Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINING
buyrugʻi
“Elektr bilan isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanishni kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 31-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1775-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi PF-5409-son “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2008-yil 30-yanvardagi 10-son “Elektr bilan isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanishni kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1775, 2008-yil 29-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 8-9-son, 53-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq “Oʻzbekenergo” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2018-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Boshliq D. ISAKULOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-may,
6-son
Kelishilgan:
“Oʻzbekenergo” AJ boshqaruv raisi U. MUSTAFOYEV
2018-yil 21-may
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R. GULYAMOV
2018-yil 24-may
Qurilish vaziri A. TUXTAYEV
2018-yil 28-may
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. KARIMOV
2018-yil 21-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 10/18/1775-1/1300-son)