Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va tasdiqlash hamda qurilish-montaj ishlarini olib borish tartibini soddalashtirish, shuningdek, kapital qurilishda pudratchilarning roli va javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan loyihalarni foydalanishga “tayyor holda topshirish” sharti asosida (Engineering Procurement Construction) (keyingi oʻrinlarda — EPC-pudratchilar) “fast-track” uslubida (bir vaqtning oʻzida loyihalash, xarid qilish va qurilish ishlari) realizatsiya qilishda pudratchilarga, jumladan xorijiy pudratchilarga qurilish sohasidagi tegishli litsenziyalar va (yoki) ruxsatnomalarni olmasdan, loyihalarni sifatli amalga oshirish boʻyicha toʻliq javobgarlikni EPC-pudratchilarga yuklash sharti bilan bir martalik ruxsat berishga haqli;
Keyingi tahrirga qarang.
EPC-pudratchilar “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilish uchun ruxsat olishda shu kabi loyihalar boʻyicha amaliy tajribaga, muayyan moliyaviy koʻrsatkichlar va malakali muhandislar tarkibiga ega boʻlishi hamda Agentlik tomonidan belgilangan boshqa mezonlarga mos kelishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
Arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash bekor qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
ushbu Farmon ilovasida nazarda tutilgan qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadigan shaxslarni akkreditatsiyalashga masʼul organ hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik davlat buyurtmachisi va “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilishga ruxsat olgan EPC-pudratchisi oʻrtasida davlat xaridlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Markazga “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilishga ruxsat olgan EPC-pudratchilar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro va (yoki) milliy normativ hujjatlardan foydalanish talablarini belgilash hamda kelishish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoni uchinchi bandining beshinchi xatboshisi hamda uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibi hamda qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritishni;
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritishni taʼminlasin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-may,
PF-5445-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi PF-5445-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladigan qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlari
ROʻYXATI
1. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari orqali taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish
2. Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash
3. Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash
4. Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2018-y., 06/18/5445/1245-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son; 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)