1-ILOVA
|
T/r |
Yirik bitimlar va xizmatlar |
Bitimlarni amalga oshiruvchi |
|
1. |
Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, hadya, ishonchnoma berish, ishonchli boshqarish va shu kabilar) |
Notarial idoralar |
|
2. |
Avtotransport vositalari bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlash (oldi-sotdi, ijara, lizing, hadya, ishonchnoma berish va shu kabilar) | |
|
3. |
Yangi avtotransport vositalarini, shu jumladan lizing shartnomalari boʻyicha sotish. |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
4. |
Koʻchmas mulk va avtotransport vositalarini sotib olish uchun kreditlar berish, shu jumladan, ular boʻyicha lizing operatsiyalari |
Tijorat banklari |
|
5. |
Ijro hujjatlar boʻyicha elektron-onlayn auksionlarda mulkni sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyurtmanomalar qabul qilish) |
“Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” DUK (Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi |
|
6. |
Xususiylashtiriladigan koʻchmas mulk obyektlarini, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushlarini hamda davlat mulkini ijaraga berish huquqini elektron onlayn-auksionlarda sotish (elektron onlayn auksionda ishtirok etish uchun buyutmanomalar qabul qilish) | |
|
7. |
Yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish |
Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari |
|
8. |
Binolar, inshootlar va koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish. | |
|
9. |
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi kadastr ishlarini tayyorlash | |
|
10. |
Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun aviachiptalar sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga aviachiptalardan tashqari)* |
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aviachiptalar sotish kassalari |
|
11. |
Xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari koʻrsatish uchun temir yoʻl chiptalari sotish (Oʻzbekiston Respublikasiga temir yoʻl chiptalaridan tashqari)* |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning temir yoʻl chiptalari sotish kassalari |
|
12. |
Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylashtirish* |
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari |
|
13. |
Avtotransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish |
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi |
|
14. |
Avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish va almashtirish | |
|
15. |
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish va qayta rasmiylashtirish, shuningdek, litsenziyalarni qayta tiklash va ularning amal qilish muddatini uzaytirish. |
Litsenziyalovchi organlar Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi) |
|
16. |
Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi) |
|
17. |
Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) ruxsat berish |
Qurilish boʻlimlari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari markazlari (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi) |
|
18. |
Binolar va inshootlar tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadni taʼmirlash) kelishish | |
|
19. |
Obyektni rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish uchun ruxsatnoma berish | |
|
20. |
Qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish | |
|
21. |
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi |
Davlat bojxona xizmati organlari (Oʻzbekiston Respublikasi |
2-ILOVA
|
Bosqichlar |
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Ijro muddati | |
|
|
| |||||
|
| ||||||
|
1-bosqich |
“Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi |
|
Yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) onlayn rejimida taqdim etadi, shuningdek, qarzdorlik toʻlangan taqdirda ushbu maʼlumotlar bir vaqtning oʻzida yangilab borilishini taʼminlaydi. |
Doimiy ravishda | ||
|
|
||||||
|
| ||||||
|
2-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi |
|
1. “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek, ijro hujjatlari maʼlumotlar bazasidan olingan maʼlumotlar asosida yetkazib berilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar shuningdek, mulkiy tusdagi ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorligi (keyingi oʻrinlarda qarzdorlik deb ataladi) mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar — qarzdorlar toʻgʻrisida tegishli maʼlumotlar bazalarini shakllantiradi. 2. Tasdiqlangan reglamentlarga muvofiq ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning shakllantirilgan maʼlumotlar bazasiga moneliksiz kirishini taʼminlaydi. |
Doimiy ravishda | ||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar |
|
Ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan yirik bitimlarni amalga oshirish, ayrim moliya-kredit xizmatlarini koʻrsatish, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlari koʻrsatishda qarzdorlarning maʼlumotlar bazasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarda qarzlarning mavjudligini oldindan tekshiradi. |
Yirik bitimlarni amalga oshirish va ayrim moliya-kredit xizmatlari koʻrsatishgacha | ||
|
|
||||||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Bitimlarni amalga oshiruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar |
|
Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda, bitimlarni amalga oshirish va xizmatlarni koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda | ||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Jismoniy va yuridik shaxslar “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ, Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Byuro (ijro hujjatlari qismi boʻyicha) |
|
1. Mavjud qarzdorlikni qoplaydi. 2. Qarzdor tomonidan qarz toʻlanganligi haqidagi maʼlumot Byuroning maʼlumotlar bazasiga tezkorlik bilan kiritilishini (taqdim etilishini) taʼminlaydi. |
1. Jismoniy va yuridik shaxslarda qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda 2. Mavjud qarzdorlik qoplanganidan soʻng zudlik bilan | ||
|
|
||||||