Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3545-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 28-maydagi PQ-3742-son qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-iyun,
PF-5457-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PF-5457-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fan va texnika, adabiyot, sanʼat va meʼmorchilik sohasidagi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida” 2006-yil 25-iyuldagi PF-3781-son Farmoniga 1-ilovaning yigirma sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rizayev K.S. — Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Har yilgi “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha jamoatchilik kengashini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 28-avgustdagi PF-3793-son Farmoniga 1-ilovaning rus tilidagi matnining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Po doljnosti — glavniy spetsialist Informatsionno-analiticheskogo departamenta po voprosam obrazovaniya, zdravooxraneniya, fizicheskoy kulturi i sporta Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoni 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi tarkibiga kiradi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 8-sentabrdagi PF-5185-son Farmoniga 4-ilovada:
a) “Davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha yigʻma guruh tarkibi” boʻlimida:
8-banddan “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-bandga “soha” soʻzidan soʻng “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin;
b) “Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 4-ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 3 va 10-bandlaridan “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) “Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi sohasida davlat boshqaruv tizimini tanqidiy oʻrganish va uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha 6-ishchi guruh tarkibi” boʻlimining 2-bandiga “soha” soʻzidan soʻng “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi PF-5313-son Farmoniga 1-ilova rus tilidagi matnining 24-bandidan “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiyalarning yangilangan tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 21-fevraldagi PF-5357-son Farmoniga 5-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Abduxakimov A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari”.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2007-yil 31-oktabrdagi PQ-718-son qaroriga 2-ilovaning birinchi xatboshisidan “qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashning samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 2-ilovaning toʻrtinchi xatboshisidan “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovaning 10-bandidan “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxati 1 va 2-bandlaridan “Ijro etuvchi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qaroriga 5-ilova rus tilidagi matnining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Maxkamov I.R. — zaveduyushiy IAD po voprosam kommunalnoy sferi, ekologii, oxrani okrujayushey sredi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii Kabineta Ministrov”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qaroriga 2-ilovaning rus tilidagi matni 6-bandidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi faoliyatlarini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-son qaroriga 2a-ilova rus tilidagi matnining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maxkamov I.R. — zaveduyushiy IAD po voprosam kommunalnoy sferi, ekologii, oxrani okrujayushey sredi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii Kabineta Ministrov”.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarorining 1-bandidagi “transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi” soʻzlari “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2910-son qaroriga 7-ilovaning rus tilidagi matni uchinchi xatboshisiga “sferi” soʻzidan soʻng “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari qoʻshilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi tarkibiga kiradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-son qaroriga 6-ilova rus tilidagi matnining uchinchi xatboshisiga “sferi” soʻzidan soʻng “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari qoʻshilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga 3-ilova rus tilidagi matnining oʻn birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“po doljnosti — zaveduyushiy IAD Kabineta Ministrov po voprosam kommunalnoy sferi, ekologii, oxrani okrujayushey sredi, transporta, kapitalnogo stroitelstva i stroyindustrii”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3003-son qarorida:
a) 3-banddan “qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 1, 8 va 9-ilovalarning rus tilidagi matni birinchi xatboshilaridan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qaroriga 5-ilova rus tilidagi matnining birinchi xatboshisidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari chiqarib tashlansin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qaroriga 4-ilovada:
a) 1-banddan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 12-banddan “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3082-son qaroriga 1-ilova rus tilidagi matnining uchinchi xatboshisidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Reglamenti 59-bandi uchinchi xatboshisidagi “Ijro etuvchi apparatiga” soʻzlari “apparatiga” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3182-son qaroriga 1-ilovaning “Masʼul shaxslar” ustunidan “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-Faza” loyihasini Jahon banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3282-son qarorining 5-bandidan “qishloq va suv hoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qarorining 5-bandidan “qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 6-oktabrdagi PQ-3313-son qarori 1-bandining yettinchi xatboshisidan “qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qaroriga 5-ilovaning 4-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 2-dekabrdagi PQ-3422-son qaroriga 2-ilova rus tilidagi matnining 3-bandiga “sferi” soʻzidan soʻng “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari qoʻshilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari Jamgʻarmaning ijro etuvchi direktori hisoblanadi”;
b) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining boshchiligida amalga oshiriladi”;
v) 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Koordinatsiya vsey raboti po razrabotke, formirovaniyu i realizatsii konsepsiy razvitiya osushestvlyayetsya Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po investitsiyam pod rukovodstvom zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po investitsiyam — rukovoditelya Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”;
30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Koordinatsiya vsey raboti po razrabotke, formirovaniyu i realizatsii gosudarstvennix programm razvitiya osushestvlyayetsya Gosudarstvennim komitetom Respubliki Uzbekistan po investitsiyam pod rukovodstvom zamestitelya Premyer-ministra Respubliki Uzbekistan — predsedatelya Gosudarstvennogo komiteta Respubliki Uzbekistan po investitsiyam — rukovoditelya Kompleksa po voprosam investitsiy, innovatsionnogo razvitiya, koordinatsii deyatelnosti svobodnix ekonomicheskix i malix promishlennix zon Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tebinbuloq koni negizida kon-metallurgiya kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3473-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnining yigirma yettinchi xatboshisiga “sferi” soʻzidan soʻng “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari qoʻshilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3509-son qaroriga 3-ilova rus tilidagi matnining 6-pozitsiyasi “Doljnost” boʻlimidan “ministr selskogo i vodnogo xozyaystva” soʻzlari chiqarib tashlansin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-son qaroriga 2-ilovaning uchinchi va oʻn beshinchi xatboshilariga “soha” soʻzidan soʻng “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish” soʻzlari qoʻshilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-fevraldagi F-2146-son farmoyishining rus tilidagi matnida:
a) 2-ilovaning 14-bandi oʻn toʻrtinchi xatboshisidan “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovada:
9-banddan “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-bandning birinchi xatboshisidagi “zdravooxraneniya, ekologii, oxrani okrujayushey sredi, fizicheskoy kulturi i sporta” soʻzlari “zdravooxraneniya, fizicheskoy kulturi, sporta i turizma” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadan “ekologii, oxrani okrujayushey sredi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)