Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022 16.05.2018 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-sentabrdagi 505-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish masalalarini hal etishga kompleks yondashishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining ovqatlanishi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshxonalar xodimlari sonini, oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va yetkazib berish xarajatlarini maqbullashtirish, tabiiy kamayish normalari doirasida nobudgarchiliklarni eng kam darajaga keltirish, taomlar turlarini xilma-xillashtirish va ovqat tayyorlash sifatini yaxshilash hamda bo‘linmalar samaradorligini oshirish imkonini beradigan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalari shaxsiy tarkibining ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing shartlarida ovqatlanishni tashkil etishni birinchi navbatda bo‘linmalarda, harbiy qismlarda, kichik mutaxassislarni tayyorlash o‘quv markazlarida va harbiy davolash muassasalarida joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing bo‘yicha umumiy ovqatlanish korxonalari (keyingi o‘rinlarda autsorser deb ataladi) xizmatlariga haq to‘lash autsorserning barcha xarajatlarini (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari hamda asbob-uskunalarni ta’mirlash va ulardan foydalanish va boshqalarni) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olingan holda shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi o‘rtacha bozor narxlari bo‘yicha bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ovqatlanishning tasdiqlangan normasidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish uchun ijara shartnomasi doirasida autsorsyerga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov nol stavka bo‘yicha belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkibga ovqat tayyorlash uchun autsorser tomonidan iste’mol qilinadigan kommunal xizmatlar qiymati O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsingning ko‘rsatilgan xizmatlari uchun narxlar (shartnomalar bo‘yicha), qoidaga ko‘ra, ko‘pi bilan bir oyda bir martda qayta ko‘rib chiqilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing bo‘yicha shartnomalar tuzish umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy va logistik bazaga ega bo‘lgan talabgorlarga ustunlik berilgan holda eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalariga, gigiyeniya normalari va normativlariga, shuningdek, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga to‘liq muvofiq bo‘lishi kerak bo‘lgan ovqat tayyorlash va mahsulotlar sifatini nazorat qilish zarurat bo‘lganda vazirliklar va idoralarning mutaxassislari jalb etilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autsorsing tizimiga o‘tish munosabati bilan tejalgan pul mablag‘larini birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi shart-sharoitlarini yaxshilashga yo‘naltirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining tegishli bo‘linmalarida shaxsiy tarkibning ovqatlanishini tashkil etish bo‘yicha autsorsing xizmatlari ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarning asossiz o‘sib ketishiga va ovqat sifatining yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalarining so‘rovi bo‘yicha oziq-ovqatlarga amaldagi o‘rtacha bozor narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar muntazam taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha bevosita fermer xo‘jaliklaridan, ulgurji savdo tashkilotlari va ularning vakillaridan sotib olinishida autsorserlarga har tomonlama yordam berilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni B.X. Toshmatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 16-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 09/18/366/1236-son)