Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va tasdiqlash hamda qurilish-montaj ishlarini olib borish tartibini soddalashtirish, shuningdek, kapital qurilishda pudratchilarning roli va javobgarligini kuchaytirish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan loyihalarni foydalanishga “tayyor holda topshirish” sharti asosida (Engineering Procurement Construction) (keyingi oʻrinlarda — EPC-pudratchilar) “fast-track” uslubida (bir vaqtning oʻzida loyihalash, xarid qilish va qurilish ishlari) realizatsiya qilishda pudratchilarga, jumladan xorijiy pudratchilarga qurilish sohasidagi tegishli litsenziyalar va (yoki) ruxsatnomalarni olmasdan, loyihalarni sifatli amalga oshirish boʻyicha toʻliq javobgarlikni EPC-pudratchilarga yuklash sharti bilan bir martalik ruxsat berishga haqli;
Keyingi tahrirga qarang.
EPC-pudratchilar “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilish uchun ruxsat olishda shu kabi loyihalar boʻyicha amaliy tajribaga, muayyan moliyaviy koʻrsatkichlar va malakali muhandislar tarkibiga ega boʻlishi hamda Agentlik tomonidan belgilangan boshqa mezonlarga mos kelishi shart;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
2. Qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash bekor qilinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadigan shaxslarni akkreditatsiyalashga masʼul organ hisoblanadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Agentlik davlat buyurtmachisi va “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilishga ruxsat olgan EPC-pudratchisi oʻrtasida davlat xaridlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga ruxsat berishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Agentlikka “fast-track” uslubida loyihalarni realizatsiya qilishga ruxsat olgan EPC-pudratchilar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro va (yoki) milliy normativ hujjatlardan foydalanish talablarini belgilash hamda kelishish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5392-son Farmoni uchinchi bandining beshinchi xatboshisi hamda uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
6. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
arxitektura va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibi hamda qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash uchun kiritishni;
qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritishni taʼminlasin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-may,
PF-5445-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.05.2018-y., 06/18/5445/1245-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son; 14.03.2020-y., 06/20/5963/0300-son; 28.11.2020-y., 06/20/6119/1570-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)