Joriy versiya | Hujjat 12.07.2024 sanasi holatiga | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qarori | qarori | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining dasturiy kompleksini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (keyingi oʻrinlarda Hisob palatasi deb ataladi) oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazasidan foydalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (keyingi oʻrinlarda Hisob palatasi deb ataladi) oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlari maʼlumotlar bazasidan foydalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
1. Quyidagilar: | 1. Quyidagilar: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq; | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 1-ilovaga muvofiq; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga elektron soʻrovga muvofiq maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminoti orqali ular maʼlumotlar bazasini shakllantirishlaridan oldin maʼlumotlar taqdim etadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish ruxsat etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2. Ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillar mobaynida oʻzlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirsinlar, shuningdek, ularni Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning maʼlumotlar uzatish idoralararo tarmogʻiga ulasinlar. | 2. Ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2018 — 2020-yillar mobaynida oʻzlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirsinlar, shuningdek, ularni Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning maʼlumotlar uzatish idoralararo tarmogʻiga ulasinlar. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hisob palatasi bilan kelishgan holda, ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularni Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulash jadvalini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | 3. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Hisob palatasi bilan kelishgan holda, ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, ularni Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulash jadvalini tasdiqlash uchun uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
4. Soliq organlari hamda davlat boshqa organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi Hisob palatasining dasturiy kompleksini (keyingi oʻrinlarda dasturiy kompleks deb ataladi) yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 4. Soliq organlari hamda davlat boshqa organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi Hisob palatasining dasturiy kompleksini (keyingi oʻrinlarda dasturiy kompleks deb ataladi) yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: | 5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining, ularning maʼlumotlar bazasidan Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanishini ikki hafta muddatda taʼminlasin; | ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining, ularning maʼlumotlar bazasidan Hisob palatasi real vaqt rejimida foydalanishi uchun Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulanishini ikki hafta muddatda taʼminlasin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2018-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Hisob palatasi ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlaridan axborot olish maqsadida maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminotini ishlab chiqsin va foydalanishga topshirsin, shuningdek, zaruriyatga koʻra, elektron hisobot maʼlumotlari shakllanishini hisobga olgan holda uning yanada takomillashtirilishini taʼminlasin; | 2018-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Hisob palatasi ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlaridan axborot olish maqsadida maʼlumotlar ayirboshlashning dasturiy taʼminotini ishlab chiqsin va foydalanishga topshirsin, shuningdek, zaruriyatga koʻra, elektron hisobot maʼlumotlari shakllanishini hisobga olgan holda uning yanada takomillashtirilishini taʼminlasin; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Hisob palatasiga “Litsenziya” axborot tizimlaridan, shuningdek, uning soʻrovlariga muvofiq boshqa axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin. | Hisob palatasiga “Litsenziya” axborot tizimlaridan, shuningdek, uning soʻrovlariga muvofiq boshqa axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlasin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga: | 6. Ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
qonun hujjatlarining axborot xavfsizligiga rioya etishga doir talablarini hisobga olgan holda Hisob palatasi ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish; | qonun hujjatlarining axborot xavfsizligiga rioya etishga doir talablarini hisobga olgan holda Hisob palatasi ularning maʼlumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish imkoniyatini yaratish; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Hisob palatasining elektron soʻrovi asosida axborotni (elektron hujjatni) oʻz vaqtida shakllantirish va ularni maʼlumotlar ayirboshlash dasturiy taʼminoti orqali taqdim etish taʼminlanishi yuzasidan masʼuliyat yuklansin. | Hisob palatasining elektron soʻrovi asosida axborotni (elektron hujjatni) oʻz vaqtida shakllantirish va ularni maʼlumotlar ayirboshlash dasturiy taʼminoti orqali taqdim etish taʼminlanishi yuzasidan masʼuliyat yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
7. Belgilab qoʻyilsinki: | 7. Belgilab qoʻyilsinki: | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanish tartibi Hisob palatasi tomonidan belgilanadi; | ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda koʻrsatilgan davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanish tartibi Hisob palatasi tomonidan belgilanadi; | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
dasturiy kompleksni ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. | dasturiy kompleksni ishlab chiqish, joriy etish va kuzatib borish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin. | 8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxodjayev zimmasiga yuklansin. | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Toshkent sh., | Toshkent sh., | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2018-yil 14-may, | 2018-yil 14-may, | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
362-son | 362-son | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qaroriga 3-ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 362-son qaroriga 3-ILOVA | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soliq organlari hamda davlat boshqa organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi dasturiy kompleksini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan | Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining soliq organlari hamda davlat boshqa organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasini taqqoslash yoʻli bilan soliq solinadigan bazani, soliq toʻlovchilarning toʻliq qamrab olinishini real vaqt rejimida baholashni taʼminlovchi dasturiy kompleksini yaratish va bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“YOʻL XARITASI” | “YOʻL XARITASI” | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||