Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZQIShLOQXOʻJALIKMASh-XOLDING” XOLDING KOMPANIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-martdagi 41-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-dekabrdagi PQ-766-son qarori)” toʻgʻrisidagi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika qishloq xoʻjaligini zamonaviy texnika va mexanizatsiya vositalari bilan taʼminlash, bozor sharoitlariga javob beradigan qishloq xoʻjalik mashinasozligi boshqaruvi tuzilmasini shakllantirish, shuningdek tarmoq korxonalarining barqaror va samarali ishlashiga erishish, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarining raqobatga bardoshliligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va 1 va 1a-ilovalarga muvofiq respublika qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarining ularning “Oʻzmashsanoat” va “Oʻzavtosanoat” uyushmalari tarkibidan chiqishi hamda “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi 1996-yilda 2-ilovaga* muvofiq davlat korxonalarini, ushbu korxonalarning davlatga tegishli aksiyalari nazorat paketlarini “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining ustav fondiga bergan holda, ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirsinlar.
* Ilova berilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining koʻrsatib oʻtilgan korxonalarning mol-mulkini, mehnat jamoasiga tegishli aksiyalar paketi haqini 1997-yildan boshlab 5 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlagan holda, 1996-yil 1-yanvardagi qoldiq qiymat boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi yuridik shaxs hisoblanadi va ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklida taʼsis etiladi;
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasining ustav fondi aksionerlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari, mehnat jamoasi aksiyalarining sotib olinmagan ulushi, 3-ilovaga* muvofiq, erkin sotishga moʻljallangan aksiyalarning bir qismi hisobidan, shuningdek boshqa manfaatdor yuridik shaxslarning, shu jumladan xorijiy yuridik shaxslarning mablagʻlarini jalb etish hisobidan tashkil etiladi;
* Ilova berilmaydi.
xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarning mol-mulki, shu jumladan davlatga tegishli aksiyalar paketlari “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining toʻliq, xoʻjalik tasarrufiga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi shuʼba aksionerlik jamiyatlari mustaqil yuridik shaxs hisoblanadilar hamda xolding kompaniya majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.
5. Quyidagilar “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligi uchun texnika va mexanizatsiya vositalari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiya aloqalari tashkil etilishi va rivojlanishiga koʻmaklashish;
qishloq xoʻjaligi mashinasozligi sohasida yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, paxtachilik, gʻallachilik va qishloq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun texnikaning ilgʻor turlari fermer (dehqon) xoʻjaliklari va tomorqa uchastkalari uchun kichik — mexanizatsiya vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi mashinalarining har xil turlari va tizimlariga boʻlgan talabni qondirish, ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasining raqobatga bardoshliligini oshirish, uning eksportga yetkazib berilishini kengaytirish;
korxonalarning kompaniyaga tegishli boʻlgan aksiyalar paketlari va paylariga muvofiq xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarni boshqarishda qatnashish;
tarmoqni texnika bilan qayta jihozlash uchun xorijiy investorlarning mablagʻlarini keng jalb etish, yetakchi xorijiy firmalar bilan qishloq xoʻjaligi mashinalarining va mexanizatsiya vositalarining zamonaviy turlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar va ishlab chiqarishlar tashkil etish.
6. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi ijroiya apparatining tuzilmasiga 4 va 4a-ilovalarga muvofiq hamda xodimlarning cheklangan soni 70 nafar boʻlishiga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, kompaniya raisi va uning oʻrinbosarlari muassislarning umumiy yigʻilishida saylanadi va Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimiga tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki Qoʻmitasi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasining boshqa muassislari bilan birgalikda bir oy muddatda taʼsis yigʻilishi oʻtkazsin, kuzatish kengashi tuzsin, kompaniyaning ustavini tasdiqlasin va uning ustav fondini shakllantirsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligining Demonopolizatsiya va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi taʼsis hujjatlari berilgan sanadan boshlab ikki hafta muddatda “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazsinlar.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda xolding aksiyalari emissiyasi prospektini tayyorlasin va roʻyxatdan oʻtkazsin, bunda aksiyalar paketining 51 foizi davlatga tegishli boʻlishini va qolgan qismi yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida taqsimlanishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi uch oy muddatda xolding tarkibiga kiruvchi shuʼba aksionerlik jamiyatlarining tuzilmasini, maqomini qayta koʻrib chiqsin va ular bilan oʻzaro hamkorlik qilishning amaliy tartibini ishlab chiqsin.
10. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1996 — 1998-yillarda sotilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining bir foizi miqdoridagi xolding kompaniyaning barqarorlashtirish va rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratmalarni xolding kompaniyaning shuʼba korxonalari mahsulotlari (ishlari xizmatlari) tannarxiga qoʻshish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi bilan birgalikda 1996-yilda qishloq xoʻjalik mashinasozligini rivojlantirishga va tarkibiy qayta qurishga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy investorlarning qatnashishi uchun tenderlar (tanlovlar) tashkil etsinlar.
12. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjalik texnikasini sotishning va ularga firma xizmati koʻrsatishning, shu jumladan lizing asosida xizmat koʻrsatishning yangi shakllarini joriy etishga doir takliflar kiritsinlar.
13. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi texnikasining raqobatga bardoshli yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturini ishlab chiqsinlar va 1996-yilning uchinchi choragida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
14. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi ijroiya apparati joylashtiriladigan joyini belgilasin.
15 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Y.F. Paygin va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-yanvar,
45-son
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar
ROʻYXATI
1. Shuʼba korxonalar
“Toshkent traktor zavodi” IB, Toshkent shahri
“Toshqishloqxoʻjalikmash” IB, Toshkent shahri
Toshkent agregat zavodi, Toshkent shahri
“Oʻzbekqishloqxoʻjalikmash” AJ, Toshkent shahri
“Chirchiqqishloqxoʻjalikmash” AJ, Chirchiq shahri
“Kimyoqishloqmash” AJ, Toshkent shahri
“Texnolog” AJ, Toshkent shahri
“Bogʻdorchilik mashinasozlik zavodi” AJ, Toshkent viloyati
“Intermash” AJ, Toshkent viloyati
“Urganchozuqamash” AJ, Urganch shahri
“Uzun tajriba ixtisoslashtirilgan zavodi” AJ, Surxondaryo viloyati
2. Jalb qilingan qatnashchilar
“BMKB-Agromash” AJ, Toshkent shahri
“Oʻzitalmotor” AJ, Toshkent shahri
“Normal zavodi” jamoa korxonasi, Yangiyoʻl shahri
“Buxoro tajriba ixtisoslashtirilgan zavodi” jamoa korxonasi, Buxoro viloyati
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasining
TUZILMASI
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi ijroiya apparati
TUZILMASI
Rahbariyat
Marketing va rivojlantirishning prognozi boshqarmasi
Ilmiy-texnika taraqqiyoti va investitsiyalar boshqarmasi
Qimmatli qogʻozlar boshqarmasi
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi boʻlimi
Tashqi iqtisodiy aloqalar boʻlimi
Xalq isteʼmoli tovarlarini rivojlantirish boʻlimi
Moliya, hisob va hisobot boʻlimi
Ishlar boshqarmasi
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi ijroiya apparati
TUZILMASI