Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Јonunchilik palatasining 2016-yil 21-yanvardagi 358-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2015-yildagi faoliyati toʻѓrisida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yildagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qoʻshimcha masalalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2016-yil 29-yanvar,
365-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-y., 1-son, 12-modda)