ILOVA
ILOVA
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Bosqichlar |
Masʼullar |
Amalga oshiriladigan ishlar |
Muddat |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
1-bosqich |
Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman boʻlimlari, tumanlar Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, tumanlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari. |
1. Zararli organizmlarning qishlovdagi zaxirasini aniqlash maqsadida tuproq namunalari. dala atroflaridagi oʻsimlik qoldiqlari. daraxt poʻstloqlari, novdalarida kuzatuv ishlari olib boriladi. 2. Oʻtgan yilda zararli organizmlar tarqalgan maydonlar tahlil qilinadi. 3. Maʼlumotlar jamlanib, tumanlar Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, tumanlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa egalari kengashlari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga taqdim etiladi. |
noyabr oyining 10 sanasigacha |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
2-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari. |
1. Tumanlardan olingan maʼlumotlar jamlanadi. 2. Maʼlumotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari bilan kelishilgan xolda Agentlikka taqdim etiladi. |
noyabr oyining 20 sanasigacha |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
3-bosqich |
Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti. Qishloq xoʻjaligi vazirligi. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar kesimidagi maʼlumotlar umumlashtiriladi. 2. Umumlashtirilgan maʼlumotlar koʻp yillik agrometeorologik maʼlumotlar va zararli organizmlarning tarqalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tahlil qilinadi. 3. Mutaxassislar va olimlarning tahlillari asosida kelgusi yil uchun zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning tarqalishi va rivojlanishi toʻgʻrisida uzoq muddatli bashorat boʻyicha tavsiyanomalar ishlab chiqiladi. |
dekabr oyining 31 sanasigacha |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
4-bosqich |
Agentlik, Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti. |
1. Kelgusi yil uchun zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarning tarqalishi va rivojlanishi toʻgʻrisida uzoq muddatli bashorat boʻyicha tavsiyanomalar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboriladi. 2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Agentlik rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi. |
kelgusi yil yanvar oyining 15 sanasigacha |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||