12.06.2018 yildagi PQ-3785-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.06.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davr mobaynida tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzish va nikohdan ajralish kabi muhim voqea va faktlarni qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (keyingi oʻrinlarda FHDY deb yuritiladi) organlari tizimini takomillashtirish boʻyicha izchil va tizimli ish olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ishlarning holati aholiga har tomonlama va sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha samarali mexanizmlar yaratilishiga toʻsqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar borligidan dalolat bermoqda. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, FHDY organlarining maqomini, vazifa va vakolatlarini belgilab beradigan maxsus qonun mavjud emas, shuningdek, mazkur sohadagi vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining asosiy vazifa va funksiyalari aniq chegaralanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, FHDY organlari faoliyatiga zamonaviy innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning past darajadaligi, qogʻoz hujjatlar aylanmasining saqlanib qolgan andozalari asossiz moliyaviy xarajatlarga, fuqarolarning koʻp vaqt kutib qolishi hamda navbatlar yuzaga kelishiga, oqibatda, ayrim hollarda korrupsiya va byurokratiya holatlariga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, FHDY organlari va ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, vasiylik va homiylik, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda taʼlim muassasalari oʻrtasidagi idoralararo elektron hamkorlikning yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganligi tugʻilish va oʻlimni soʻzsiz va oʻz vaqtida qayd qilish, shuningdek, tegishli qayd etilmasdan nikoh tuzilishi va ajralishlarning oldini olish boʻyicha samarali monitoringni taʼminlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, davlat xizmatlari koʻrsatishning sifati va tezkorligi, FHDY organlari xodimlari tomonidan oʻz funksional vazifalarini lozim darajada bajarilishi ustidan nazorat qilishning samarali mexanizmi, ayniqsa, masofadan nazorat qilish shakllantirilmagan, ular faoliyatini baholashning shaffof tizimi mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish boʻyicha davlat xizmatlarini joylarga chiqib koʻrsatishning keng va tizimli amaliyoti yoʻqligi, olis va borish qiyin boʻlgan tumanlardan FHDY organlariga borish uchun transport xarajatlarining yuqoriligi, aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyati darajasining yetarli emasligi tugʻilgan bolalarning tugʻilish holatining tegishli qayd etilmasdan qolishi xavfini yuzaga keltirmoqda, bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilab qoʻyilgan bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini amalga oshirishga, jumladan bepul tibbiy yordam va taʼlim olishiga taʼsir oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda FHDY organlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish institutini yanada isloh qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — vakolatli organlarda tugʻilish, oʻlim, nikoh tuzish va nikohdan ajralish, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish kabi voqea hamda faktlarni keng qamrovli qayd etish yoʻli bilan fuqarolarning shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — eng muhim yuridik faktlarni qayd etmasdan qoldirish oqibatlariga alohida eʼtibor qaratgan holda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga va jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targʻibot ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — FHDY organlarining oila institutini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va oila ajralishlarining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — FHDY organlari faoliyatida aholiga davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini yengillashtirishga, jumladan, vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga bormasdan xizmatlar koʻrsatilishiga, xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirishga, eksterritoriallik prinsipi asosida arxiv maʼlumotnomalari va axborotini olish imkoniyatini beruvchi fuqarolik holati yagona elektron arxivini shakllantirishga qaratilgan innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — fuqarolik holati yuridik faktlarini aniqlash va ularni oʻz vaqtida qayd etish borasida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni amalga oshiruvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, vasiylik va homiylik, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi — mazkur sohada byurokratiya va korrupsiya yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish orqali, jumladan, olis joylardagi aholi punktlariga chiqqan holda (“mobil davlat xizmatlari”) davlat xizmatlari koʻrsatishning maqbul va qulay uslublarini ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi — FHDY organlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida qulaylikni va shaffoflikni taʼminlash, xodimlar tomonidan kasb etikasi qoidalari va funksional vazifalarga amal qilish, fuqarolik holati dalolatnomalarini sifatli va tezkor qayd etish, davlat boji va boshqa toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va undirilishi ustidan nazoratning yangi shakllarini, jumladan, masofaviy nazoratni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi — aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirishni nazarda tutgan holda davlat boji stavkalarini, gerb yigʻimlarini va FHDY organlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmat tariflarini optimallashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–5415-son Farmoniga asosan 2018-yil 1-iyuldan boshlab FHDY organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik taʼminlash, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish, FHDYning hududiy arxivlariga rahbarlik boʻyicha vazifalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi zimmasiga yuklatilgan holda, FHDY organlari tumanlar (shaharlar) hokimiyatlari tasarrufiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Majburiyatlarni muvofiq taqsimlash va javobgarlik sohalariga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimlari FHDY boʻlimlari va nikoh uylari (keyingi oʻrinlarda — FHDY boʻlimlari) faoliyati, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ular xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimlarining oʻrinbosarlari — tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitalari raislari oilani mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, tugʻilish va nikohni oʻz vaqtida qayd etish, targʻibot va maʼrifat boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishga shaxsan masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining direktori FHDY boʻlimlarida huquqni qoʻllash amaliyotini samarali muvofiqlashtirish, faoliyatini metodik taʼminlash, “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini texnik taʼminlash va yuritish, shuningdek, FHDY arxivlariga rahbarlik qilishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) FHDY boʻlimlari mudirlari qayd qilinayotgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining qonuniyligi uchun shaxsan masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2018-yilning 1-iyulidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh shartnomasini va aliment toʻlash haqida kelishuvni notarial tasdiqlaganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar tomonidan otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tugʻilganligi, shuningdek, tugʻilgan vaqti faktlarini aniqlash toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrganlik uchun davlat boji undirilishi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. FHDY organlarini, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalarini va fuqarolar yigʻinlarini qatʼiy hisobda turuvchi gerbli guvohnomalar blankalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan taʼminlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yilning 1-iyulidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining maxsus gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga gerb yigʻimidan tushadigan mablagʻlarning 40 foizi, shuningdek, FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatiladigan pullik xizmatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus tashkil qilinadigan gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi va faqat FHDY boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tadbirlari, xodimlarining uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq toʻlash va martaba darajalari uchun qoʻshimchalariga, shuningdek, ularni moddiy ragʻbatlantirishga (lavozim maoshining va mukofotlarning 100 foizi miqdorigacha shaxsiy ustamalar) ishlatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus tashkil qilinadigan gʻaznachilik shaxsiy hisobvaragʻiga yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-yanvaridan boshlab FHDY organlari bilan tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashishni yoʻlga qoʻyish, shuningdek tugʻilish va oʻlim haqida yagona noyob kodli unifikatsiyalangan elektron maʼlumotnoma berishning yagona tartibini joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-yanvarga qadar fertil yoshidagi ayollarni hisobga olish va homiladorlikning erta bosqichidan chaqaloq tugʻilguniga qadar hisobini olib borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish hamda uni “FHDY yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2018-yil 1-iyulga qadar FHDY boʻlimlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlar qismini hamda ularga tegishli jihozlar, inventarlar, hujjatlar va boshqa mulklarning belgilangan tartibda tumanlar (shaharlar) hokimliklariga berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlari tomonidan foydalanilayotgan bino va inshootlarning bir qismi oʻz maqsadlarida foydalanish uchun adliya organlarida saqlanib qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) hokimiyatlariga berilgan FHDY boʻlimlarining bino va inshootlaridan keyinchalik boshqa maqsadlarda foydalanish hamda ularni begonalashtirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qayd etilmagan tugʻilganlik, oʻlim holatlarini aniqlash va keyinchalik ularni FHDY organlarida qayd etilishini taʼminlash boʻyicha tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligida 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda hududiy komissiyalar tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy komissiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-iyuliga qadar qayd etilmagan tugʻilganlik, oʻlim holatlarini aniqlash nuqtai nazaridan toʻliq xatlovdan oʻtkazsin, uning natijasida tugʻilganlik, oʻlim holatlarining qonun hujjatlariga muvofiq manzilli qayd etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatida tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud boʻlmagan bolalarni aniqlashga alohida eʼtibor qilsin, bunda “Bironta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tugʻilganlikni qayd etilishi — bola huquqlarini roʻyobga chiqarilishining va fuqarolik boʻlmasligini oldini olishning huquqiy asosidir” degan ezgu gʻoyalarga amal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyinchalik “Yagona elektron FHDY arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilish uchun FHDY organlarida saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini raqamli koʻrinishga oʻtkazilishini, yagona elektron FHDY arxiv fondi shakllantirishni 2022-yil 1-yanvarga qadar tugatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnomalar yozuvlari maʼlumotlarini “Yagona elektron FHDY arxivi” axborot tizimiga kiritish boʻyicha ishlarni bajarish uchun yuridik shaxslar bilan pudrat shartnomalarini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018-yilning 1-sentabridan davlat boji, gerb yigʻimlari va boshqa toʻlovlarni toʻlashda elektron toʻlovlar (billing) mexanizmni toʻlaqonli joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2019-yilning 1-yanvaridan bola tugʻilganligi haqidagi guvohnoma qayd etilishida chaqaloqlarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami berilishini amaliyotga joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2021-yilning 1-iyuliga qadar muddatda fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamli koʻrinishga oʻtkazish, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan skaner qilish qurilmalari, server va boshqa jihozlar hamda ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilarni tasdiqlash haqida qaror qabul qilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organlari hamda FHDY boʻlimlari xodimlarining martaba darajalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY boʻlimlarining martaba darajalariga ega boʻlgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
martaba darajalari uchun sudlar va adliya organlari xodimlarining lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3785-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini FHDY organlari faoliyatiga tatbiq etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. FHDY organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va faoliyat samaradorligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. FHDY organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

I. Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasidagi qonunchilikni
takomillashtirish

1.

“Fuqarolik holati dalolatnomalari toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilar belgilab beriladi:

fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlarning vakolatlari;

tugʻilganlikni qayd etish (otalikni belgilash, farzandlikka olish, nikohni tuzish va bekor qilish, oʻlimni qayd etish) tartibi;

dalolatnoma yozuvlarini tiklash, oʻzgartirish, tuzatish, ularni toʻldirish, familiyasi, ismi va ota ismini oʻzgartirish, dalolatnomalar yozuvlarini toʻliq yozish;

takroriy guvohnomalar va boshqa maʼlumotlar, arxiv maʼlumotlarini berish, FHDY organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hamda fuqarolar yigʻinlarining hisobotlari;

idoralararo axborot-elektron hamkorlik tartibi.

Qonun loyihasi

2018-yil oktabr

Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy sud, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish, unda quyidagilarning maʼmuriy javobgarligi nazarda tutiladi:

fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishni qonunga xilof ravishda rad etganlik va qayd etish muddatlarini buzganlik uchun FHDY organlarining mansabdor shaxslari;

tugʻilish va oʻlishni oʻz vaqtida qayd etmaganligi uchun, tugʻilish toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma, oʻlim, shu jumladan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi tibbiy guvohnoma toʻgʻri va aniq toʻldirilishi yuzasidan sogʻliqni saqlash muassasalarining mansabdor shaxslari;

topib olingan (tashlab ketilgan) goʻdakning tugʻilishini qayd etish choralari koʻrilmaganligi uchun vasiylik va homiylik organlarining mansabdor shaxslari, sogʻliqni saqlash muassasalari va goʻdak topshirilgan muassasaning maʼmuriyati maʼmuriy javobgar boʻladilar.

Qonun loyihasi

2018-yil oktabr

Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV, Oliy sud, vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

FHDY organlari xodimlari sonini belgilash mezonlarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnoma-lari maʼlumotlarining yagona elektron bazasi shakllantirilishini hisobga olgan holda FHDY organlarida arxivarius qoʻshimcha shtat birligini joriy etish;

gerbli guvohnomalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydala-nib, faqat bosma harflar bilan toʻldirish tartibini joriy etgan holda ularni qoʻlda yozib toʻldirish talablarini bekor qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018 yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarorini hamda Fuqarolik holati dalolatnoma-larini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani (qayd etish raqami № 2547, 31.12.2013-yil) qayta koʻrib chiqish, ularda quyidagilarni nazarda tutish:

bola tugʻilgan kundan keyin bir yil oʻtgach ota-onalardan birining arizasi asosida uning tugʻilganligini qayd etish;

xorijiy davlatlarning vakolatli muassasalari tomonidan berilgan fuqarolik holatiga oid hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik holatiga oid hujjatlariga almashtirish tartibi;

vafot etgan shaxsning qarindoshlari va manfaatdor shaxslarning arizasi boʻyicha oʻlim toʻgʻrisidagi dalolatnoma yozuviga tuzatish va qoʻshimchalar kiritish;

FHDY organlarining boshqa FHDY organlari va davlat organlari bilan “FHDYning yagona elektron arxivi” tizimi orqali elektron hamkorlik qilish tartib��.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019-yil iyul

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi FHDY arxivlari toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqish:

FHDY arxivining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, faoliyatining tashkil etilishi, huquq va majburiyatlari;

arxiv fondini yuritish, saqlash va ekspluatatsiya qilish tartibi;

arxiv maʼlumotlarini berish, koʻrib chiqish muddatlari.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2019 yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi,zarxiv” agentligi

6.

Aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida FHDY organlari tomonidan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilganligi uchun toʻlanadigan haq miqdorlarini qayta koʻrib chiqish (korrupsiyaga barham berish maqsadida arxiv maʼlumotnomalari va axborotini muddatidan ilgari berganligi uchun oshirilgan miqdorlarda haq undirish).

Adliya vaziri buyrugʻi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

7.

Qayd etilmagan tugʻilganlik, oʻlim holatlarini xatlovdan oʻtkazish va aniqlash hamda ularni keyinchalik FHDY organlarida qayd etish boʻyicha hududiy komissiyalar tarkiblarini tasdiqlash.

Tuman (shahar) hokimi qarori

2018-yil iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sh. hokimliklari, vazirlik va idoralar

II. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
FHDY organlari faoliyatiga tatbiq etish

8.

Fertil yoshdagi ayollarni hisobga olish va homiladorlikni uning erta bosqichlaridan bola tugʻilgunga qadar hisobini yuritish boʻyicha avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish.

Ushbu tizimning “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalashuvini taʼminlash.

Tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

9.

Tugʻilish va oʻlish toʻgʻrisida fuqarolik holati dalolatnomalarini oʻz vaqtida qayd etish maqsadida axborotni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun FHDY, ichki ishlar va sogʻliqni saqlash organlarining elektron tizimlarini integratsiyalash

Tadbirlar rejasi

2018-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

10.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish maqsadida FHDY organlari oʻrtasida soʻrovlarni joʻnatish va ularga oʻz vaqtida javob olish uchun “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini takomillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil sentabr

Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimi yaratilgan paytdan (XIX asr) boshlab hozirgi vaqtgacha saqlanayotgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini (dastlabki maʼlumotlarga koʻra 60 milliondan koʻproq yozuvlar) raqamlashtirish hamda FHDYning yagona elektron arxiv fondini shakllantirish, uni “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiyalash.

Tadbirlarni tashkillash-tirish

Raqamlashti-rish va integratsiya-lashni yakunlash

2018-yil avgust

2021-yil dekabr

Adliya vazirligi

12.

Elektron toʻlov tizimi orqali davlat boji, davlat yigʻimlari va boshqa toʻlovlarning elektron (mobil) toʻlovi imkoniyatlarini kengaytirish

Tadbirlar rejasi

2018-yil sentabr

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

13.

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali nikohni qayd etishga ariza berish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish

Tadbirlar rejasi

2019-yil yanvar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi

14.

Tugʻilish, oʻlish, nikoh, ajralish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tezkorlik bilan ayirboshlash uchun FHDY, sogʻliqni saqlash va davlat statistika organlarining elektron tizimlarini integratsiyalash

Tadbirlar rejasi

2018-yil sentabr

Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi

III. FHDY organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash
va faoliyat samaradorligini taʼminlash

15.

FHDY boʻlimlari tuman (shahar) hokimliklari ixtiyoriga oʻtishi munosabati bilan FHDY boʻlimlarining mudirlarini attestatsiyadan oʻtkazish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Psixologik fanlar va yuridik faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa fan va koʻnikmalar (stressni boshqarish, ixtiloflarni boshqarish, ish vaqtini samarali tashkil etish)ga oʻqitib-oʻrgatish boʻyicha fanlar joriy etilishini nazarda tutgan holda FHDY organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini qayta koʻrib chiqish.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil iyul

Adliya vazirligi

17.

FHDY organlari uchun yagona logotipni tasdiqlash.

Qoʻshma qaror

2018-yildekabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi

18.

FHDY organlari xodimlarining yagona forma libosiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.

Qoʻshma qaror

2018-yil dekabr

Xotin-qizlar qoʻmitasi, Adliya vazirligi

IV. FHDY organlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

19.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimining ish samaradorligini va tezkorligini oshirish maqsadida fuqarolik holati dalolatnomalarini raqamlashtirish, idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish uchun zarur boʻlgan skanerlash qurilmalari, server va boshqa uskunalarni, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlarni xarid qilish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil sentabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi

20.

Buxoro shahrida nikoh uyi, Shoʻrchi, Sayxunobod tumanlarida va Olmaliq shahrida FHDY boʻlimlari qurilishini tugallash

Tadbirlar kompleksi

Belgilangan muddatlarda

Adliya vazirligi

21.

Doʻstlik va Mirzachoʻl tumanlarining adliya boʻlimlarini, davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlarini joylashtirish uchun binolar, shuningdek, Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga zamonaviy kutubxona binosini qurish, bunda, istisno tariqasida, 2018-yilning 1-sentabriga qadar qurilish-montaj ishlarini ayni vaqtda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan birgalikda olib borishga ruxsat etiladi va obyektlar qurilishi doirasida Jizzax viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib; “ASILBEK POWER PROJECT” MCHJ — bosh loyiha tashkiloti etib; “Yangi Avlod Qurilish Invest” MCHJ — bosh pudrat tashkiloti etib tayinlandi.

Tadbirlar kompleksi

2018-yil sentabr

Jizzax viloyati hokimligi, Adliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyundagi PQ-3785-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilmagan tugʻilganlik, oʻlim holatlarini aniqlash boʻyicha hududiy komissiyalarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman (shahar) hokimi — komissiya rahbari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari — tuman (shahar) xotin-qizlar qoʻmitasi raisi — komissiya rahbari oʻrinbosari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar) boʻyicha Xalq qabulxonasi mudiri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (tuman, shahar) sudi raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman (shahar) prokurori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi bosh vrachi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman (shahar) statistika boʻlimi boshligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oila” markazi tuman (shahar) boʻlimining rahbari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman (shahar) bosh imom-xatibi (kelishuv boʻyicha)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari (kelishuv boʻyicha)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmasining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tuman (shahar) FHDY boʻlimining mudiri — komissiya kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tegishli hududdagi fuqarolar yigʻinlari raislari ham komissiya tarkibiga kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2018-y., 07/18/3785/1346-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)