Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyruqning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 22-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2960-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-dekabrdagi 30-mh-sonli “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik maʼlumotlarini taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3588, 23.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-yanvardagi 1-mh-son “Advokatlik tuzilmalarining statistik maʼlumotlar shakllarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 2960, 2018-yil 5-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 1-son, 11-modda) muqaddimasidagi “2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son” degan soʻzlar “2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-may,
292-mh-son
Kelishilgan:
Advokatlar palatasi raisi v.b. Sh. SADIKOV
2018-yil 17-may
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2018-y., 10/18/2960-1/1249-son)