OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI KENGAShINING
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining 2015-yilda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining ishtiroki toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining 2015-yilda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlislarida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining roʻyxati tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari mazkur majlislarni lozim darajada oʻtkazishda tegishli xalq deputatlari Kengashlariga koʻmaklashsin.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-yanvar,
357-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 1-son, 29-modda)