Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2327-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 106-son “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 20-yanvardagi 4 va 2012-1-son “Respublika ichki isteʼmolchilariga realizatsiya qilinadigan paxta tolasiga qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2327, 2012-yil 16-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 7-son, 74-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-may,
94-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-may,
2018-46-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2018-y., 10/18/2327-1/1280-son)