Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashining faoliyati samarali va sifatli tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 12-son, 87-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 21-may,
380-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 380-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida” 2012-yil 19-dekabrdagi 356-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-ilovaning 15-bandida:
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi hisoblanadi”;
b) uchinchi xatboshidagi “vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “vaziri” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 3-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kengashi TARKIBI
|
A.I. Axmedxadjayev |
— |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, Jamgʻarma Kengashi raisi |
|
lavozimiga koʻra |
— |
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
V.Y. Pak |
— |
Moliya vazirining oʻrinbosari |
|
G.M. Islamova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha) |
|
Sh.N. Iskandarov |
— |
AT “Aloqabank” boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
Izoh. Jamgʻarma Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Kengash tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/380/1262-son, 11.10.2018-y., 09/18/817/2033-son)