Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3022]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3385, 09.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi v.v.b. T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 8-iyun,
20/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) doirasida AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (bundan buyon matnda tijorat banklari deb yuritiladi) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
dastur koordinatorlari — Qarorga asosan dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish maqsadida belgilangan masʼul shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, viloyat iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda Hududiy markazlar deb yuritiladi);
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi boʻlimi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda tuman (shahar) markazlari deb yuritiladi);
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
kredit liniyasi — tijorat banklari bilan dastur doirasida resurs ajratuvchi moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga (Bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari;
qarz oluvchilar — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari;
Oldingi tahrirga qarang.
mikrokreditlar — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdorda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kreditlar dastur doirasidagi resurslar hisobidan ajratiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Dastur doirasida kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dastur doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kreditlar tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladi.
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
5. Mazkur kreditlar bank balansida alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
6. Kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
7. Kreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilikni amalga oshirish;
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti;
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun ajratilmaydi.
8. Mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi.
9. Kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq oʻzini oʻzi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
3-bob. Kreditlarni rasmiylashtirish
11. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
pasport nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari (bundan buyon matnda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash boʻyicha tavsiyanoma.
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash boʻyicha tavsiyanomasi qabul qilinadi.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi.
13. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ariza;
biznes-reja,
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno.
14. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi:
uchinchi shaxs kafilligi;
sugʻurta polislari;
kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar;
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) kafilligi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 15-fevraldagi 3/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-4, 27.02.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2020-y., 10/20/3022-4/0218-son)
qonun hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Tijorat banklari oʻzlarining ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlarini talab qilmasdan bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Bunda bankka qarz oluvchi tomonidan muayyan daromadga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi, bank tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatari sugʻurta qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Dastur koordinatorlari xulosasi asosida kreditlar ajratish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga (bundan buyon matnda samarali loyihalar deb yuritiladi) dastur doirasidagi resurslar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan ortiq miqdorda kredit ajratilishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Samarali loyihalar tegishli tuman (shahar) markazlari tomonidan tanlab olinadi va ushbu loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan holda kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa tuman (shahar) markazlarining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tuman (shahar) markazlarining samarali loyihani amalga oshirish boʻyicha xulosasi Hududiy markazlarga kredit ajratish uchun qaror qabul qilishga taqdim etiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Hududiy markazlar tuman (shahar) markazlarining xulosasi asosida qaror qabul qilishdan oldin, samarali loyihani joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil oʻrganishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Hududiy markazlar tomonidan samarali loyihani kreditlash boʻyicha qaror qabul qilishda quyidagilar asoslantirilishi zarur:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
samarali loyihaning tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati;
samarali loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirishdagi tajribasi, obroʻsi;
bank orqali amalga oshirgan pul aylanmasi miqdori, debitor va kreditor qarzdorliklari, kredit tarixi;
samarali loyihani amalga oshirish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Hududiy markazlarning samarali loyihani kreditlash boʻyicha qarori dastur koordinatorlariga yakuniy xulosa berish uchun taqdim etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Dastur koordinatorlari samarali loyihani kreditlashga ruxsat berish boʻyicha Hududiy markazlarning qarori asosida yakuniy xulosa chiqaradi va ijobiy xulosa berilgandan soʻng ushbu xulosa tegishli xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim etiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Tijorat banki dastur koordinatorlarining samarali loyihani kreditlashga bergan xulosasiga muvofiq bankning ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
5-bob. Dastur doirasida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan kredit ajratish
24. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar Jamgʻarmaning xizmatlaridan keng foydalanilgan holda ajratilishi mumkin.
25. Tijorat banklari filiallari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishga kreditlar ajratilganda Jamgʻarmaning foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyasi qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, Hududiy markazlar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladigan yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib boradi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Hududiy markazlarning takliflarini koʻrib chiqib, bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
6-bob. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish
27. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi.
28. Kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi.
29. Tijorat bankining qarori kredit berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
30. Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan maʼlumot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishda tijorat bankining maʼlum bir filialida mablagʻlar yetishmagan taqdirda boshqa bir filialida mavjud mablagʻlar tijorat bankining viloyat boʻlinmasi tomonidan tuman va shahar filiallariga qayta taqsimlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
7-bob. Kreditlarni ajratish va ularni qaytarish
32. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvaragʻi ochish va uning toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, kreditlar tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 8-iyundagi 13/9-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3022-2, 05.07.2019-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Import shartnomalari asosida kredit mablagʻlari hisobidan xorijdan keltiriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlovlar mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga mikrokreditlar ajratilayotgan loyihaning oʻziga xos jihatlari, kredit hisobiga olinadigan tovarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olish imkoniyati boʻlmagan holda tuman (shahar) markazlarining bu haqidagi xulosasiga asosan mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 21-dekabrdagi 31/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 3022-3, 30.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
34. Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan toʻlashi mumkin.
35. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega.
36. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar tomonidan kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmagan taqdirda, bank filiali tavsiyanoma bergan tegishli sektor rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishi zarur.
8-bob. Yakuniy qoida
37. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2018-y., 10/18/3021/1333-son; 26.02.2019-y., 10/19/3022-1/2669-son, 05.07.2019-y., 10/19/3022-2/3383-son; 30.12.2019-y., 10/19/3022-3/4251-son; 27.02.2020-y., 10/20/3022-4/0218-son; 26.01.2021-y., 10/21/3285/0073-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)