Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 09.06.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3022
Кучга кириш санаси
09.06.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 26.01.2021 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining |
Qarori | Qarori |
“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3022] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3022] |
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi: |
1. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Markaziy bank raisi v.v.b. T. IShMETOV | Markaziy bank raisi v.v.b. T. IShMETOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2018-yil 8-iyun, | 2018-yil 8-iyun, |
20/1-son | 20/1-son |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qaroriga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-iyundagi 20/1-son qaroriga ILOVA |
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi | “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi |
NIZOM | NIZOM |
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) doirasida AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (bundan buyon matnda tijorat banklari deb yuritiladi) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi. | Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga (bundan buyon matnda Qaror deb yuritiladi) asosan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) doirasida AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (bundan buyon matnda tijorat banklari deb yuritiladi) tomonidan kreditlar ajratish tartibini belgilaydi. |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: | 1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: |
dastur koordinatorlari — Qarorga asosan dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish maqsadida belgilangan masʼul shaxslar; | dastur koordinatorlari — Qarorga asosan dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish maqsadida belgilangan masʼul shaxslar; |
hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, viloyat iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda Hududiy markazlar deb yuritiladi); | hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, viloyat iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, hududiy Savdo-sanoat palatasi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda Hududiy markazlar deb yuritiladi); |
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi boʻlimi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda tuman (shahar) markazlari deb yuritiladi); | tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari — tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligida, tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat, bandlik, moliya, investitsiya, soliq, statistika boʻlinmalari, tuman Savdo-sanoat palatasi boʻlimi, tijorat banklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tuman boʻlinmalari rahbar va xodimlaridan iborat tarkibda tuziladigan markazlar (bundan buyon matnda tuman (shahar) markazlari deb yuritiladi); |
kredit liniyasi — tijorat banklari bilan dastur doirasida resurs ajratuvchi moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga (Bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari; | kredit liniyasi — tijorat banklari bilan dastur doirasida resurs ajratuvchi moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga (Bosh kelishuvga) asosan qarz oluvchilarga kredit ajratish uchun ochilgan kredit liniyalari; |
qarz oluvchilar — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari; | qarz oluvchilar — tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish istagida boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlari; |
mikrokreditlar — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdorda — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar. | mikrokreditlar — bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdorda — oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdorda — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar. |
2. Kreditlar dastur doirasidagi resurslar hisobidan ajratiladi. | 2. Kreditlar dastur doirasidagi resurslar hisobidan ajratiladi. |
2-bob. Dastur doirasida kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish | 2-bob. Dastur doirasida kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish |
3. Dastur doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi. | 3. Dastur doirasida kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi. |
4. Kreditlar tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladi. | 4. Kreditlar tijorat banklari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida, 2021-yil 1-yanvardan esa tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladi. |
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi. | Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi. |
5. Mazkur kreditlar bank balansida alohida hisobvaraqlarda yuritiladi. | 5. Mazkur kreditlar bank balansida alohida hisobvaraqlarda yuritiladi. |
6. Kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. | 6. Kreditlar qaytarishlik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi. |
7. Kreditlar: | 7. Kreditlar: |
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish; | ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish; |
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish; | alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish; |
savdo-vositachilikni amalga oshirish; | savdo-vositachilikni amalga oshirish; |
umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish; | umumiy ovqatlanish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish; |
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish; | ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish; |
maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti; | maʼmuriy xarajatlarni toʻlash, jumladan xizmat avtomobillari taʼminoti; |
mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun ajratilmaydi. | mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga toʻlov maqsadlari uchun ajratilmaydi. |
8. Mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi. | 8. Mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi. |
9. Kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq oʻzini oʻzi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak. | 9. Kreditlar ushbu kredit hisobiga amalga oshiriladigan loyihaning biznes-rejasiga muvofiq oʻzini oʻzi qoplash jihatlaridan kelib chiqib 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatgacha ajratilishi mumkin. Bunda berilayotgan imtiyozli davr va kreditni qaytarish muddati batafsil asoslantirilishi kerak. |
10. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi. | 10. Aylanma mablagʻlarni toʻldirishga kreditlar 18 oy muddatgacha revolver kredit tarzida ajratiladi. |
3-bob. Kreditlarni rasmiylashtirish | 3-bob. Kreditlarni rasmiylashtirish |
11. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: | 11. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: |
ariza; | ariza; |
shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; | shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi; |
jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari (bundan buyon matnda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash boʻyicha tavsiyanoma. | jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar rahbarlari (bundan buyon matnda sektorlar rahbarlari deb yuritiladi) va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash boʻyicha tavsiyanoma. |
12. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash boʻyicha tavsiyanomasi qabul qilinadi. | 12. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan kreditlash boʻyicha tavsiyanomasi qabul qilinadi. |
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi. | Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sugʻurtalaydi. |
13. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: | 13. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: |
ariza; | ariza; |
biznes-reja, | biznes-reja, |
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno. | tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xoʻjaliklari bundan mustasno. |
14. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi: | 14. Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlari kredit qaytarilishining taʼminoti sifatida bankka quyidagi taʼminot turlaridan birini taqdim etadi: |
uchinchi shaxs kafilligi; | uchinchi shaxs kafilligi; |
sugʻurta polislari; | sugʻurta polislari; |
kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar; | kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar; |
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) kafilligi; | Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) kafilligi; |
qonun hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari. | qonunchilik hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari. |
15. Tijorat banklari oʻzlarining ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlarini talab qilmasdan bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega. | 15. Tijorat banklari oʻzlarining ichki kredit siyosatiga muvofiq qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan taʼminot turlarini talab qilmasdan bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorda blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga ega. |
Bunda bankka qarz oluvchi tomonidan muayyan daromadga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi, bank tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatari sugʻurta qilinadi. | Bunda bankka qarz oluvchi tomonidan muayyan daromadga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi, bank tomonidan olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatari sugʻurta qilinadi. |
4-bob. Dastur koordinatorlari xulosasi asosida kreditlar ajratish | 4-bob. Dastur koordinatorlari xulosasi asosida kreditlar ajratish |
16. Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga (bundan buyon matnda samarali loyihalar deb yuritiladi) dastur doirasidagi resurslar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan ortiq miqdorda kredit ajratilishi mumkin. | 16. Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga (bundan buyon matnda samarali loyihalar deb yuritiladi) dastur doirasidagi resurslar hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan ortiq miqdorda kredit ajratilishi mumkin. |
17. Samarali loyihalar tegishli tuman (shahar) markazlari tomonidan tanlab olinadi va ushbu loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan holda kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa tuman (shahar) markazlarining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. | 17. Samarali loyihalar tegishli tuman (shahar) markazlari tomonidan tanlab olinadi va ushbu loyihaning haqiqatda mazkur hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan holda kreditlashga xulosa tayyorlanadi va xulosa tuman (shahar) markazlarining barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. |
18. Tuman (shahar) markazlarining samarali loyihani amalga oshirish boʻyicha xulosasi Hududiy markazlarga kredit ajratish uchun qaror qabul qilishga taqdim etiladi. | 18. Tuman (shahar) markazlarining samarali loyihani amalga oshirish boʻyicha xulosasi Hududiy markazlarga kredit ajratish uchun qaror qabul qilishga taqdim etiladi. |
19. Hududiy markazlar tuman (shahar) markazlarining xulosasi asosida qaror qabul qilishdan oldin, samarali loyihani joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil oʻrganishi shart. | 19. Hududiy markazlar tuman (shahar) markazlarining xulosasi asosida qaror qabul qilishdan oldin, samarali loyihani joyida tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda batafsil oʻrganishi shart. |
20. Hududiy markazlar tomonidan samarali loyihani kreditlash boʻyicha qaror qabul qilishda quyidagilar asoslantirilishi zarur: | 20. Hududiy markazlar tomonidan samarali loyihani kreditlash boʻyicha qaror qabul qilishda quyidagilar asoslantirilishi zarur: |
samarali loyihaning tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati; | samarali loyihaning tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati; |
samarali loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirishdagi tajribasi, obroʻsi; | samarali loyiha tashabbuskorining loyihani amalga oshirishdagi tajribasi, obroʻsi; |
bank orqali amalga oshirgan pul aylanmasi miqdori, debitor va kreditor qarzdorliklari, kredit tarixi; | bank orqali amalga oshirgan pul aylanmasi miqdori, debitor va kreditor qarzdorliklari, kredit tarixi; |
samarali loyihani amalga oshirish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari. | samarali loyihani amalga oshirish natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmi, yaratiladigan yangi ish oʻrinlari. |
21. Hududiy markazlarning samarali loyihani kreditlash boʻyicha qarori dastur koordinatorlariga yakuniy xulosa berish uchun taqdim etiladi. | 21. Hududiy markazlarning samarali loyihani kreditlash boʻyicha qarori dastur koordinatorlariga yakuniy xulosa berish uchun taqdim etiladi. |
22. Dastur koordinatorlari samarali loyihani kreditlashga ruxsat berish boʻyicha Hududiy markazlarning qarori asosida yakuniy xulosa chiqaradi va ijobiy xulosa berilgandan soʻng ushbu xulosa tegishli xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim etiladi. | 22. Dastur koordinatorlari samarali loyihani kreditlashga ruxsat berish boʻyicha Hududiy markazlarning qarori asosida yakuniy xulosa chiqaradi va ijobiy xulosa berilgandan soʻng ushbu xulosa tegishli xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankiga taqdim etiladi. |
23. Tijorat banki dastur koordinatorlarining samarali loyihani kreditlashga bergan xulosasiga muvofiq bankning ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. | 23. Tijorat banki dastur koordinatorlarining samarali loyihani kreditlashga bergan xulosasiga muvofiq bankning ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. |
5-bob. Dastur doirasida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan kredit ajratish | 5-bob. Dastur doirasida tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan kredit ajratish |
24. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar Jamgʻarmaning xizmatlaridan keng foydalanilgan holda ajratilishi mumkin. | 24. Dastur doirasida tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan beriladigan kreditlar Jamgʻarmaning xizmatlaridan keng foydalanilgan holda ajratilishi mumkin. |
25. Tijorat banklari filiallari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishga kreditlar ajratilganda Jamgʻarmaning foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyasi qabul qilinadi. | 25. Tijorat banklari filiallari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirishga kreditlar ajratilganda Jamgʻarmaning foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyasi qabul qilinadi. |
Bunda, Hududiy markazlar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladigan yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib boradi. | Bunda, Hududiy markazlar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya beriladigan yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib boradi. |
26. Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Hududiy markazlarning takliflarini koʻrib chiqib, bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi. | 26. Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Hududiy markazlarning takliflarini koʻrib chiqib, bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlariga va stavkalarga muvofiq beriladi. |
6-bob. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish | 6-bob. Kredit ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish |
27. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi. | 27. Qarz oluvchining arizasi kelib tushgan kundan boshlab, tijorat banki tomonidan uch ish kunidan oshmagan muddatda ushbu ariza boʻyicha asoslantirilgan qaror qabul qilinadi. |
28. Kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi. | 28. Kredit berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilinganda, qarz oluvchi va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi. |
29. Tijorat bankining qarori kredit berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi. | 29. Tijorat bankining qarori kredit berish yoki uni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi. |
30. Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan maʼlumot taqdim etadi. | 30. Tijorat banki kredit berishni rad etgan taqdirda, bank qarz oluvchiga hamda tavsifnoma bergan tegishli sektorlar rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda yozma shaklda asoslantirilgan maʼlumot taqdim etadi. |
31. Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishda tijorat bankining maʼlum bir filialida mablagʻlar yetishmagan taqdirda boshqa bir filialida mavjud mablagʻlar tijorat bankining viloyat boʻlinmasi tomonidan tuman va shahar filiallariga qayta taqsimlanadi. | 31. Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishda tijorat bankining maʼlum bir filialida mablagʻlar yetishmagan taqdirda boshqa bir filialida mavjud mablagʻlar tijorat bankining viloyat boʻlinmasi tomonidan tuman va shahar filiallariga qayta taqsimlanadi. |
7-bob. Kreditlarni ajratish va ularni qaytarish | 7-bob. Kreditlarni ajratish va ularni qaytarish |
32. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvaragʻi ochish va uning toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi. | 32. Kreditlar qarz oluvchiga alohida kredit hisobvaragʻi ochish va uning toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq, ushbu hisobvaraqdan naqd pulsiz shaklda pul oʻtkazish yoʻli bilan beriladi. |
Bunda, kreditlar tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi. | Bunda, kreditlar tovarlar (xizmatlar) shartnoma asosida kelishilgan narxda yetkazib berilgandan (xizmatlar koʻrsatilgandan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng ajratiladi va mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi. |
Import shartnomalari asosida kredit mablagʻlari hisobidan xorijdan keltiriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlovlar mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. | Import shartnomalari asosida kredit mablagʻlari hisobidan xorijdan keltiriladigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlovlar mazkur shartnomalarda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi. |
33. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga mikrokreditlar ajratilayotgan loyihaning oʻziga xos jihatlari, kredit hisobiga olinadigan tovarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olish imkoniyati boʻlmagan holda tuman (shahar) markazlarining bu haqidagi xulosasiga asosan mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin. | 33. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslarga mikrokreditlar ajratilayotgan loyihaning oʻziga xos jihatlari, kredit hisobiga olinadigan tovarni pul oʻtkazish yoʻli bilan sotib olish imkoniyati boʻlmagan holda tuman (shahar) markazlarining bu haqidagi xulosasiga asosan mikrokreditning bir qismi naqd pulda berilishi mumkin. |
34. Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan toʻlashi mumkin. | 34. Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvaragʻidan pul oʻtkazib berish yoʻli bilan toʻlashi mumkin. |
35. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega. | 35. Olingan kreditdan boshqa maqsadda foydalanilganlik aniqlangan taqdirda, bank kredit shartnomasida belgilangan tartibda kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismini qarz oluvchidan muddatidan ilgari undirib olish huquqiga ega. |
36. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar tomonidan kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmagan taqdirda, bank filiali tavsiyanoma bergan tegishli sektor rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishi zarur. | 36. Qarz oluvchi — jismoniy shaxslar tomonidan kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar toʻlanmagan taqdirda, bank filiali tavsiyanoma bergan tegishli sektor rahbarlariga va mahalla fuqarolar yigʻiniga amaliy yordam soʻrab murojaat qilishi zarur. |
8-bob. Yakuniy qoida | 8-bob. Yakuniy qoida |
37. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | 37. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |