O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDA TOVAR BOZORLARI KON’YuNKTURASINI O‘RGANISh MARKAZINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-maydagi 113-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish Respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tovar bozorlarini konyunkturasini muntazam o‘rganish, iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish, uni tovar bilan to‘ldirish va boshqarish chora-tadbirlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Quyidagilar Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
umuman respublika va hududlar bo‘yicha iste’mol bozori konyunkturasini o‘rganish;
iste’mol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari konyunkturasini o‘rganish;
umuman va asosiy tovarlar guruhlari bo‘yicha iste’mol bozorining ahvoli to‘g‘risida har oylik tahliliy ma’lumotlarni hamda yil choraklari bo‘yicha konyunktura obzorlarini tayyorlash;
iste’mol bozorini aholi ehtiyoji katta bo‘lgan tovarlar bilan to‘ldirishga doir tavsiyanoma va takliflar tayyorlash:
iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;
vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalarning, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning buyurtmalari bo‘yicha shartnoma asosida marketing va konyunktura tadqiqotlari o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazi direktori lavozim maoshi bo‘yicha “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘iga tenglashtirilsin. Direktorga Markaz xodimlariga lavozim maoshining 70 foizigacha miqdorda shaxsiy ustamalar belgilash huquqi berilsin.
4. Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlar uchun olingan xo‘jalik faoliyati mablag‘lari Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazi faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari etib belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasiga Markaz apparatini ta’minlashga, shu jumladan belgilangan ustamalarga, tahlillar o‘tkazishga va Markazni texnika bilan jihozlashga zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, Tovar bozorlari konyunkturasini o‘rganish markazi hisob-kitob va valyuta schyotiga ega bo‘lgan mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi.
Markaz “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasining quyidagi manzildagi binosiga joylashtirilsin: Toshkent sh., O‘zbekiston ko‘chasi, 45a-uy.
6. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Markazni yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlasin;
Markazni zarur statistika axborotlari bilan ta’minlasin, Bosh hisoblash markazining hududiy bo‘linmalari orqali Markaz tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiyot bo‘yicha iste’mol bozori tahlil qilinishini tashkil etsin;
Markazni uning tashkiliy davrida, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar bilan ta’minlasin.
7. Respublika markaziy iqtisodiyot organlari, vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, xo‘jalik birlashmalari hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, birjalar zimmasiga Tovar bozorlarini konyunkturasini o‘rganish markazi tomonidan so‘raladigan, Markaz vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni taqdim etish yuklansin.
8. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari O‘.Q. Ismoilov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 23-yanvar,
35-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 14-avgustdagi 286-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)