21.05.2018 yildagi 379-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2018-yil 1-maydan boshlab qarzdorlar, shu jumladan, yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari hamda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlar toʻgʻrisida barcha uchun ochiq maʼlumotlar bazasi ishlab chiqilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari jismoniy va yuridik shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz yetkazib berish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda qarzdorlikni tekshirish deb ataladi) mavjudligi tekshirilganidan keyin amalga oshiriladi, ushbu bandning oltinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlik mavjudligini tekshirish ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) maʼlumotlar bazasi orqali onlayn rejimida tegishli yirik bitimlarni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatishdan avval amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik bitimlarni amalga oshirish va tegishli xizmatlar koʻrsatishga qarzdorlikni tekshirish natijalari boʻyicha yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqazish xizmatlari, shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanmagan qarz aniqlanmagan taqdirdagina ruxsat etiladi. Bu hollarda bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar koʻrsatayotgan tashkilot Byuro maʼlumotlar bazasidan tegishli koʻchirmani chop etadi hamda uni tegishli bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni koʻrsatish bilan bogʻliq materiallarga biriktirib qoʻyadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik aniqlangan taqdirda, bitimni amalga oshirayotgan yoki xizmatlar koʻrsatayotgan tashkilotlar qarzdorga Byuro maʼlumotlar bazasidan olingan tegishli koʻchirma nusxasini taqdim etgan holda bitimni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy toʻlovlarni toʻlashni nazarda tutadigan mulkiy tusga ega ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlikni tekshirish faqat ushbu qaror 1-ilovasining 10 — 12-bandlarida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatilayotganda jismoniy shaxsga nisbatan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov oʻrnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun qarzdorlikni tekshirish jismoniy shaxslarga — koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlariga va qarzdor — koʻchmas mulk mulkdorining turar joy manzili boʻyicha doimiy propiska qilingan shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bitimlarni amalga oshiruvchi va tegishli xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Byuro Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradigan maxsus dasturiy modul ishlab chiqilishini va uning faoliyatini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning maʼlumotlar bazasi orqali yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun, shu jumladan, jismoniy shaxs doimiy propiska qilingan joy boʻyicha, shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlikni tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarzdorlikni tekshirish natijasi boʻyicha tekshirish oʻtkazilgan sana va vaqtni koʻrsatgan hamda maxsus QR-kodni qoʻygan holda tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi koʻchirmani chop etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Byuroning maʼlumotlar bazasiga tegishli qarzdorlik toʻlanganligi toʻgʻrisidagi axborotni tezkor ravishda kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar Byuro bilan birgalikda ikki hafta muddatda qarzdorlikni tekshirishda dastlabki va chiqish maʼlumotlariga doir yagona texnologik va tashkiliy talablarni, Byuroning maʼlumotlar bazasiga markazlashtirilgan holda ulanishni hamda axborot xavfsizligining boshqa talablarini nazarda tutuvchi oʻzaro elektron hamkorlikning tegishli reglamentlarini tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklariga jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatda nazarda tutilmagan kreditlar berishda hamda boshqa moliya-kredit xizmatlari koʻrsatishda mijozning toʻlov qobiliyatini va bajarilmay qolgan moliyaviy majburiyati mavjudligini tekshirish maqsadida Byuro maʼlumotlar bazasi orqali qarzdorlik tekshiruvini bank amaliyotiga joriy qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Byuroga jismoniy shaxslarning yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, ijro hujjatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashning qoʻshimcha shakllari, fuqarolarni qarzdorlik mavjudligi va uni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, jumladan, SMS xabarlar va USSD soʻrovlardan foydalangan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisida xabardor qilish shakllarini joriy etish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa tarmogʻi operatorlari Byuroning soʻroviga binoan abonentlarga yetkazib berilgan energiya resurslari, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari boʻyicha qarzdorlik, shuningdek, ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik muddati va ularni toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi SMS-xabarlarning bepul tarqatilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali faqat qarzdorlik tekshirilgandan keyin sodir etiladigan yirik bitimlar va koʻrsatiladigan xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Yirik bitimlar va xizmatlar

Bitimlarni amalga oshiruvchi
yoki xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar

1.

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar)

Notarial idoralar
(Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi)

2.

Avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar)

3.

Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari boʻyicha sotish.

“Oʻzavtosanoat” AJ

4.

Koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular boʻyicha lizing operatsiyalari

Tijorat banklari

5.

Ijro hujjatlar boʻyicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish)

“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi
Majburiy ijro byurosi)

6.

Xususiylashtiriladigan koʻchmas mulk obyektlarini, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyutmanomalar qabul qilish)

7.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish

Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari

(Oʻzbekiston Respublikasi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
)

Davlat xizmatlari markazlari
(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

8.

Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish.

9.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi kadastr ishlarini tayyorlash

10.

Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun aviachiptalar sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)*

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari

11.

Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun temir yoʻl chiptalari sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga temir yoʻl chiptalaridan tashqari)*

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning temir yoʻl chiptalari sotish kassalari

12.

Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylashtirish*

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari
(Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

13.

Avtotransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari

(Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi)

14.

Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish

15.

Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish va qayta rasmiylashtirish, shuningdek, litsenziyalarni qayta tiklash va ularning amal qilish muddatini uzaytirish.

Litsenziyalovchi organlar

Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

16.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish.

Oʻzbekiston Respublikasi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

17.

Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish

Qurilish boʻlimlari

(Oʻzbekiston Respublikasi
Qurilish vazirligi)

Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi)

18.

Binolar va inshootlar tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadni taʼmirlash) kelishish

19.

Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish

20.

Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish

21.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi

Davlat bojxona xizmati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qoʻmitasi)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qarzdorlikni tekshirish sud yoki davlat ijrochisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtinchalik cheklov oʻrnatilganligi mavjudligi yuzasidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 21-maydagi 379-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlarni amalga oshiruvchi va tegishli xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.