Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Chorvoq” erkin turistik zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5273-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Toshkent viloyatining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali aholining dam olishi va turizmi uchun sharoitlarni yaxshilash, turizm xizmatlari sohasida yangi ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligi hamda farovonligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining “Chorvoq” erkin turistik zonasi chegaralarini 1-ilovaga* muvofiq tavsiflash toʻgʻrisidagi takliflari;
“Chorvoq” erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi 2-ilovaga* muvofiq;
“Chorvoq” erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish tadbirlari rejasi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Boshqaruv xodimlari soni 7 kishidan iborat va 4-ilovaga* muvofiq tuzilmaga ega boʻlgan ““Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3 Quyidagilar:
““Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining Ustavi 5-ilovaga* muvofiq;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi hududida yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Direksiya “Chorvoq” erkin turistik zonasining mustaqil budjeti mablagʻlari hisobiga saqlab turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Toshkent viloyati hokimligi:
Direksiyani kelgusi yillarda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish sharti bilan 2018 — 2020-yillar davrida saqlash uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha zarur mablagʻlar;
ikkita avtotransport vositasi, jumladan, bitta yengil va bitta yoʻl tanlamaydigan avtomobil xarid qilish uchun pul mablagʻlari, shuningdek, ularni saqlashga limit ajratsin.
6. Direksiya Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahri, Mustaqillik koʻchasi, 14-uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligi daxldor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ushbu qaror ijrosining doimiy nazoratini taʼminlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga rejalashtirilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz bajarilishini taʼminlash maqsadida tegishli qarorlar qabul qilish uchun har chorakda takliflar kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov va Toshkent viloyati hokimi Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 15-may,
365-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 25-oktabrdagi PQ-3356-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 16-yanvardagi 29-son qaroriga 2-ilovada:
a) 1-bandga “(keyingi oʻrinlarda EIZ deb ataladi)” soʻzlaridan soʻng “shu jumladan erkin turistik zonalar (keyingi oʻrinlarda ETZ deb ataladi)” soʻzlari qoʻshilsin;
b) quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
“41. Quyidagilar ETZ hududida investitsiya loyihalarini joylashtirishda majburiy mezonlar hisoblanadi:
ETZ hududida zamonaviy mehmonxona komplekslari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va turistik yoʻnalishdagi boshqa obyektlarni qurish, shuningdek, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obyektlarini tashkil etish;
yordamchi xizmatlar koʻrsatish uchun qoʻshimcha infratuzilmani (kafe, restoranlar, barlar, oshxonalar, furshetlar oʻtkazish binolari), shuningdek, turistlarni tashish (zamonaviy avtobuslarda, osma yoʻllarda va boshqalar) xizmatlarini tashkil qilish;
transport vositalaridan (avtobus, poyezd, elektropoyezd) erkin foydalanishni taʼminlash;
koʻrsatiladigan xizmatlarning turizm sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, shuningdek, ekologik va atrof-muhitni himoya qilish sohasini texnik tartibga solish talablariga mosligi;
turistlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur sharoitlar bilan taʼminlagan holda, maxsus funksional va mavsumiy dam olish zonalari tashkil qilish;
hudud ekotizimi imkoniyatlarini inobatga olib, noyob turistik yoʻnalishlar tashkil etish;
turistlar xavfsizligining qoʻshimcha sharoitlarini, jumladan, turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, turistlar haqida maʼlumotlar axborot bazasi, favqulodda holatlarda ogohlantirish va shoshilinch yordam koʻrsatish orqali tashkil etish;
muqobil va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qoʻllagan holda, energiya tejaydigan zamonaviy tizimlar va texnologiyalarni joriy qilish asosida noyob ekologiya tizimini tashkil etish loyihasini amalga oshirish;
maʼmuriy kengash tomonidan belgilanadigan miqdorda, shu jumladan Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi taqdim etadigan roʻyxatlar boʻyicha bandlikka muhtojlarni qabul qilish boʻyicha 10 foizli kvotani belgilash orqali yangi ish oʻrinlari tashkil qilish;
tashkil etiladigan tashkilot xodimlari shtatini jalb qilingan xodimlar umumiy sonining kamida 95 foizi miqdorida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan toʻldirish va ularga stajirovka oʻtash hamda malaka oshirish imkoniyatini yaratish;
jahondagi yetakchi mehmonxona tarmoqlari, umumiy ovqatlanish tarmoqlari brendlari va boshqa brendlarni jalb qilish yoki tashrif buyuruvchilarning zamonaviy talablariga javob beradigan mintaqaviy brendni tashkil etish”;
v) quyidagi mazmundagi 71-band qoʻshilsin:
“71. ETZ hududida tashkil qilinadigan va Direksiyaga taqdim etiladigan investitsiya loyihasining biznes-rejasida quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettirilishi lozim:
ariza beruvchi tashkilot yoki uning muassislari toʻgʻrisida axborot;
rejalashtiriladigan ishlar nomi, ularning oʻziga xos xususiyatlari va hajmi;
xizmatlar bozorining marketing tadqiqotlari, shu jumladan quvvatlarni ish bilan taʼminlashning mavsumiy darajasi hisob-kitoblari, koʻrsatiladigan xizmatlar uchun taxmin qilinayotgan narxlar;
investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar, tovar, xom ashyo va materiallar logistikasi hamda ularni tashish;
investitsiya loyihasini amalga oshirish va xizmatlar barqaror koʻrsatilishini taʼminlash uchun muhandislik-kommunikatsiya taʼminoti vositalarining zarur hajmlari va parametrlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suv va texnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl);
investitsiya loyihasi obyektlarini oqilona joylashtirish uchun zarur uchastkaning taxmin qilinayotgan hajmlari, shuningdek, asosiy obyekt, maʼmuriy korpus va boshqa yordamchi binolar joylashtiriladigan joylar koʻrsatilgan holda, ularni joylashtirishning dastlabki sxemasi;
foydalanilayotgan texnologiyalar tavsifi (ekologik talablar va energiya samaradorligi talablari) va texnologik uskunalarning roʻyxati va xususiyatlari, ularni ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar hamda ishlab chiqargan mamlakatlarni koʻrsatish;
investitsiya loyihasida qoʻllaniladigan va xalqaro standartlarga mos boʻlgan menejment tizimi;
investitsiyalar, moliyalashtirish manbalarining taxmin qilinayotgan miqdorlari, turi va ularni jalb etish muddatlari hamda zayom jalb qilingan holatda taxmin qilinayotgan kafolat taʼminoti;
investitsiya loyihasini amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblari;
jalb etiladigan jahondagi yetakchi mehmonxona tarmoqlari, umumiy ovqatlanish tarmoqlari brendlari va boshqa brendlar;
tashkil qilinadigan ish oʻrinlari soni va xodimlarni yollash manbalarini koʻrsatish (mahalliy — kollejlar bitiruvchilari, mehnat birjasi tomonidan yuboriladigan shaxslar, boshqa tashkilotlar xodimlari va jalb etilgan xorijiy mutaxassislar)”;
g) quyidagi mazmundagi 121-band qoʻshilsin:
“121. ETZ hududida investitsiya loyihasini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda maʼmuriy kengash quyidagilarni koʻrib chiqadi:
investitsiya loyihasining ushbu Nizomning 41-bandi talablariga muvofiqligi;
investitsiyalarni muassislarning oʻz mablagʻlari va ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati taqdim etilmasdan jalb qilingan kreditlar hisobidan amalga oshirish;
investorning moliyaviy layoqatliligi, texnik va texnologik bazaning mavjudligi;
investitsiya loyihasi amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi (investitsiya loyihasini qulay joylashtirish, tashkil etiladigan ish oʻrinlari soni, hudud va umuman, sohadagi infratuzilma oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatish, ishlab turgan quvvatlardan foydalanish, zarur infratuzilmaning mavjudligi);
investitsiya loyihasida xalqaro standartlarga mos boʻlgan menejment tizimining mavjudligi;
asbob-uskunalar va texnologik liniyalar roʻyxati koʻrsatilgan holda, energiya tejaydigan zamonaviy tizimlar va texnologiyalar mavjudligi haqidagi maʼlumotlar.
Investitsiya buyurtmanomalarini koʻrib chiqishda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nazarda tutilgan, jahondagi yetakchi mehmonxona tarmoqlari va umumiy ovqatlanish tarmoqlari brendlarining mezonlariga mos boʻlgan, shuningdek, xodim sifatida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jalb etishni koʻzda tutadigan loyihalarga ustunlik beriladi”;
d) 21-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi — erkin turistik zonalarda investitsiya loyihalar amalga oshirilishining maqsadga muvofiqligi qismi boʻyicha”;
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi 196-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 4-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Erkin iqtisodiy zonalar hududida soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 4-bandiga quyidagi mazmundagi “d” kichik bandi qoʻshilsin:
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi PF-5273-son Farmonining 3-bandi bilan “Chorvoq” erkin turistik zonasiga va erkin turistik zona ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik qoidalari, shu jumladan erkin iqtisodiy zonalar va ularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar tatbiq etiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondashishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi, 4, 5-bandlari va 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son; 18.11.2020-y., 09/20/722/1611-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)