqarmalari tomonidan, shaharlar va aholi punktlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kadastr boʻyicha boʻlish materiallari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yer uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining tarkibi va ularni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yer uchastkalari, binolar va inshootlarni Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiyalash tizimi yagona prinsip boʻyicha quriladi, unga yer uchastkasining kadastr raqami asos qilib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadastr raqami yer uchastkasi, bino, inshootga tegishli Oʻzbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan raqamdir, u qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda uni shakllantirishda beriladi va u roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud boʻlguniga qadar saqlanib qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kadastr boʻyicha raqamlash tizimi yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini identifikatsiyalash va hisobga olishning yagona tizimiga integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar yer uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)ning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa tarkibidagi maʼmuriy tuman yoki viloyat boʻysunishidagi shaharning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr zonasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr massivi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr mavzesi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino, inshootning raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino, inshoot bir qismining raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VV — mintaqa tarkibidagi maʼmuriy-hududiy tuzilma (maʼmuriy tuman, viloyat boʻysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YEYE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi toʻrt razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi toʻrt razryadli oʻnli son;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli oʻnli son.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kadastr zonalari, massivlari va mavzelarini kadastr boʻyicha boʻlish va shakllantirish vaqtida ularning chegaralari, odatda, shaharlar, shahar tumanlari, qishloqlar, ovullarning maʼmuriy chegaralariga toʻgʻri keladi. Keyinchalik, maʼmuriy chegaralar oʻzgarganda, kadastr boʻyicha boʻlinish sxemasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer uchastkasining kadastr raqamini shakllantirish yer uchastkasi koʻchmas mulk obyekti sifatida shakllantirilgan va uning chegaralari tuman (shahar) navbatchi indeksli kadastr xaritasi (rejasi)ga kiritilganidan keyin boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yer uchastkalariga kadastr raqamlari berish yer uchastkalariga egalik qilish huquqlari davlat roʻyxatidan shahar va shaharchalarda oʻtkazilgan hollarda koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining qolgan hududlari boʻyicha yer resurslari tuman xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noturarjoy binolar va inshootlarga, binolar, inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari mazkur obyektlarga egalik qilish huquqlarini koʻchmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy binolari va inshootlarga, binolar, inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari tegishli yer uchastkalariga berilgan kadastr raqamlariga asosan, mazkur obyektlarga egalik qilish huquqlari kadastr texnik roʻyxatga olish byurolari tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bino, inshootning bir qismi deb bino, inshootning muayyan sathda joylashgan, asosiy bino, inshootdan farqlanuvchi huquqiy maqomga (xonadon, bino yoki bino, inshootning boshqa alohida qismi) ega boʻlgan alohida qismi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bino, inshootning kadastr raqami binolar va inshootlarning yer uchastkasi chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bino, inshootlar bir qismining kadastr raqami asosiy bino, inshoot chegarasidagi navbatdagi tartib raqami sifatida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yangidan suratga olish (tuzatishlar kiritish), roʻyxatga olish, yangi kadastr xarita (reja)larini tayyorlash vaqtida yer uchastkasi, bino va inshootning (ularning bir qismidan tashqari) kadastr raqamini tashkil etuvchi majburiy elementlari oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga oʻtishi va (yoki) huquq turining oʻzgarishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari bilan, mavjud chegaralarning oʻzgarishi va yangi uchastka(lar)ning shakllantirilishi bilan bogʻliq ravishda mazkur uchastkani boʻlish yoki uning boshqa(lari)si bilan qoʻshilib ketishini keltirib chiqaruvchi operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularga belgilangan tartibda yangi kadastr raqamlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari berilgan kadastr raqamlari yoʻqotilgan hisoblanadi va ulardan qayta foydalanilishi mumkin emas.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 22-24-son, 161-modda; 2004-y., 42-son, 446-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)