Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI APPARATINING FUNKSIONAL BOʻLIMLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1000-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 12-oktabrdagi 475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Nazorat boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 2-dekabr,
564-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Nazorat boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Nazorat boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Apparati topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi qarorlari va topshiriqlarining tarkibiy boʻlinmalar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishni taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Apparati topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi qarorlari va topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshiriqlarining tarkibiy boʻlinmalar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimi amalga oshirilishini taʼminlash;
Bosh vazir kotibiyati, Bosh vazirning oʻrinbosarlari apparatlari, Vazirlar Mahkamasining departamentlari va boʻlimlarida ijro nazoratini tashkil etishga metodik rahbarlik qilish;
ishlarni muvofiqlashtirish va Vazirlar Mahkamasi Apparatining barcha tarkibiy boʻlinmalarida ijro intizomi ahvolini oʻrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam koʻrsatish, kamchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini, uning oʻrinbosarlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarini va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika vazirliklari, idoralari va hokimliklariga elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlarning bajarilishini roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʻrsatish;
Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalarining tarmoq axborot resurslaridan, shu jumladan Internet resurslaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi Apparatida Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq hujjatlar va topshiriqlarning oʻz vaqtida ijro etilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
hujjatlar va topshiriqlarning avtomatlashtirilgan nazoratga qoʻyilishini, ularning bajarilishini kuzatib borishni, ogohlantiruvchi nazoratni, ijro intizomini yakunlashni taʼminlovchi elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimining maʼlumotlar bazasini yuritadi;
Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga va Bosh vazir kotibiyatiga ijro intizomining joriy (har kunlik) va har oylik tahlilini taqdim etadi;
nazorat samaradorligini oshirish, shuningdek yangi axborot texnologiyalarini joriy etish asosida hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga kiritadi;
ogohlantiruvchi nazoratni tashkil qiladi. Ushbu maqsadlarda har oʻn kunda Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga navbatdagi oʻn kunlikda ishlari tugallanishi lozim boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma-eslatmalarni yozma va elektron shaklda yuboradi. Har oyda navbatdagi oy mobaynida ishlari tugatilishi lozim boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi va ular toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi hamda tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga eslatmalar yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga Apparatning tarkibiy boʻlinmalaridagi ijro intizomi ahvolini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi, uning topshirigʻiga muvofiq aniqlangan kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida buyruq va farmoyishlar loyihalari tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
har chorakdagi majlislarda koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun oʻtgan chorakdagi ijro intizomi ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotlarni ijrochilar boʻyicha ularning masʼuliyatini oshirish yuzasidan ular tomonidan tegishli qarorlar qabul qilish uchun tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga beradi;
Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari — hujjatlar ijrochilari tomonidan topshiriqlarni bajarganlik toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlar asosida ularni nazoratdan chiqarish ishlarini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha muntazam ravishda respublika vazirliklari, idoralari va hokimliklarida ijro intizomi nazorati tashkil etilishini va uning ahvolini oʻrganadi, ularning natijalari boʻyicha elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida ijroni roʻyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalarining tarmoq axborot resurslaridan, shu jumladan Internet resurslaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan muntazam monitoring oʻtkazadi va uning natijalari boʻyicha har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi yagona tizimiga yangi dasturiy vositalar joriy etilishiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini oʻqitadi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Oʻzbekiston Respublikasi Apparati Rahbarining topshirigʻiga binoan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
hujjatlar va topshiriqlar bajarilishini hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish uchun, shuningdek elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimining dasturiy-texnik kompleksini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlashda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini zarurat boʻlganda belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻlimning zarur materiallar, maʼlumotlar, shuningdek va boshqa hujjatlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Apparati topshiriqlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi qarorlari va topshiriqlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshiriqlarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etishning kompleksliligi va sifati uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, bitta bosh mutaxassis va ikkita yetakchi mutaxassis kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlimning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda mazkur Nizomga muvofiq Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun toʻliq javob beradi;
Boʻlim mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning ishlarini muvofiqlashtiradi, zarur ijro intizomini taʼminlaydi, Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq Boʻlimda ish yuritishni tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Apparati mutaxassislarini hisoblash texnikasi vositalari, joriy etilayotgan yangi dasturlar bilan ishlashga, shuningdek “Internet” tizimida ishlashga oʻqitishni tashkil qiladi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislar ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boʻlim mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini bosh mutaxassis bajaradi.
15. Boʻlimning bosh mutaxassisi va yetakchi mutaxassislari oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funksional vazifalariga muvofiq amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Yuridik boʻlim (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi va Apparatining koʻrib chiqishi uchun kiritilgan masalalar va hujjatlarning huquqiy jihatdan ishlab chiqilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarining, shuningdek Hukumat tomonidan kiritiladigan yoki kelishiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari loyihalarining amaldagi qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlariga muvofiq qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash, ularni tayyorlashda qatnashish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
qonun tuzish faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalari va boshqa masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi, qoʻmitalari, komissiyalari va Kotibiyati bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi koʻrib chiqishi uchun va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari muhokamasi uchun kiritiladigan huquqiy masalalar boʻyicha tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni tayyorlaydi;
Hukumat qarorlarini, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar qarorlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolariga hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati mutaxassislariga huquqiy masalalar boʻyicha maslahat beradi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik ekspertizadan oʻtkazadi hamda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar tayyorlaydi;
qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini, qonun hujjatlari boʻyicha maʼlumotnoma ishlarini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Umumiy boʻlimi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining Qarorlari toʻplami (QT)ni nashrga tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalarini, uning mutaxassislarini normativ-huquqiy hujjatlar matnlari, shuningdek qonun hujjatlari boʻyicha maʼlumotnoma materiallar bilan taʼminlashni yaxshilash choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlariga muvofiq qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni tayyorlashda qatnashadi;
(6-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda Hukumat qarorlarini belgilangan tartibda tayyorlaydi, ularni talqin qilish va qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar berishda qatnashadi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
qonun yaratish faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimli va toʻliq boʻlishini taʼminlash haqidagi takliflarni ishlab chiqadi;
qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi, qoʻmitalari, komissiyalari va Kotibiyati bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritilgan qonun loyihalarining ular tomonidan muhokama qilinishida qatnashadi;
Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar materiallarini tayyorlashda va mazkur yigʻilishlarda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
(6-bandning oʻn beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari loyihalarini huquqiy jihatdan ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyati bilan bogʻliq huquqiy hujjatlarni tayyorlashda qatnashadi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
tegishli materiallar va hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshirigʻiga binoan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻlimning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlash boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(7-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari yuridik ekspertizasining kompleksliligi va sifati uchun javob beradi.
IV. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, ikkita bosh mutaxassis va bitta yetakchi mutaxassis, shuningdek I toifali ish yurituvchi-kotiba kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning choraklik ish rejalari, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlimning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Boʻlimning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etadi, koʻrsatib oʻtilgan loyihalarga rozilik beradi va ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa materiallarni oʻrganadi, ularni yuridik ekspertizadan oʻtkazadi va ishlab chiqadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalari tayyorlanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Boʻlim vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlarining koʻrib chiqishi uchun yuboradi;
Boʻlim mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi:
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiqadigan xat-xabarlarni imzolaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish toʻgʻrisidagi, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan belgilanadigan Boʻlimning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
15. Boʻlimning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va boshqa materiallarni oʻrganadi, ularni yuridik ekspertizadan oʻtkazadi va ishlab chiqadi, ular boʻyicha tegishli tahliliy va maʼlumotnoma materiallar, ekspert xulosalari tayyorlaydi;
materiallar haqida Boʻlim mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarini talqin qilish va tushuntirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Boʻlim mudiriga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan oʻtkaziladigan oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga tayyorlash, shuningdek ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama etish uchun yigʻilishlar oʻtkazadi.
(15-bandning yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
16. Boʻlimning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Boʻlim mudiri topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini yuridik ekspertizadan oʻtkazadi va ular yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi;
materiallarni Boʻlim mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
huquqiy masalalar boʻyicha tegishli maʼlumotnoma va tahliliy materiallar tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan oʻtkaziladigan oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Boʻlim mudiri va tegishli bosh mutaxassis bilan kelishgan holda ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
17. I toifali ish yurituvchi-kotiba Boʻlimda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlar oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Kadrlar boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Kadrlar boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyatini kadrlar jihatidan taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbar xodimlarini tasdiqlangan nomenklaturaga asosan lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish masalalari boʻyicha hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda:
talab qilinayotgan ixtisoslar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatini masʼul xodimlar va xizmatchilar bilan oʻz vaqtida va sifatli butlashni;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ishlash uchun tegishli nomenklatura boʻyicha kadrlar zaxirasini shakllantirish va tayyorlashni;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlarining ishlab chiqarish — iqtisodiy taʼlim olishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati masʼul xodimlari va xizmatchilarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining shaxsiy tarkibi hisobini yuritish, muntazam (har yillik) asosda xodimlarning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildlarini yangilash.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
xodimlarni lavozimga tayinlashda (egallab turgan lavozimidan ozod etishda) hisobga olish hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, tegishli koʻrsatma hujjatlarni tayyorlaydi;
xodimlarning sifat tarkibini yaxshilash, lavozimga koʻtarish uchun puxta zaxira ishlarida foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati kadrlarining malaka, maʼlumot va yosh darajasi toʻgʻrisida hamda boshqa ijtimoiy-demografik maʼlumotlar koʻrsatkichlari boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning turli shakllari boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida kadrlar hisobini yuritadi, ushbu masala boʻyicha axborotlar ishlab chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etadi, attestatsiya komissiyalari qarorlarini bajarish boʻyicha chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlariga taalluqli tushadigan xatlar, shikoyatlar va arizalarni koʻrib chiqadi;
Apparat xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlashga taqdim etish uchun hujjatlarni tayyorlaydi. Mukofotlar, ragʻbatlantirishlar va tanbehlar hisobini yuritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati xodimlariga pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni taʼminlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasidagi xodimlar, uning Apparati xodimlarining xizmat guvohnomalarini rasmiylashtiradi, beradi va ularning hisobini yuritadi;
Boʻlimga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshirigʻiga binoan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning majlislari hamda yigʻilishlarida qatnashish;
(7-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ushbu maqsadlarda ishchi guruhlar tashkil etish.
8. Boʻlim:
Boʻlimga yuklangan vazifalarning toʻliq hajmda bajarilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun materiallar va hujjatlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashning taʼminlanishi uchun;
kadrlar hisobga olinishining va ular bilan ishlash boʻyicha hisobotlarning ahvoli, kadrlar boʻyicha hujjatlarning saqlanishi va ishlarning yuritilishi uchun;
arizalar va xatlar boʻyicha masalalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va hal qilinishi uchun javob beradi.
IV. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, shuningdek I toifali ish yurituvchi-kotiba kiradi.
Boʻlimning tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va I toifali ish yurituvchi-kotiba belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Boʻlimning choraklik ish rejasi asosida tashkil etiladi.
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlimning choraklik ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
tasdiqlangan nomenklatura boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Tashkiliy-nazorat xizmati rahbari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilishini tashkil qiladi, koʻrsatib oʻtilgan loyihalarga rozilik beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlim xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan yoʻriqnomaga muvofiq Boʻlimda ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. I toifali ish yurituvchi-kotiba ish yuritishni taʼminlaydi, Boʻlimda hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, yigʻmajildlarni arxivda saqlashga tayyorlash va ularning oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Umumiy boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Umumiy boʻlim (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritishni taʼminlaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning Prezidiumi majlislarini texnik jihatdan tayyorlaydigan va ularga xizmat koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritishni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarini texnik jihatdan tayyorlash va ularga xizmat koʻrsatish;
Vazirlar Mahkamasi va uning Apparati faoliyatida vujudga keladigan hujjatlar va ish yuritish tugallangan hujjatlar yigʻmajildlari saqlanishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish tartibini va arxiv ishini yanada takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalarida ish yuritishga metodik rahbarlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalarida Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;
ish yuritish jarayonlarini takomillashtirish va avtomatlashtirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hukumat qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislari bayonnomalarini roʻyxatdan oʻtkazadi, hisobga oladi, rasmiylashtiradi, koʻpaytiradi va joʻnatadi, ulardan va boshqa hujjatlardan koʻchirmalar tayyorlaydi va joʻnatadi, zarurat boʻlganda ularni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi;
Vazirlar Mahkamasining har oylik Qarorlar toʻplami, shuningdek Yuridik boʻlim bilan birgalikda respublika Hukumatining Qarorlari toʻplami chiqarilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumiga texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi, shu jumladan: taklif etilganlarning umumlashtirilgan roʻyxatini tuzadi, tarkibiy boʻlinmalar mutaxassislari bilan birgalikda materiallarni Vazirlar Mahkamasiga va uning Prezidiumi majlislariga tanlaydi, koʻpaytiradi, ularni majlis qatnashchilariga joʻnatadi; hujjatlar yozilishini, taklif etilganlar roʻyxatdan oʻtkazilishini, Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislari stenografiya va sinxron tarjima qilinishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislari bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislari bayonnomalari tayyorlanishini taʼminlaydi;
tushayotgan xat-xabarlarni qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi, hisobga oladi, taqsimlaydi va mansubligiga koʻra yetkazib beradi, chiqadigan xat-xabarlarni qabul qiladi va joʻnatadi;
tarkibiy boʻlinmalarda hujjatlar yigʻmajildining nomenklaturasini aniqlashtiradi, Vazirlar Mahkamasi Apparati uchun yigʻma nomenklatura tuzadi, unga rioya etilishini nazorat qiladi;
ish yuritish tugallangan hujjatlar yigʻmajildlarini Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalaridan qabul qiladi, hisobga oladi va saqlaydi, joriy arxiv shakllantirilishini taʼminlaydi, hujjatlar yigʻmajildlari va hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxiviga beradi;
xodimlarga ish yuritish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar beradi, Vazirlar Mahkamasi Apparatining yangi xodimlarini hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish masalalari boʻyicha oʻqitish va tanishtirishni tashkil etadi;
Hukumatning qarorlari, farmoyishlari loyihalari va Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa materiallari tahrir etilishi, tarjima qilinishini amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritishni tashkil etish uchun tegishli muhrlar, shtamplar va blankalarni tayyorlaydi, ularning hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlaydi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
tegishli materiallar va hujjatlarni ishlab chiqish va tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritishning yoʻlga qoʻyilganligini tekshirish, tekshirilayotgan masalalar boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarda barcha hujjatlar va materiallar bilan tanishish;
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻlimning zarur materiallar, maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(7-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritishning sifati uchun javob beradi.
IV. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, bosh va yetakchi mutaxassislar, mutaxassis, arxiv va mashinkada yozish boʻlinmasi mudirlari, ish yurituvchi kotibalar, mashinkada yozuvchilar, shuningdek stenografistka kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Boʻlimning choraklik ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, Boʻlim mutaxassislari, boshqa xodimlari ishini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi, ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Boʻlim yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlim mutaxassislari va boshqa xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi:
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
chiqadigan xat-xabarlarni imzolaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari tomonidan belgilanadigan Boʻlimning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Boʻlimning bosh va yetakchi mutaxassislari, mutaxassisi, boshqa xodimlari oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq amalga oshiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni koʻrib chiqish boʻlimi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni koʻrib chiqish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda Boʻlim deb yuritiladi) fuqarolar murojaatlarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Apparati tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining funksional tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Boʻlim oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Boʻlimning vazifalari va funksiyalari
5. Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan yozma va ogʻzaki murojaatlari bilan ishlash monitoringini olib borish va ularni tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, shuningdek tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va mutaxassislari tomonidan, zarur hollarda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillarini jalb etgan holda, fuqarolar qabul qilinishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika Hukumatiga tushgan hamda koʻrib chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuborilgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalarida koʻrib chiqishga berilgan fuqarolarning yozma va ogʻzaki murojaatlarini koʻrib chiqish yuzasidan nazoratni yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning murojaatlari masalalari boʻyicha qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda qatnashish;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning yozma va ogʻzaki murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
fuqarolarni qabul qiladi, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yozma va ogʻzaki murojaatlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va hisobini yuritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarni qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni muntazam ravishda tayyorlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan shaxsan qabul qilinishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning yozma va ogʻzaki murojaatlari bilan ishlashi monitoringini olib boradi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha metodik tavsiyanomalar va takliflar ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalarida fuqarolarning murojaatlari boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning murojaatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan tartibda koʻrib chiqish va tegishli chora-tadbirlar koʻrish uchun yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlim vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari ijrosi nazoratini taʼminlaydi hamda qarorlar va topshiriqlarning bajarilishi toʻgʻrisida rahbariyatga vaqti-vaqti bilan axborot beradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Boʻlimning huquqlari va javobgarligi
7. Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining tarkibiy boʻlinmalarida fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarning ahvolini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshirigʻiga binoan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Boʻlim vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha majlislari hamda yigʻilishlarida qatnashish;
fuqarolarning murojaatlarida bayon qilingan holatlarning xolisligini aniqlashtirish uchun, zarurat boʻlganda, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslarini jalb etish, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini joyning oʻziga borib koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻlimning zarur materiallar, maʼlumotlar taqdim etish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Boʻlim belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
(7-bandning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Boʻlim:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash natijadorligi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Boʻlimning tuzilmasi
9. Boʻlimning tuzilmasiga Boʻlim mudiri, ikkita yetakchi mutaxassis, shuningdek I toifali ish yurituvchi-kotiba kiradi.
Boʻlim tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Boʻlim ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
11. Boʻlim mudiri va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Boʻlim faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Boʻlim ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”, “Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Boʻlimning choraklik ish rejasi, mudir va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(12-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 94-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 102-modda)
Boʻlimning choraklik ish rejalari, mudirning shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Boʻlim mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Boʻlim mudiri:
Boʻlimga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishini tashkil qiladi hamda Boʻlimga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Boʻlim vakolati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan shaxsan qabul qilinishini tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlimdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
zarur hollarda fuqarolarning yozma va ogʻzaki murojaatlarini koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslarini jalb etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Boʻlim mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish natijalariga aniqlik kiritish uchun zarur materiallar va asoslarni soʻrab oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
Boʻlim ishlarini takomillashtirish va mutaxassislarning ish malakasini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Boʻlim mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boʻlim mudiri vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan belgilanadigan Boʻlimning yetakchi mutaxassislaridan biri bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Boʻlimning yetakchi mutaxassislari, I toifali ish yurituvchi-kotibasi oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan funksional vazifalarning taqsimlanishiga muvofiq amalga oshiradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 48-49-son, 496-modda; 2005-y., 14-son, 102-modda; 2009-y., 46-son, 498-modda; 2011-y., 25-son, 259-modda; 2015-y., 13-son, 155-modda)