19.05.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3014
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 19-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3014]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14/1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 14-apreldagi 14/1–son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini banklar tomonidan ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eski namunadagi tangalar — Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 2001 — 2002-yillar namunalaridagi 50 soʻmlik, 2004-yil va 2009-yil namunalaridagi 100 soʻmlik tangalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eski namunadagi banknotlar — Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 1994-yil namunasidagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik, 1997-yil namunasidagi 200 soʻmlik, 1999-yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi namunadagi tangalar — Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan 2018-yil namunasidagi 50 soʻmlik, 100 soʻmlik, 200 soʻmlik va 500 soʻmlik tangalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayirboshlash kassalari — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari (bundan buyon matnda MBBB deb yuritiladi) Hisob-kitob kassa markazlarida, tijorat banklari va ularning filiallarida tashkil etiladigan eski namunadagi tangalar va banknotlarni yangi namunadagi tangalarga va muomaladagi banknotlarga ayirboshlab beradigan kassalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tanga va banknotlarning muomalada boʻlish muddatlari quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001 — 2002-yillar namunalaridagi 50 soʻmlik, 2004 va 2009-yil namunalaridagi 100 soʻmlik tangalar hamda 1994-yil namunasidagi 50 va 100 soʻmlik banknotlar uchun 2019-yil 1-iyulgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil namunasidagi 200 soʻmlik, 1999-yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlar uchun 2020-yil 1-iyulgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 20 yilligiga bagʻishlab chiqarilgan 2011-yil namunasidagi qiymati 500 soʻm boʻlgan tangalar qonuniy toʻlov vositasi hisoblanib, ayirboshlab berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy bank tomonidan eski namunadagi tanga va banknotlarni ayirboshlash uchun belgilangan muddatlar tugaganidan soʻng, ular qonuniy toʻlov vositasi boʻlib hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Eski namunadagi tangalarni muomaladan qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 soʻmlik tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab, tijorat banklari va ularning filiallari kassalariga kelib tushgan 2001 — 2002-yillar namunalaridagi 50 soʻmlik, 2004 va 2009-yil namunalaridagi 100 soʻmlik tangalarning qayta muomalaga chiqarilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. MBBB Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalarni (shu jumladan, nuqsonli tangalarni) hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday toʻlov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni ayirboshlab berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. MBBB Hisob-kitob kassa markazlari, barcha tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalarni (shu jumladan, nuqsonli tangalarni) ularning arizasiga asosan omonatga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank plastik kartochka hisobvaraqlariga kirim qilish uchun qabul qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan ayirboshlash kassalariga topshirilgan tangalar miqdorida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ayirboshlash kassalariga topshirilgan tangalar ularning umumiy summasiga teng miqdorda yangi namunadagi tangalar yoki muomaladagi banknotlarga ayirboshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Topshirilgan tangalar summasiga teng boʻlgan mablagʻlar mijozning arizasiga asosan depozit hisobvaragʻiga yoki bank plastik karta hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali hisob-kitob qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ayirboshlash kassasi kassiri tomonidan ayirboshlab berilgan tangalar boʻyicha har ish kuni yakunida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda hisobot tuziladi hamda bankning bosh buxgalteri va kassa mudiriga imzo qoʻydirgan holda, qabul qilingan eski namunadagi tangalarni va kassa qoldigʻini (yangi namunadagi tangalar va muomaladagi banknotlar) kassa mudiriga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tijorat banki filiali tomonidan ayirboshlab berilgan eski namunadagi tangalar toʻgʻrisida MBBBga, MBBB hudud boʻyicha Respublika Markaziy bankiga kunlik maʼlumot berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar eski namunadagi tangalarni ayirboshlab berish uchun ayirboshlash kassalarini oʻz vaqtida va yetarli miqdorda yangi namunadagi tangalar va naqd pullar bilan taʼminlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tijorat banklari filiallari kassalarida mavjud boʻlgan, mijozlardan, shu jumladan aholidan qabul qilib olingan eski namunadagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik tangalar alohida har birida 1000 donadan solingan qoplarda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymati boʻyicha toʻliq shakllantirilgan tangali qoplar tijorat banklari filiallarining buyurtmasiga muvofiq MBBBning farmoyishiga asosan inkassatsiya xizmati orqali Hisob-kitob kassa markaziga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski namunadagi tangalarning muomalada boʻlish muddati tugaganidan soʻng tijorat banklari filiallarida toʻliq boʻlmagan holda shakllantirilgan tangali qoplar MBBB Hisob-kitob kassa markaziga joʻnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. MBBB Hisob-kitob kassa markazlariga olib kelingan eski namunadagi tangalar toʻliq qayta sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash jarayonida aniqlangan kamomad va ortiqcha qoʻyilmalar boʻyicha dalolatnoma tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MBBB Hisob-kitob kassa markazlarida tangalar qiymati boʻyicha har bir qopda 1000 donadan joylashtirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga olib kelib topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski namunadagi tangalarning muomalada boʻlish muddati tugaganidan soʻng tijorat banklari filiallaridan olib kelingan toʻliq boʻlmagan qoplardagi tangalar ham birma-bir qayta sanalgan holda, toʻliq qoplar shakllantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski namunadagi tangalarning muomalada boʻlish muddati tugaganidan soʻng 10 kun muddat ichida MBBB Hisob-kitob kassa markazlaridagi barcha eski namunadagi tangalar Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga joʻnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Eski namunadagi banknotlarni muomaladan qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 soʻmlik tangalar muomalaga chiqarilgan kundan boshlab, tijorat banklari va ularning filiallari kassalariga kelib tushgan 1994-yil namunasidagi 50 soʻmlik va 100 soʻmlik banknotlarning qayta muomalaga chiqarilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Markaziy bankning 1997-yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999-yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlari tijorat banklari filiallari tomonidan saralanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-iyuliga qadar 1997-yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999-yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlarning faqat “eskirgan” toifasiga oʻtkazilganlari toʻliq bogʻlamlarda shakllantirilib, MBBBning Hisob-kitob kassa markaziga joʻnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-iyulidan boshlab bank kassalariga kelib tushgan 1997-yil namunasidagi 200 soʻmlik va 1999-yil namunasidagi 500 soʻmlik banknotlarning qayta muomalaga chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda mazkur banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan toʻliq ayirboshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. MBBB Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi banknotlarni (shu jumladan, eskirgan banknotlarni) hech qanday moneliksiz, cheklovlarsiz qabul qilishlari va hech qanday toʻlov yoki vositachilik haqi undirmagan holda ularni ayirboshlab berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. MBBB Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi banknotlarni (shu jumladan, eskirgan banknotlarni) ularning arizasiga asosan omonatga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bank plastik kartochka hisobvaraqlariga kirim qilish uchun qabul qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mijozlar, shu jumladan aholi tomonidan ayirboshlash kassalariga topshirilgan banknotlar miqdorida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ayirboshlash kassalariga topshirilgan banknotlar ularning umumiy summasiga teng miqdorda yangi namunadagi tangalar yoki muomaladagi banknotlarga ayirboshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Topshirilgan banknotlar summasiga teng boʻlgan mablagʻlar mijozning arizasiga asosan depozit hisobvaragʻiga yoki bank plastik karta hisobvaragʻiga oʻtkazish orqali hisob-kitob qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ayirboshlash kassasi kassiri tomonidan ayirboshlab berilgan banknotlar boʻyicha har ish kuni yakunida mazkur nizomning ilovasiga muvofiq shaklda hisobot tuziladi hamda bankning bosh buxgalteri va kassa mudiriga imzo qoʻydirgan holda, qabul qilingan eski namunadagi banknotlarni va kassa qoldigʻini (yangi namunadagi tangalar va muomaladagi banknotlar) kassa mudiriga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tijorat banki filiali tomonidan ayirboshlab berilgan eski namunadagi banknotlar toʻgʻrisida MBBBga, MBBB oʻz navbatida hudud boʻyicha Markaziy bankka kunlik maʼlumot berishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur maʼlumotlar eski namunadagi banknotlarni ayirboshlab berish uchun ayirboshlash kassalarini oʻz vaqtida va yetarli miqdorda yangi namunadagi tangalar va naqd pullar bilan taʼminlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tijorat banklari filiallari kassalarida mavjud boʻlgan, mijozlardan, shu jumladan aholidan qabul qilib olingan eski namunadagi banknotlar qiymatiga qarab 100 donadan dastalab, 10 ta dastadan iborat boʻlgan bogʻlamlarni toʻliq shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymati boʻyicha toʻliq shakllantirilgan pul bogʻlamlari tijorat banklari filiallarining buyurtmasiga muvofiq MBBBning farmoyishiga asosan inkassatsiya xizmati orqali Hisob-kitob kassa markaziga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski namunadagi banknotlarning muomalada boʻlish muddati tugaganidan soʻng tijorat banklari filiallarida toʻliq boʻlmagan holda shakllantirilgan bogʻlamlar MBBB Hisob-kitob kassa markazlariga joʻnatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. MBBB Hisob-kitob kassa markaziga tijorat banklari filiallaridan olib kelingan eski namunadagi banknotlar toʻliq qayta sanaladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta sanash jarayonida aniqlangan kamomad va ortiqcha qoʻyilmalar boʻyicha dalolatnoma tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MBBB Hisob-kitob kassa markazlarida banknotlar qiymati boʻyicha alohida dastalanib hamda toʻliq bogʻlamlar shakllantirilib, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga olib kelib topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski namunadagi banknotlarning muomalada boʻlish muddati tugaganidan soʻng tijorat banklari filiallaridan olib kelingan toʻliq boʻlmagan bogʻlamlardagi banknotlar ham birma-bir qayta sanalgan holda, toʻliq bogʻlamlarda shakllantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eski namunadagi banknotlarning muomalada boʻlish muddati tugaganidan soʻng 10 kun muddat ichida MBBB Hisob-kitob kassa markazlaridagi barcha eski namunadagi banknotlar Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob kassa markaziga joʻnatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. MBBB eski namunadagi banknot va tangalarni yangi namunadagi tangalarga yoki muomaladagi banknotlarga ayirboshlab berish uchun hududlardagi tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda yangi namunadagi tangalar va muomaladagi banknotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash choralarini koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining eski namunadagi 50 va 100 soʻmlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 soʻmlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20_____ yilning “___” __________ da ______________ bankning ___________ filiali ayirboshlash kassasi tomonidan qabul qilingan eski namunadagi tangalar va banknotlar hamda ayirboshlab berilgan yangi namunadagi tangalar va muomaladagi banknotlar boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

(soʻmda)

T/r

Kassa mudiridan qabul qilingan yangi namunadagi tangalar va muomaladagi banknotlar

Ayirboshlash uchun qabul qilingan eski namunadagi tangalar va banknotlar

Ayirboshlab berish uchun ishlatilgan yangi namunadagi tangalar va muomaladagi banknotlar

Plastik kartaga (omonatga) oʻtkazilgan mablagʻlar

Kun oxirida qolgan yangi namunadagi tangalar
va muomaladagi banknotlar qoldigʻi

Nominali

Summasi

Nominali

Summasi

Nominali

Summasi

Summasi

Nominali

Summasi

Tangalar

50 soʻmlik

50 soʻmlik

50 soʻmlik

50 soʻmlik

100 soʻmlik

100 soʻmlik

100 soʻmlik

100 soʻmlik

200 soʻmlik

200 soʻmlik

200 soʻmlik

500 soʻmlik

500 soʻmlik

500 soʻmlik

Jami:

Banknotlar

200 soʻmlik

50 soʻmlik

200 soʻmlik

200 soʻmlik

500 soʻmlik

100 soʻmlik

500 soʻmlik

500 soʻmlik

1000 soʻmlik

200 soʻmlik

1000 soʻmlik

1000 soʻmlik

5000 soʻmlik

500 soʻmlik

5000 soʻmlik

5000 soʻmlik

10000 soʻmlik

10000 soʻmlik

10000 soʻmlik

50000 soʻmlik

50000 soʻmlik

50000 soʻmlik

Jami:

Hammasi:



Bosh buxgalter:

_____________________

___________________________

(imzo)

(F.I.O.)

Kassa mudiri:

______________________

___________________________

(imzo)

(F.I.O.)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 10/18/3014/1240-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)