19.05.2018 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy ishlarni koʻrishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi qabul qilinganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan, shuningdek qonun normalarini bir xilda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori maʼmuriy sud ishlarini yuritish boʻyicha protsessual qonun normalarida belgilangan tartibga qatʼiy rioya etish, ishlarni koʻrib chiqish sifatini yaxshilash, har bir ish boʻyicha qonuniy va asoslantirilgan qaror qabul qilish zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) 40-moddasiga muvofiq maʼmuriy sud ishlarini yuritishda taraflar boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachilar — oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
javobgarlar — muayyan talab qaratilgan maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maʼmuriy sudga maʼmuriy va boshqa ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻyicha ishlar, jumladan, quyidagi ishlar taalluqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy organlarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy organlar, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy organlar, fuqarolar oʻzini-oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylov komissiyalarining xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notariusning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish rad etilganligi yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtKning 271-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtKning 272-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻgʻrisidagi ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra, arizachi ushbu koʻrsatilgan ariza (shikoyat)lar bilan bir qatorda mazkur talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu koʻrsatilgan talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talab taalluqliligiga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha sudda yoki iqtisodiy sudda koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqsa-da, qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga, iqtisodiy va harbiy sudga taalluqliligi belgilangan nizolar boʻyicha ishlar maʼmuriy sudga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza maʼmuriy organ boʻlmagan korxona, tashkilot, muassasa hujjatini haqiqiy emas, deb topish yoki uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) gʻayriqonuniy deb topish toʻgʻrisida berilgan talab yoxud ariza (shikoyat) maʼmuriy organga nisbatan berilgan boʻlib, ammo ustidan shikoyat berilayotgan harakat mehnat munosabatlaridan kelib chiqqan boʻlsa, bunday talablar maʼmuriy sud sudloviga taalluqli emas.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. MSIYUtKning 273-moddasi birinchi qismiga koʻra, talab sudga taalluqlilik qoidalari buzilgan holda maʼmuriy sudga taqdim etilgan boʻlsa, ariza (shikoyat) taalluqliligiga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza (shikoyat) sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, maʼmuriy sud ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazish va maʼmuriy sud ishini yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani (shikoyatni), ish materiallarini maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy suddan taalluqliligiga koʻra boshqa sudga oʻtkazilgan ariza (shikoyat), ish materiallari oʻziga oʻtkazilgan sud tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida sudlar oʻrtasida sudga taalluqlilik toʻgʻrisidagi nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza (shikoyat) ikki va undan ortiq talablarning bittasi yoki bir nechtasi maʼmuriy sudga taalluqlilik qoidalarini buzgan holda ish yuritishga qabul qilinganligi ishni koʻrib chiqish chogʻida aniqlansa, sud MSIYUtKning 138-moddasiga asosan talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish masalasini hal etgan holda, taalluqliligiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga koʻrib chiqish uchun oʻtkazadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, davlat organlari va ular mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq qabul qiladigan qarorlari yoki amalga oshiradigan harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar maʼmuriy sudga taalluqli emas. Bunday ariza (shikoyat) taqdim etilgan holda, sudya MSIYUtK 133-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq uni qabul qilishni rad etadi. Agar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, MSIYUtK 108-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, MSIYUtK 36-moddasiga koʻra, sudda oʻz huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqatiga faqat yuridik shaxslar egadirlar. Shu sababli, agar yuridik shaxs ishonchnomasi mavjud boʻlmasa, sud yuridik shaxs alohida boʻlinmasi (filiali, vakolatxonasi) arizasini (shikoyatini) qabul qilishga haqli emas. Bunday ariza (shikoyat) MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq qaytarilishi, agar u ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, mazkur Kodeks 105-moddasining 2-bandiga muvofiq koʻrmasdan qoldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy organ yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashishda, javobgar sifatida arizada (shikoyatda) harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan tegishli yuridik shaxs va mansabdor shaxsning oʻzi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sud idoraviy normativ-huquqiy hujjat yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishni hal etishda uni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini javobgar sifatida jalb qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoxud iqtisodiy sudga taalluqli boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. MSIYUtK 128-moddasi birinchi qismining mazmuniga koʻra, yuridik shaxs nomidan ariza (shikoyat) uning rahbari yoki vakili tomonidan imzolanishi kerak. Bunda imzo mexanik yoki boshqa nusxa koʻchirish vositalari orqali amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda boshqariladigan ijro organi rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs arizani (shikoyatni) imzolashga haqli, biroq bunda arizaga (shikoyatga) uning maqomini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilot hayʼat tomonidan boshqarilsa, shaxsda arizani (shikoyatni) imzolash vakolati borligini tasdiqlovchi hujjat) ilova qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan tashkilot nomidan ariza (shikoyat) tugatish komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizachi bitta arizada (shikoyatda) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta talabni birlashtirishga haqli. Agar talablar oʻzaro bogʻliq boʻlmasa, sud MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 7-bandiga koʻra, arizani (shikoyatni) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Agar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, sud MSIYUtK 138-moddasiga muvofiq ushbu talablarni alohida ajratish yoʻli bilan koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, MSIYUtK 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan arizani (shikoyatni) qaytarish asoslari roʻyxati kengaytirilgan tarzda talqin etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilinganidan keyin, u sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda qabul qilinganligi aniqlansa, sud tegishincha, ishni boshqa maʼmuriy sudga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi (MSIYUtK 34-moddasi ikkinchi qismining 1-bandi).
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari palata aʼzosi manfaatlarini koʻzlab bergan arizaga (shikoyatga) Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlik faoliyati subyekti oʻrtasida tuzilgan aʼzolik toʻgʻrisidagi shartnoma ilova qilinishi lozim. Mazkur talabga rioya qilinmaganda, ariza (shikoyat) MSIYUtK 134-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan qaytariladi, bu holat ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ariza (shikoyat) koʻrmasdan qoldiriladi (MSIYUtK 105-moddasining 2-bandi).
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 34-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish asoslari MSIYUtK 133-moddasida nazarda tutilgan va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishi mumkin emas. Agar arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish asoslari ariza (shikoyat) ish yuritishga qabul qilingandan keyin aniqlansa, ish yuritish MSIYUtK 108-moddasiga asosan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, maʼmuriy ish qoʻzgʻatilgunga qadar sud dalillarni taʼminlash choralarini koʻrishga (MSIYUtK 89-moddasi), sud topshiriqlari berishga (MSIYUtK 90-moddasi) va dastlabki himoya choralarini qoʻllashga (MSIYUtK 94-moddasi) haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilish va ish qoʻzgʻatish masalasi sudya tomonidan yakka tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni nazarda tutish lozimki, ishni sud muhokamasiga tayyorlash uning oʻz vaqtida, har tomonlama va toʻgʻri koʻrib chiqilishini va hal qilinishini taʼminlovchi muhim bosqich hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash sudga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni hal etishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni hamda nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boshqa faktlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud muhokamasiga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash maqsadida, ishni hal etish uchun zarur dalillar doirasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan zarur dalillar taqdim etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etishi ehtimol boʻlgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki himoya va dalillarni taʼminlash choralarini qoʻllash masalasini hal etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MSIYUtK 140-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ishni sud muhokamasiga tayyorlash harakatlari roʻyxati tugal boʻlmay, sudya ishning toʻgʻri va oʻz vaqtida hal etilishini taʼminlashga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida chiqarilgan ajrim va uni koʻrishga tayyorlash bilan bogʻliq boshqa ajrimlar ishning keyingi harakatiga toʻsqinlik qilmaydi va ularning ustidan shikoyat berilmaydi.
(15-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi haqida ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatilishi lozim boʻlib, u ishda ishtirok etuvchi shaxslar hamda bunday majlisni oʻtkazishga koʻmaklashuvchi sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida MSIYUtK 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tartibda xabardor qilingan javobgar sudga kelmaganda, buning sabablari va ishning xususiyatlarini inobatga olib, ishni uning ishtirokisiz koʻrish imkoniyati toʻgʻrisidagi masala har bir holda muhokama qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. MSIYUtK 93-moddasida koʻrsatilgan dastlabki himoya choralari, agar ularni qoʻllamaslik arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini qiyinlashtirsa yoki bunga imkon bermasa, ish yuritishning har qanday bosqichida koʻrilishi mumkin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, arizani rad etish haqidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ham, MSIYUtK 98-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga rioya etgan holda dastlabki himoya choralarini bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Arizachi MSIYUtK 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ariza (shikoyat) asosini yoki predmetini oʻzgartirish huquqidan birinchi instansiya sudida hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar foydalanishi mumkin. Bu norma ish boshqa instansiyalarda koʻrilayotganda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza (shikoyat) predmeti oʻzgartirilishi arizachining javobgarga nisbatan moddiy-huquqiy talablari oʻzgartirilganligini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaning (shikoyatning) asosi va predmeti bir vaqtda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (MSIYUtK 136-moddasining uchinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. MSIYUtK 58-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudda yuridik shaxslarning ishlarini qonun hujjatlari yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ularning organlari olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarning vakillari sudda ularga berilgan ishonchnomada koʻrsatilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi. Vakilga berilgan ishonchnomada uning MSIYUtK 62-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlari maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar vakilga berilgan ishonchnomada bunday vakolatlar koʻrsatilmagan boʻlsa, vakil ushbu qonun normasida nazarda tutilgan protsessual harakatlardan boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Advokatlik tuzilmasi (byurosi, firmasi) tomonidan berilgan order advokatga huquqiy yordam soʻrab murojaat qilgan shaxs manfaatlarida faqat MSIYUtK 62-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi. Advokatning mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish vakolati unga vakolat beruvchi bergan ishonchnomada koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudlarga tushuntirilsinki, ish yuritishni tugatish instituti nizo mazmuni yuzasidan hal qiluv qarori chiqarmasdan turib ish koʻrishni tamomlash shakllaridan biri hisoblanadi. MSIYUtK 108-moddasida nazarda tutilgan ish yuritishni tugatish asoslari roʻyxati tugal hisoblanadi va kengaytirilgan tarzda talqin qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. MSIYUtK 105-moddasida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, sud arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldiradi va bu haqda ajrim chiqaradi. MSIYUtK 106-moddasiga muvofiq chiqarilgan ajrimda ishni koʻrish uchun toʻsqinlik qilayotgan va arizani koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlarni bartaraf etish yoʻllari tushuntirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Agar sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilingan arizachi birinchi sud majlisiga kelmasa va ishni uning ishtirokisiz koʻrishga rozilik bergan boʻlmasa, bunday holda ariza (shikoyat) MSIYUtK 105-moddasining 3-bandiga muvofiq koʻrmasdan qoldiriladi.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, agar arizachi birinchi sud majlisida ishtirok etib, sudning keyingi majlislarida ishtirok etmasa, ushbu asoslar boʻyicha arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sudlarga tushuntirilsinki, MSIYUtK 20-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish, tugatish va arizani (shikoyatni) qaytarish, qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimlar bekor qilingan hollarga tatbiq etilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudlar aholining huquqiy ongini oshirish maqsadida, sud hujjati eʼlon qilingandan keyin uning mazmunini va sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan asoslarni tushuntirib berishlari lozim.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishlarni koʻrishda sudlar maʼmuriy huquqiy munosabatlar sohasida nizolar kelib chiqishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni aniqlashga eʼtibor qaratish lozim.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlarni koʻrishda davlat yoki boshqa organ, yuridik shaxs, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda, ular ishda ishtirok etishidan qatʼi nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli. Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanganda esa, sud bu haqda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy ajrim sud majlisida eʼlon qilinadi va bayonnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son